Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


MAVZU: ARXIV VA OG’ZAKI MANBALAR. REJA


Download 1.39 Mb.
bet34/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

MAVZU: ARXIV VA OG’ZAKI MANBALAR.
REJA:
1. Arxiv manbaalari.
2. Qadimgi yozma manbaalar.


Tayanch so’z va iboralar: davlat arxivlari, yozma manbaalar, og’zaki manbaalar, milk, arxiv fondi, davlat qarorlari, qonunlari, farmonlari, vazirlik, qo’mita, boshqarma, korxona, tashkilot, geologiya qo’mitasi

Davlat arxivlari xalq mulkining xujjatli merosini saqlaydigan tashkilot hisoblanadi. Turli ahamiyatga ega bo’lgan xujjatlar arxiv fondlarida saqlanadi. Arxivlar markaziy, viloyat, shahar, tuman bo’limlariga bo’linadi. Davlat markaziy arxivlarida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan xujjatlar saqlanadi. Unda davlat qarorlari, qonunlari, farmonlari va boshqa xujjatlar saqlanadi.


Bundan tashqari har bir vazirlik, qo’mita, boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalarni o’zini arxivi mavjud. Masalan, Ichki ishlar vazirligi, Mudofa vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Geologiya qo’mitasi va x.k. Ularda mazkur tarmoqqa tegishli xujjatlar saqlanadi.
Har korxona, muassasa, tashkilot ham o’z arxivigv ega. Unda korxona faoliyatiga tegishli xujjatlar saqlanadi. Mazkur xujjatlarga buyruqlar, shartnomalar, hisobotlar, yozishmalar va boshqa xujjatlar kiradi. Ilmiy tadqikot Institutlari va loyiha tashkilotlarida loyihalar, hisobotlar va boshqa xujjatlarning asl nushalari saqlanadi. O’lkashunoslar o’lkada joylashgan tashkilotlar arxivlaridan foydalanib o’lka tabiatini, xo’jaligini, tarixi, madaniyati va san’atini o’ziga xos xususiyatlarini saqlashlari mumkin.
Ma’muriy birliklar, ya’ni viloyat, tuman, shahar, qishloq(fuqarolar yig’ini) arxivlaridan ham foydalanishi mumkin. Ularda aholi xo’jalik va boshqalar haqida ma’lumotlar saqlanadi.
Muzeylar (davlat, jamoatchlik, o’lka, badiiy, memorial, tarix, san’at va x.k.), kutubxona, mahalliy tarix va madaniyat yodgorliklarini muxofaza qilish jamiyatlari va shaxsiy arxivlar ham mavjud. Ular tarixiy voqea ishtirokchilarining estaliklari, yirik san’at namoyondalari bilan uchrashuvlar bayonnomalari, xatlar, sa’at asarlari kollektsiyalarining yozma katalogi, sotib oladigan va o’tqazadigan komissiyalarning aktlari, qadimgi xarita va planlar, rasmlar, fotolar, haykallar bo’lishi mumkin.
Qadimgi manbaalar. Qadimgi davrlar haqidagi ma’lumotlarni qadimgi ko’lyozma manbaalaridan olish mumkin. Qadimgi yozma manbalarga kitoblar, yuridik aktlar, buyruq va yorliqlar, yilnomalar, diniy kitoblar, badiiy va ilmiy asarlar kiradi. Ularni ko’pchiligi hozir o’zbek tiliga tarjima qilingan. Masalan, «Quro’ni Karim», «Avesto», «Xadislar», «Hidoyatnoma», Al-Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Maxmud Qoshg’ariy va boshqa allomalarning asarlari hozirgi paytda o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr qilindi.
Arab alifbosida yozilgan juda ko’p asarlar ham hozirgi o’zbek kirilli va lotin alfavitlari nashr qilindi va qilinmoqda.
Qadimgi yozma manbaalardan o’lka tarixi, tabiati, xo’jiligi, madaniyati haqida muhim ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
Ammo hozirgacha ham juda ko’p ko’lyozmalar xali tadqiq qilinmagan, ularni o’rganish va keng xalq ommasiga yetqazish o’lkashunoslikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Arxiv va qadimgi yozma manbaalarni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganish quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:

  • O’lka yoki arxivlarda saqlanayotgan xujjatlar royxatini tuzish.

  • Topilgan arxiv manbaalarini tarmoqlar boyicha guruhlarga bo’lish: tabiat, tarix, xo’jalik, san’at, madaniyat.

  • Ma’lum mavzu boyicha arxiv manbalarini o’rganish. Masalan, o’lka tarixiga bag’ishlangan manbaalarni.

  • O’lkani hozirgi arxiv manbaalari asosida o’rganish.

  • O’lka tabiati, tarixi va madaniyati hamda xo’jaligi haqidagi qadimgi manbaalarni o’rganish. Bunda ularning qaysilari arab, rus va o’zbek tillarida yozilgani aniqlanadi va shunga qarab o’rganiladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling