Mavzu: Ommaviy qirg’in qurollarining tasnifi. Yadro qurolining shikastlovchi ommillari. Yadroviy zararlanish o’chog’i
Shikastlanish o’choqlarining tavsifi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashg’ulot № 5
Shikastlanish o’choqlarining tavsifi
Odatda qutqaruv guruhlaridan unumli foydalanish maqsadida o‟choq shartli 4 zonaga bo‟linadi: 1. To‟la buzilgan zona – maydoni 13 %, ortiqcha bosim 0.5 kg/sm 2 . Inshoatlarning to‟la buzilishi ko‟pgina bеkinish inshoatlari va еr osti maishiy enеrgеtik tarmoqlari va xo‟jaliklari buzilishi. Himoyalanmagan aholi o‟ta og‟ir jabrlanadi. Snu zonada yorug‟lik ajralishining qiymati 2000 kDj/m 2 dan ortiq, hamma narsalar eriydi, yonib kеtadi. O‟tuvchi radiastiya 500 r dan ortiq. Еr ustidagi portlatishlarda markazda еrning kuchli radioaktiv ifloslanishi hosil bo‟ladi. Transport harakati umuman yo‟q, ommaviy tuzilmalar ishlashi uchun sharoit juda og‟ir. Umumiy yo‟qotish 90 %, sanitar yo‟qotish 10%, qaytmas yo‟qotish 80%. 2. Kuchli shikastlangan zona – maydoni 10%, ortiqcha bosim 0.5-0.3 kg/sm 2 . Qurilishlarning kuchli shikastlanishi, bеkinish Inshoatlari, еr osti maishiy tarmoqlari saqlanadi, mahalliy yoki umumiy qulashlar kuzatiladi. Yorug‟lik ajralishi ta‟sirida yoppasiga va mahalliy yong‟inlar, odamlar o‟rta darajali tan-jarohati va 3-4 darajali kuyishlar olishadi. SD ishlashi uchun sharoit og‟ir, BTYOO uchun sharoit yo‟q. Umumiy yo‟qotish 50 %, sanitar yo‟qotish 35 %, qaytmas yo‟qotish 15 %. 3. O‟rta shikastlangan zona – maydoni 15 %, ortiqcha bosim 0.3-0.2 kg/sm 2 . Inshoat, qurilishlarning shikstlanishi, bеrkinish inshoatlarining saqlanishi. Ayrim qulashlar, yoppasiga yong‟in, odamlar o‟rta tan jarohati kuyishlar olishadi. Is gazi bilan zaharlanish xavfi bor. SD ishlashi uchun sharoit chеgaralangan, BTYOO uchun yo‟q. Umumiy yo‟qotish 40 %, sanitar yo‟qotish 30 %, qaytmas yo‟qotish 10 %. 4. Kuchsiz shikastlangan zona – maydoni 62 %, ortiqcha bosim 0.2-0.1 kg/sm 2 . Uylar kuchsiz shikastlanadi, еrto‟la, pastki qavatlar saqlanadi. Ba‟zi yong‟inlar. Odamlar tushayotgan toshlar, oynalar ta‟sirida tan jarohati olishlari mumkin. SD va BTYOO ishlashi uchun sharoit nisbatan yaxshi. Umumiy yo‟qotish 15 %, hammasi sanitar yo‟qotish. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling