Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


MAVZU: TARIXIY VA MADANIY YODGORLIKLAR. TABIIY JARAYONLARNI KUZATISH O’LKASHUNOSLIK MANBALARI SIFATIDA REJA


Download 1.39 Mb.
bet36/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

MAVZU: TARIXIY VA MADANIY YODGORLIKLAR. TABIIY JARAYONLARNI KUZATISH O’LKASHUNOSLIK MANBALARI SIFATIDA
REJA:
1. San’at yodgorliklari.
2. Badiiy asarlar.
3. Arxitektura yodgorliklari.
4. Grafik san’at yodgorliklari.
5. Badiiy san’at.
Tayanch so’z va iboralar: Yodgorlik, arxitektura, majmua, grafik san’at, badiiy san’at, badiiy asar, san’at yodgorlik, opera, balet teatr, dekorativ jihozlanish, monumentlar, obelisklar, kolonnalar, trimfual arklar, yodgorlik plitalari, qabr va qabr ustidagi materiallar
Tarixiy va madaniy yodgorliklar faqat o’lkashunoslik obekti bo’lib qolmasdan, balki o’lkashunoslik manbai sifatida ham qaraladi. Chunki ular ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar maxsuli sifatida insoniyat faoliyatini aniq bir jihatlarini bevosita aks etdiradi.
O’lka haqidagi muhim bilimlar manbai bo’lib san’at asarlari hisoblanadi. San’at yodgorliklarida buyuk tarixiy voqealar va o’lka tarixining buyuk namoyondalari, ona-vatan tabiati tasvirlari, shaharlar va qishloqlar qiyofasi abadiylashtirilgan.
Badiy asarlar ma’lum bir davrning o’ziga xos jihatlarini aniq tasvirlanishi bilan ajralib turadi. va o’lka haqidagi muhim bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi. Masalan, o’lka tarixi tabiati, madaniy va iqtisodiy rivojlanishi, turmushi mayda ikir-chikirlarigacha(kiyimlar, turmush predmetlari, sochlarni turmaklash) aniq tasvirlaydi. Bunday aniq tasvirni biz Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar», Abdulhamid Cho’lponning «Kecha va kunduz», Maxmudxo’ja Bexbudiyning «Sayohatnoma» asarlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
O’lka arxitekturasini o’lkani toshlarda ifodalangan tarixi deyishadi. Chunki shahar yoki qishloqdagi har bir inshoat o’lka tarixini ma’lum bir davrdagi jihatlarini o’zida ifoda etdiradi. Masalan, Toshkent shahridagi Ko’kaldosh madrasadi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Toshkent traktor zavodi, Toshkent aviatsiya zavodo` va x.k.
Arxitektura yodgorliklari- bu jamiatning moddiy va manaviy hayoti bilan chambarchars bog’langan va ularni o’zida aks etdirgan, o’zini barpo bo’lish joyi bilan bog’liq bo’lgan ilk manba hisoblanadi.
Ularni o’rganish jamiatni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi, uning ijtimoiy tuzilishi va iqtisodi, ilmiy va texnik tuzilishi va iqtisodi, ilmiy va texnik yutuqlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Arxitektura yodgorliklarining konstruktsiyalari, shakllari, dekorativ jihozlanishi mazkur davrning estetik muhiti, turmush tarzi, ularni yaratgan ustalarni badiiy maxorati va xususiyati, turli xil arxitektura maktablarining xalqaro aloqalari va o’ziga xos xususiyatlari haqida bilimlar beradi. Shuning uchun o’lkashunoslar shahar va qishloqlardagi qadimiy binolarni, ko’chalarni muxofaza qilish boyicha katta ishlarni olib borishadi.
Buyuk kishilarni va voqealarni abadiylashtirish uchun yaratilgan kichik o’lchamdagi skulptura va arxitektura yodgorliklari alohida guruxlarni tashkil qiladi: monumentlar, obelisklar, kolonnalar, trimfual arklar, yodgorlik plitalari, qabr ustidagi materiallar va komplekslar va x.k. bularning hammasi xalqning tarixi va biografiyasining moddiylashgan shaklidir.
Grafik san’at yodgorliklari yaratilgan davr zamonasi bilan qattiq bog’langan bo’ladi, shuning uchun ular muhim tarixiy voqealar manbai bo’lib hisoblanadi. Ularga turli xil plakatlar, kitoblar, jurnallar va gazetalardagi bezaklar kiradi.
Badiy san’at o’lka haqidagi muhim bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi. Masalan, Mirzakalon Ismoiliyning «Farg’ona tong otguncha», Oybekning «Qutlug’ qon», Said Ahmadning «Ufq» va shunga o’xshash badiy asarlar xalqimizning ma’lum bir o’lkasidagi tarixini va tarixiy voqealarini aks ettiradi va o’lka tarixi haqida muhim bilimlar manbai bo’lib hisoblanadi.
Turli xil markalar, belgilar, tangachalar va gulxatlar ham muhim o’lkashunoslik manbai bo’lib hisoblanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling