Mavzu: Ommaviy qirg’in qurollarining tasnifi. Yadro qurolining shikastlovchi ommillari. Yadroviy zararlanish o’chog’i


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana05.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1692585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot № 5

V zona-xavfli zararlanish zonasi. Bu zonaning tashqi va ichki chegaralarida to‟la 
parchalanish ekspozitsion doza 1200r dan 4000r gacha, ekspozitsion doza kuvvati 240r/s va 
800r/s. Ushbu zonada hatto qisqa muddatda (1-2 soat) boMganda harn kishilar kuchli nurlanish 
dozasini oladilar.
G zona-o’ta xavfli zararlanish zonasi. Tashqi chegarada to'la parchalanish vaqtida 
ekspozitsion doza 4000 r, bu zonining o‟rtasida 10000 r. Bir soatdan so‟ng ekspozitsion doza 
quvvati tashqi chegarada 800 r. Radiatsiyaga qarshi berkinish joylarida bo„lgan kishilar harn 
nurlanishdan zararlanishlari mumkin, shu sababli ularni bu zonadan tezroq ko'chirish lozim.
RADIATSION VAZIYATNI BAHOLASH TARTIBI. 
Rudiatsion sharoit dcganda - hududning tuzilmalar faoliyatiga, halq xo'jalik 
obyekllarining ishiga, hamda sog‟liqni saqlash obyektlari ishiga va aholi hayoti faoliyatiga ta'sir 
qiluvchi radioaktiv zararlanish miqyosi va darajasi tushuniladi. Radiatsion sharoitni baholashdan 
asosiy maqsad uning ishchi-xizmatchilaming ish qobiyatiga, FMTXning tuzilmalari va 
muassasalari xodimlarining ishiga hamda aholi hayoti faoliyatiga ehtimoliy ta‟sirini aniqlashdir. 
Radiatsion vaziyatni baholashda tuzilmalar harakatining, shuningdek, xalq xo'jaligi va 
sogMiqni saqlash obyektlarining radioaktiv zararlanish sharoitlarida faoliyatning turli 
variantlarini analiz qilish va odamlarga radiatsiya ta'sirini inkor qiladigan maqsadga muvofiq 
harakatlar variantini (yo‟lini) tanlash nazarda tutiladi. Masalan;
- zararlangan joyda shaxsiy tarkib oüshi mumkin radiatsiya miqdorini aniqlash; 
- zararlangan zonalarda tuzimalarning bo‟lish muddatini aniqlash;
- tuzilmalarning zararlangan zonaga kirish vaqtini aniqlash;
- radioaktiv zararlangan zonaning maqsadiy bosib o‟tish yo‟lini (variantini) aniqlash; 
- zararlangan o‟choqdan tuzilmalarning chiqish vaqtini aniqlash;
- ruxsat etilgan nurlanish dozasini hisobga oigan holda o'choqda ishni boshlash vaqtini 
aniqlash va hokazo.


Radiatsion shariotni yadro quroli qollanilishi oqibatlarini taxmin qilish hamda radiatsion 
razvedka maMumotlari yordamida aniqlash va baholash mumkin. Radiatsion shariotni taxmin 
qilish usulida baholashda muhit radiatsion zararlanishning miqyosi (masshtabi) va darajasi 
to‟g‟risida taxminiy ma‟lumotga ega bo‟lamiz, bu haqiqiy ma‟lumotdan ancha farqlanishi 
mumkin, chunki taxminiy usul yadro zaryadi portlatilishdan keyin, ammo radioaktiv zarrachalar 
yerga tushishidan oldin olib boriladi. Taxmin qilish usulida radioaktiv bulut yoэnalishini va 
harakat tezligini, uning u yoki bu aholi yashaydigan punktlarga etib kelish vaqtini, radioaktiv 
zarrachalar tusha boshlash vaqtini, radioaktiv zararlanish zonalari o‟lchamini va bu zonalarning 
hududda joylashuv holatini yetarlicha aniq o‟rnatish mumkin. Zonalarning radioaktiv zararlanish 
jarayoni ma‟Ium vaqtni egallaydi. Bu FM va FMTX shtablariga taxminiy usul ma‟lumotlaridan 
foydalanib aholini, ishchi-xizmatchilami, FMTX tuzilmalari va muassasalarining shaxsiy 
tarkibini oldindan (ya‟ni radioaktiv bulut u yoki bu aholi yashash punktiga etib kelishidan oldin) 
himoya qilish tadbirlarini tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. Bunday tadbirlargaquyidagilar 
kiradi:
- FMTX muassasalarini radioaktiv ifloslanish xavfi to‟g‟risida xabardor qilish;
- FMTX muassasalarini radioaktiv ifloslanish sharoitida ishlash rejimiga o‟tkazish; 
- aholini joylashtirish uchun radiatsiyaga qarshi pana joylarni tayyorlash;
- nafas a‟zolarini himoyalovchi shaxsiy himoya vositalarini tayyorgarlikka olib kelish;
- suv, ovqat mahsulotlarini himoyalash ishlarini tugatish va hokazo.
Radiatsion sharoitni taxmin qilish usulida baholashda radioaktiv izning hududda aniq 
joylashuvini aytib bo‟lmaydi, balki uning hosil bo‟lish 
tumani ehtimol qilinadi. Bunda zararlanish 
maydoni tumanning 1/3 maydoniga teng keladi.
Radioaktiv bulut izida 4 ta zararlanish zonasi ajratiladi: A, B, V, G (№1 chizmaga qarang). 
Taxminiy usul uchun boshlang‟ich ma‟lumotlar: yadro portlashining quvvati, tun, markaz (epitsentri) 
koordinati, portlash vaqti, o'rtacha shamol tezligi va yo‟nalishidir.
Radiatsion vaziyatni baholash ma‟lum tartibda o'tkaziladi:
- radioaktiv zararlanish zonasining o'lchami aniqlanadi; 
- radioaktiv zararlanish zonasi kartaga (chizniaga) kiritiladi; 
- zararlanish (radioaktiv zarrachalar tushishi) boshlang‟ich vaqti aniqlanadi.
Radiatsion zararlanish zonalarining (me‟yorida, kuchli, xavfli, o'ta xavfli) o'Ichami jadval yoki 
radiatsion chizg‟ich (lineyka) yordamida aniqlanadi. Bu zonalar kartalarda (chizmalarda) har xil ranglarda 
ko„rsatiladi: A zona-ko'k rangda, B zona-yashil rangda, V zona-jigar rangda, G zona-qora rangda. 
Radioaktiv moddalarning tushish vaqti (radioaktiv bulut kelish vaqti) formulada aniqlanadi:
Tushish = R/V 
Bunda: R-portlash markazidan egallangan hududgacha bmlgan masofa, km; V- o'rtacha shamol 
tezligi, km/s. 
Radioaktiv moddalar tushgandan keyin haqiqiy radiatsion vaziyat hosil bo‟ladi.
Haqiqiy radiatsion vaziyat ma‟lum ma‟muriy hududda, aholi yashaydigan punkt yoki xalq 
xo'jaligi obyektida muhitning bevosita radioaktiv zararlanishi natijasida vujudga keladi va bu 
aholini, xalq xo'jaligi obycktlaridagi ishchi-xizmatchilarni, FMTX muassasalaridagi tibbiyot 
hodimlarni va bemorlarni radiatsion zararlanishining oldini olish yoki kamaytirish maqsadida 
ma‟lum hi moya choralarini o'tkazishni talab qiladi. 
Haqiqiy radiatsion vaziyat radiatsion razvedka ma‟lumotiga binoan baholanadi. Bunda 
fuqaro muhofazasi shtablaridan olingan taxmin qilish usuli ma'lumotlari ham qo'llanilishi 
mumkin. Radiatsion razvedka FM boshlig'i va shtab rahbarini o'z vaqtida shu obyekt hududida, 
joylashish tumanlarida yoki FMTX tuzilmalari va muassasalarining harakat yo'nalishidagi 
radiatsion zararlanish to'g'risidagi ma‟lumotlar bilan ta‟minlash maqsadida o'tkaziladi. 
Hududda o‟lchangan radiatsion doza quvvati radiatsion muhitni baholashda boshlang‟ach 
ma‟lumot hisoblanadi. Razvedka radiatsion, kimyoviy kuzatish postlari va maxsus tayorlangan 
radiatsion va kimyoviy guruhlar orqali to‟xtovsiz olib boriladi. Radiatsion va kimyoviy kuzatish 
postlarining asosiy vazifasi radiatsion va kimyoviy zararlanish o‟choqlarini o‟z vaqtida topish va 
sog‟liqni saqlash obyektlaridagi (FMTX muassasalaridagi) xizmatchilarni, obyektdagi 
tuzilmalaming shaxsiy tarkibini tezkor xabardor qilishdan iborat. Razvedka o‟tkazish uchun 


radiatsion va kimyoviy kuzatish postidagi shaxsiy tarkib shaxsiy himoya vositalari, radiatsion va 
kimyoviy razvedka asboblari, to‟suvchi belgilar to‟plami, shaxsiy dozimetrlar, aloqa va xabar 
berish vositalari va vazifani bajarish uchun kerakli boshqa vositalar bilan ta‟minlanadilar.
Radiatsion holatni bu usulda baholashda quyidagi boshlang‟ich ma‟lumotlar zarur: 
1) FMTX obyektlarida, harakat yo‟nalishida yoki tuzilmalar va muassasalar joylashish 
(dam olish) tumanlarida radioaktiv zararlanishni vujudga keltirgan yadro portlashi vaqti;
2) Fuqaro muhofazasi obyektida, harakat yo‟nalishida, tuzilmalarining joylashish 
tumanlarida, obyektda ionlovchi nurlanishning doza quwatlari va shu doza quvvatilarini yadro 
portlashidan keyingi o„lchangan vaqt;
3) Pana joylar va transport vositalari tomonidan ionlashtiruvchi nurlanish dozasi quwatini 
kuchsizlantirish kocffitsientlarining ko‟rsatgichlari.
MAVZU BO‟YICHA SAVOLLAR 
1. Yadroviy qurol tushunchasi, yadroviy portlashning shikastlovchi omillari, ularning 
qisqacha tavsifi? 
2. Yadroviy zararlangan o‟choq tushunchasi, uning tavsifi? 
3. Fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining tuzilmalari zararlangan o‟choqda faoliyat 
ko‟rsatish sharoitlari? 
4. Hududning radiatsiyaviy zararlangan qismlarining tavsifi? 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling