Savol va topshiriqlar.
1. Atmosfera bosimi turistik sayoxat davomida qanday asbob yordamida aniqlanadi?
2. Havo namligi qanday asbob yordamida aniqlanadi?
3. Shamolni tezligi va kuchi asboblarsiz qanday o’rganiladi?
4. Osmonni yarmini bulutlar qoplagan bo’lsa bulutlik necha ballga teng bo’ladi?
5. Bulutlar hosil bo’lishiga ko’ra qanday qatlamlarga bo’linadi?
6. Yashab turgan joyingizda bahorda qanday bulutlar hosil bo’lishini gapirib bering.
Ob –havoni oldindan aytib berish. Ob –havoni o’zgarishini oldindan aytib berish qator belgilarni namoyon bo’lishiga qarab amalga oshiriladi. Odatda ob –havoning quyidagi holatlari oldindan aytib beriladi: barqaror ochiq havo belgilari; xavoni aynishi belgilari; barqaror aynigan ob –havoning belgilari; aynigan ob –havoni ochiq havoga o’zgarishining beligalari.
Barqaror ochiq ob –havo belgilari:
1. Atmsofera bosimi. Xavo bosimi yuqori, kun davomida deyarli o’zgarmaydi yoki asta-sekin va bir tekis bir necha sutka davomida ko’tarilib boradi.
2. Havo harorati: kunduzi issiq, kechki payt va tunda salqin. Tunda past va ochiq joylarda o’rmon yoki do’nga nisbatan sezilarli darajada sovuqroq. Bahor va kuzda tuproq muzlaydi, sutkalik harorat bir tekisda: yozda kunduzgi issiq, kechasi salqin. Qishda kechasi qattiq sovuq. O’rmonda va balandliklarda botiqlarga qaraganda iliqroq.
3. Shamol: kechasi tinch, kunduzi kuchayadi, kechga tomon yana to’xtaydi. Turli xil yo’nalishda bo’lishi mumkin, odatda bulutlarni harakat yo’nalishi bilan mos keladi.
4. Bulutlik: Osmon tiniq va bulutsiz. Qishda kech tomon shamolsizlik tufayli osmon past qatlam-qatlam bulutlar bilan qoplanadi. Bahor, yoz va kuzda kunduzi to’p-to’p bulutlar hosil bo’lib tushdan so’ng ko’payadi va kechga tomon yo’qolib ketadi. Bulutlar shamol qaysi tomonga essa shu yo’nalishda xarakat qiladi. Ba’zida ertalab baland patsimon bulutlar ko’rinadi, kechga tomon ular ham yo’qoladi.
5. Yog’inlar: yomg’ir yog’maydi, kechasi kuchli shudring tushadi, u ertalab bug’lanib ketadi (baxor va kuzda o’simliklar ustida qirov tushadi). Tundan ertalabgacha pastqamlarda tuman hosil bo’ladi, kuzda esa mayda yomg’ir hosil bo’ladi.
6. Havo namligi: kunduzi quruq, kechasi namlik ko’payadi.
7. Optik xodisalar: Osmon ko’k rangda, oy atrofidagi bulutlardagi tojlar diometri katta. Tun qisqa, yulduzlar xira, zangori somon nur taratadi. Kechki shafaq sariq rangda, Quyosh botayotganda osmon bulutsiz bo’ladi.
8. Boshqa belgilar: gulxan va mo’rilardan chiqayotgan tutun tik ko’tariladi, qaldirg’ochlar baland uchad.
Do'stlaringiz bilan baham: |