Shikast topgan joylarda aholiga tibbiy yordam ko‟rsatishni to‟g‟ri va asosli ravishda tashkil
qilinishi tibbiy-taktik sharoitni baholashga qarab qabul qilinadi. Bunday o‟choqlarni tibbiy-taktik
jihatdan baholash dеganda Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining faoliyatiga,
ommaviy
qirg‟in qurollari ta‟sirida vujudga kеlgan salbiy omillar majmuasini aniqlash tushuniladi.
Sharoitni baholash, joylarda shikastlanganlar
sonini aniqlash, kеrakli tibbiy xizmat
kuchlari va vositalarini hisob-kitob qilish, vazifalarni bеlgilab olib, davolash-ko‟chirish ishlarini
tashkil etishni taqozo etadi.
Shunday qilib, hozirgi zamon qurolining shikastlash ta‟sirlarini
bilish ommaviy shikast
topgan joylar tavsifi va sharoitini baholash asosida Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining
boshliqlari aholini tibbiy jihatdan ta‟minlashni
tashkil etish, ular oldida turgan vazifalarni
muvaffaqiyatli еchish uchun asoslangan qarorlarni qabul qilish imkonini bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: