Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Download 1.39 Mb.
bet11/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Б)


18-rasm. Relyef shakllari.
A) Sulton Uvays tog‘i;
B) Qurama tizmasining janubiy yonbag‘ri
Qora daryo vodiysini toraygan qismi Kampirrovot deb ataladi, xozir bu yerda Andijon suv omborining to’g’oni joylashgan. Vodiyning ushbu toraygan joyida shamol tezligi va kuchi katta bo’ladi. Buning natijasida qoya silliqlanib va yemirilib kampir shakliga kelgan. Uni Xonabodda axoli «Kampirtosh» deb atashadi, Kampirrovot so’zi xam shundan kelib chiqqan.
Cho’llarda shamol olib kelayotgan zarralar miqdori va shamol tezligi katta bo’lgani uchun qoldiq tog’ relefi xosil bo’ladi. Doimiy shamollar yo’llarida barxanlar, dengiz qirg’oqlarida esa dyunalar xosil bo’ladi.
Relef shakllarining ikkinchi guruxi yer osti suvlarining faoliyati bilan bog’liq. Yer osti sularining faoliyati ta’sirida surilmalar va karst xodisalari sodir bo’ladi. Yer osti suvlari tog’ jinslariga shimilib suv o’tkazmaydigan qatlamgacha tushadi va mazkur qatlam ustida to’plana boshlaydi. Buning oqibatida tog’ jinslarining og’irligi ortadi, mustaxkamligi kamayadi, suv o’tkazmaydigan qatlam ustida sirpanchiq surilish chizig’i vujudga keladi, natijada tog’ yon bag’rilarida surilmalar shakllanadi. Bunday surilmalarga misol qilib Oxangaron vodiysidagi Otchasoy, Jigariston va boshqalarni misol keltirish mumkin. Otchasoy surilmasining maydoni 8 km2, xajmi 800-900 mln. m3 bo’lgan. Surilma oqibatida 20 ming axolisi bo’lgan teshiktosh posyolkasi ko’chirildi. Oxangaron daryosi o’zani ko’chirildi. Oqibatda jamiyatga juda katta moddiy va ma’naviy zarar keltirildi. Yer osti suvlari suvda eriydigan tog’ jinslari orasidan o’tganda ularni eritib olib ketadi, natijada yer ostida turli uzunlikdagi va xajmdagi bo’shliqlar, ya’ni g’orlar xosil bo’ladi.
Relef shakllarini uchunchi genetik turini oqar suvlar ta’sirida xosil bo’lgan relef shakllari tashkil qiladi. Oqar suvlar ta’sirida relefni erozion va akkumliativ turlari xosil bo’ladi.
Erozion relef shakllari oqar suvlarni yemirish ishi natijasida vujudga keladi. Ularga tor daralar, daryo vodiylari, jarlar va yorlar (tik jar) kiradi.
Daralar asosan tog’larda, qattiq va mustaxkam qoyalarni oqar suvlar ta’sirida yemirilishi oqibatida xosil bo’ladi. Daryolar yuqori oqimida qoyali yonbag’irlar tarqalgan xududlarda tor vodiylar xosil qiladi, tekislikda esa keng vodiylarni xosil qiladi.Oqar suvlar yumshoq jinslar tarqalgan joylarda ularni yemirib ariqchalar xosil qiladi. Ariqchalar asta sekin kattayib jarlarga aylanadi. Jarlanish xosildor yerlarni ishdan chiqishiga olib keladi.
Akkumliativ relef shakllari daryolar va soylar olib kelgan yotqiziqlarni yotqizilishi natijasida xosil bo’ladi. Ularga konussimon yoyilmalar va deltalar kiradi. Yoyilma va deltalarda unumdor tuproqlar tarqalganligi uchun qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan. Masalan, Amudaryoning qadimgi deltasida Xorazm voxasi, xozirgi deltasida esa Qoraqalpog’iston Respublikasining asosiy dexqonchilik rayonlari joylashgan. So’x daryosi yoyilmasida esa Qo’qon voxasi joylashgan. Relef shakllarining to’rtinchi guruxi muzlarning faoliyati ta’sirida vujudga keladi. O’rta Osiyoda va O’zbekistonda muzliklar asosan tog’larda tarqalgan. Eng yirik muzliklar pomir va Tyanshan tog’larida tarqalgan. Muzlar doimo xarakatda bo’ladi, ular o’z og’irlik kuchi ta’sirida tog’lardan pastga tomon xarakat qilishadi. Buning oqibatida ular qoyalarni silliqlaydi, yumshoq jinslarni surib olib ketadi, vodiylarni kengaytiradi. Natijada muz xosil qilgan vodiylar, turli xil shaklga ega bo’lgan qoyalar vujudga keladi. Masalan, «qoy peshonalar», «jingalak qoyalar» va x k.
Relef shakllarini beshinchi guruxini nurash natijasida vujudga keladigan relef shakllari tashkil qiladi. Nurash deb tog’ jinslarini xarorat va namlikni sutka va fasllar davomida o’zgarishi oqibatida yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga bo’linadi: fizik yoki mexanik, ximik va biologik. Fizik yoki mexanik nurash xarorat va namlikni sutkalik o’zgarishi natijasida xosil bo’ladi. Kechasi xarorat past bo’ladi, kunduzi esa xarorat yuqori bo’ladi. Buning natijasida kechasi xarorat paysayganda tog’ jinslarining xajmi torayyadi, kunduzi esa xarorat ko’tarilishi bilan ularning xajmi kengayadi. Muntazam ravishda tog’ jinslarining xajmini torayib va kengayib turishi turli xil yoriqlarni shakllanishiga va tog’ jinslarini yemirilishiga olib keladi. Nuragan jinslarni olib ketilishi oqibatida qoldiq relef shakllari vujudga keladi. Relef shakllarini oltinchi guruxiga inson faoliyati ta’sirida xosil bo’lgan relef shakllari kiradi.
Foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida chuqurligi 500 metr bo’lgan botiqlar, balandligi 100 metrgacha bo’lgan do’nglar vujudga keladi.
Relefni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganishda faqat relef shakllarini, ularni kelib chiqishini xamda regional tavsiflab qolmasdan, ularning o’ziga xos va eng qiziqarli shakllarini xam to’la va xar tomonlama tavsifini tuzish lozim.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling