Radioaktiv ifloslanish zonalari tavsifi.
Atrof muhitning va atmosferaning radioaktiv zararlanish manbai, asosan yer usti va yer
ostidagi portlashida (bu tuproq bilan aralashgan yadro zaryadining parchalanish zarrachalari)
hosil boMadi, qo'ziqorin shaklli bulut yuqoriga ko„tariladi va shamol esgan tomonga
harakatlanib uzoq masofalarga tarqaladi. Buning natijasida ko‟p joylarga radioaktiv moddalar
tushadi va yer yuzasida radioaktiv zararlanish izi hosil bo‟ladi. Radioaktiv zararlanish izi shamol
yo‟nalishi buyicha cho‟zilgan ellipisga o‟xshovchi shaklga ega. Radioaktiv zararlanish izi
razmeri portlash quvvatiga, shamol tezligiga va ob-havo sharoitiga, yer xarakteriga bog‟liq.
Radioaktiv zararlangan hududda bo„lgan shaxslar va hayvonlar tashqi gamma nurlanishga,
hamda radioaktiv moddalar ovqat, suv va havo orqali organizmga tushganida beta, alfa nurlari
ta‟sirida zararlanadilar.
Radioaktiv bulut izi to’la parchalanishgacha shartli ravishda to’rtta zonaga bolinadi:
me’yorida, kuchli, xavfli va o’ta xavfli zararlangan zonalar.
A zona - me'vorida zararlangan zona. Bu zonaning tashqi chegarasi ekspozitsion doza
quvvati bir soatdan keyin - 8 r/s, to‟la parchalashsh dozasi 40 r, ichki chegarasida esa
ekspozitsion doza quvvati 80 r/s, to‟la parchalanish dozasi 400 r. Bu zonada birinchi sutkada
faoliyat ko‟rsatuvchi himoyalanmagan aholi ruxsat etilgandan yuqori nurlanish olishlari
mumkin. 50% himoyalanmagan aholida nur kasalligi sodir boMishi mumkin. Shunday qilib,
A zonadagi nurlanish dozasining to‟liq miqdori 40 r dan 400 r gachani tashkil qiladi.
B zona - kuchli zararlanish zonasi. Bu zonaning tashqi chegarasida ekspozitsion doza
quvvati bir soatdan keyin 80 r/s, ichki chegarasida 240 r/s. Bu chegarada to‟la parchalanish doza
400r dan 1200r gacha. Bu zonada himoyalanmagan aholining nur kasalligiga duchor bo'Iishi
xavfi uch sutkagacha saq‟lañadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |