Mavzu: omon yorlar
Download 22.69 Kb.
|
OMON YORLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sevgim boshga yetgan U o‘zgaga ketgan Bu yerlarda muhabbatga qarg‘ish tegkan Yig‘layverib xiqqillab Og‘riqlardan tishlab lab
- Menga tegib ketayapti jon yangalar (2x) Shuncha qizlar aro Sen deb bag‘rim yaro Etding meni baxtli emas baxti qaro
- Yor-yorlarni pastroq ayting jon yangalar Menga tegib, menga tegib Menga tegib ketayapti jon yangalar (2x) Lapar
- Foydalanilgan adabyotlar
MAVZU: OMON YORLAR Reja: Xalq musiqa ijodiyoti. O´zbek xalq yallalari. 3.Omon yorlar haqida tushuncha. Yor-yor — nikoh toʻyi marosimlari jarayonida aytiladigan xalq qoʻshigʻi. Qadim zamonlardan oʻzbek, tojik, uygʻur va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan. Ikkilik yoki toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlib, har bandning oxiri, baʼzan oʻrtasida "Yor-yor, aylanaman" kabi soʻzlar qoʻshib aytiladi. Odatda, doira joʻrligida, kelinni kuzatayotgan ayollar tomonidan, Fargʻona vodiysi (Fargʻona, Oʻsh, Xoʻjand) va Zarafshon vohasida kelinnikiga ketayotgan yigitlar tomonidan ham ijro etiladi. Yor-yorda kelinning xususiyatlari, uning hayoti, orzu-istaklari, yaxshi tilak va qutlovlari kuylanadi. Yoryorlarning favqulodda taʼsirchanligi ularda bir vaqtning oʻzida ham mungli yigʻi (ohangida), ham bayramona shodiyonalik (usulda) kayfiyatlari mujassam etilganligidadir. Xalq yor-yorlari taʼsirida yozma adabiyotda ham yor-yorlar yaratilgan. Alisher Navoiyning "Mezon ul-avzon", Boburning "Mufassal" asarlaridagi yor-yor matnlari teranligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Oʻzbekiston viloyatlari (Buxoro, Fargʻona, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va boshqalar) ning yoryorlari oʻziga xos xususiyatlarga ega. Kuylari mungli, jozibali, oʻynoqi, mazmuni lirik, hajv, madhiya ham boʻlishi mumkin. Yor-yorlar turli folkloretnografik ansambllar repertuaridan, oʻzbek bastakor va kompozitorlari ijodidan ham salmoqli oʻrin olgan. Sevgim boshga yetgan U o‘zgaga ketgan Bu yerlarda muhabbatga qarg‘ish tegkan Yig‘layverib xiqqillab Og‘riqlardan tishlab lab O‘tiribman suratingga mo‘ltillab (2x) Yor-yorlarni, yor-yorlarni Yor-yorlarni pastroq ayting jon yangalar Menga tegib, menga tegib Menga tegib ketayapti jon yangalar (2x) Shuncha qizlar aro Sen deb bag‘rim yaro Etding meni baxtli emas baxti qaro Yor-yoring ham hasratim Yaxshi bor muhabbatim Senga yor-yor aytganida chidolmadim (2x) Yor-yorlarni, yor-yorlarni Yor-yorlarni pastroq ayting jon yangalar Menga tegib, menga tegib Menga tegib ketayapti jon yangalar (2x) Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) toʻy marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf boʻlib dialog shaklida ijro etiladigan laparlar. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga "lapar soladi", bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastroʻmol, belbogʻ kabi sovgʻalar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim laparlarning kuylari, koʻpincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda boʻladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi. Toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlgan laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston oʻzbeklari orasida keng tarqalgan; 2) oʻyin lapar Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida "labidan", "labi uchidan" aytiladigan, yengil harakterdagi qoʻshiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, oʻynoqi, jozibali boʻladi. Yakka qoʻshiqchi tomonidan cholgʻu joʻrligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida "Qora soch", "Oyijon", "Qilpillama", "Bilak uzuk", "Nahoru nashta" kabi L.lar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va boshqa mashxur. Xalq laparlari oʻzbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng oʻrin olgan. Laparlar baʼzan, keng maʼnoda, umuman qoʻshiq tushunchasini ham ifodalaydi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 mayda qabul qilingan “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan sharoitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotgani, ko‘p joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib qolgan paytda mazkur qaror qanchalik dolzarb ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan-asrlarga o‘tib kelmoqda. Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodi — xalqning ma’naviy xazinasi. Bu boylikni asrab-avaylash, rivojlantirish avlodlar burchi. Buning uchun, eng avvalo, san’atga, adabiyotga zamin bo‘lgan xalqimizning qadim mifologik tasavvurlarini, baxshichilik san’atini yaxshi o‘rganish, tadqiq etish lozim. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylab, uni kelgusi avlodlarga asl holida yetkazishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2018 yilda Termiz shahrida tashkil etilgan “Baxshilar maktabi” baxshichilik san’ati an’analarini o‘rganish va davom ettirish, iste’dodli yoshlarni kashf qilish hamda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunonchi, ilk marta Yurtboshimiz tashabbusi bilan jamoatchilikni o‘zbek baxshichiligining betakror namunalari bilan tanishtirish, yoshlar orasida milliy folklorga bo‘lgan qiziqishni oshirish, qardosh xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, ijodiy aloqalar va madaniy hamkorlik doirasini xalqaro ko‘lamda kengaytirish maqsadida Termiz shahrida joriy yilning 5-10 aprel kunlari Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Asosiy bayram tadbirlari o‘tgan 32 gektardan iborat maydonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ramziy qo‘rg‘onlari bunyod etildi. U yerda har bir hududning o‘ziga xos hayot tarzi, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati, maydon tomoshalari, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini ifoda qiluvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilgan ushbu san’at bayramida dunyoning 74 davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashdi. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor san’ati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari borligi xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga xalqaro jamoatchilikning qanchalik yuqori e’tibor qaratganligidan dalolatdir. Bu borada davlatimiz rahbari shunday dedilar: “Biz xalq ijodiyotini, turli o‘lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o‘z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur… Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman”. Albatta, Yurtboshimiz tashabbusi bilan baxshichilik san’atini keng targ‘ib qilish, rag‘batlantirish maqsadida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali tashkil etilgani ulkan tarixiy voqea bo‘ldi. Baxshi va oqinlarimizga o‘zligini, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng maydon yaratildi. Xalqimizning asriy orzulari, istak-xohishlari ro‘yobga chiqdi. Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi xalqimizning qadimiy san’atini asrab-avaylash, o‘rganish, targ‘ib qilish, rivojlantirish hamda mohir ijrochilarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Olimlarning ta’kidlashicha, yurtimizda doston kuylash an’anasi qadimda uch yo‘nalishda rivojlangan. Birinchi yo‘nalish — Bulung‘ur, Narpay, Nurota, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchi yo‘nalish — Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, garmon, bulamon, qo‘shnay, doira jo‘rligida ba’zan yakka, ba’zan juft holda, ochiq ovoz bilan kuylangan. Uchinchi yo‘nalish — Farg‘ona vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan. “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Misqol pari”, “Hasanxon”, “Yodgor”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Avazxon”, “Qironxon”, “Ravshan”, “Intizor”, “Shirin bilan Shakar”, “Erali”, “Oysuluv” kabi dostonlarni baxshilar maroq bilan aytib kelgan. Birgina “Alpomish” dostoni haqida to‘xtalganda shuni ta’kidlash lozimki, 1999 yilda Termizda YUNESKO shafeligida “Alpomish” dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi “Alpomish” dostonining yaratilishi ham uzoq o‘tmish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu dostonda, garchi ma’lum bir hudud odamlari, ularning tarixi, madaniyati, milliy urf-odat va an’analari haqida hikoya qilinsa-da, u umuminsoniy qadriyatlarni ham o‘zida ifodalagan yuksak ijod mahsulidir. “Alpomish” dostoni davr va zamonlar sinovidan o‘tib, kishilarga yuksak ruhiy madad, ma’naviy ozuqa baxsh etib kelyapti. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Alpomish” dostonining qirqqa yaqin varianti mavjud. U turli hududlarda o‘ziga xos talqin etiladi. Binobarin, ushbu doston xalq og‘zaki poetik ijodining yorqin namunasidir. Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, sof insoniy fazilatlar, pokiza muhabbat tuyg‘ulari zo‘r mahorat bilan kuylangan. “Alpomish” dostoni 1939 yili taniqli shoir Hamid Olimjon tomonidan Fozil Yo‘ldoshdan yozib olinib, qog‘ozga tushirilgan. Keyinchalik folklorshunoslar bu dostonning turli muqobil versiyalarini ham baxshilar tilidan yozib olishgan. Keyingi yillarda “Alpomish” dostonining bir necha yangi variantlari kitob holida chop etildi. Ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. Darhaqiqat, bu boradagi ishlarimizni yanada kuchaytirish borasida “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Respublika Baxshichilik san’ati markazi hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Respublika Baxshichilik san’ati markaziga baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash; sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “Ustoz — shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish; baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish; baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash; baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televidenie va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish; baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, kontsertlar va mahorat darslarini tashkil etish asosiy vazifalar etib belgilab berildi. Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasiga moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish; mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari va davriy nashrlar bilan ta’minlash; madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash; baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish; baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish; qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash asosiy vazifalar etib belgilandi. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, mazkur qaror bilan Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik san’ati rivoji uchun zarur musiqa cholg‘ulari (do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yog‘och va metall mahsulotlari bilan ta’minlash choralari belgilandi. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllari, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllari shuningdek, tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflari tashkil etiladi. Xulosa qilib aytganda, mazkur tarixiy qaror yurtimizda noyob madaniy merosimizni o‘rganish, uning bebaho an’analarini targ‘ib qilish va rivojlantirishga keng sharoit yaratish barobarida, ushbu bitmas-tuganmas, noyob va mangu madaniy meros namunalari avlodlardan-avlodlarga o‘tib, yanada sayqal topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xalq laparlarining ikki ijro shaklini qiyoslash shuni ko´rsatadiki, ommaviy ijrodagi bir asar professional ijrochilar repertuariga o´tgach, muayyan o´zgartirishlarga uchraydi. Bu o´zgartirishlar eng avvalo bandlar o´rnini almashtirish, ya’ni kombinatsion xarakter kasb etadi. Bundan tashqari, ayrim misralami qayta takrorlash evaziga lapardagi emotsionallikni kuchaytirishga erishilgan. Masalan, qizning javobidagi «siz akajonim, yor-yor» misrasi san’atkor ijrosida «yana akajonim, yor-yor» tarzida ikkinchi bor takrorlanadi. Har ikki variantni solishtirganda ayrim kontaminatsion farqlar ko´zga tashlanadi. Masalan, «jonim ukam» birikmasi «zolim ukam» tarzida o´zgartirilgan. Xullas, ommaviy ijrodagi xalq laparlari professional ijrochi repertuariga o´tgach, muayyan o´zgartirishlar yuz beradi va mana shu narsa ularni mustaqil variant sifatida baholashga asos bo´ladi. Yalla — oʻzbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoʻshiq turi. Xalq soʻzi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sheʼrlariga aytiladi Ya. yakka, koʻpincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholgʻu ansambli joʻrligida) ijro etiladi. Aksariyat Ya.lar ishqmuhabbat mavzuida boʻlib, jozibali, oʻynoqi xarakterga ega. Ya. 2 turga boʻlinadi: 1) qoʻshiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira joʻrligida aytiladi (mas, "Olmacha anor", "Yallama yorim", "Hoho, yalla", "Qizgina"); 2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida "Yaliyali", "Qalam qoshligim", "Jonon boʻlaman deb", "Ayrilmasun", "Figʻondur" kabi mumtoz Ya.lar keng tarqalgan. Namanganda Ya. turkumlari mavjud: yallachiayollar tomonidan doira joʻrligida "Katta yalla" va "Kichik yalla" (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari toʻy marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Ya. namunalaridan ("Yor istab", "Mustahzod") yoki katta ashula va Ya.dan iborat ("Topmadim", "Soʻrmaysan") turkumlar ham mavjud. Hoz. kunda Ya.lar estrada yoʻnalishida ham ijro etiladi. — oʻzbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro etiladigan qoʻshiq turi. Xalq soʻzi, mumtoz va zamonaviy shoirlar sheʼrlariga aytiladi Yalla yakka, koʻpincha 2 va undan ortiq ijrochi tomonidan (doira va cholgʻu ansambli joʻrligida) ijro etiladi. Aksariyat Yallalar ishqmuhabbat mavzuida boʻlib, jozibali, oʻynoqi xarakterga ega. Yalla 2 turga boʻlinadi: 1) qoʻshiqjanriga yaqin, kuyi nisbatan tor diapazonli, asosiy misralar yakkaxon yallachi, naqarot esa guruh tomonidan doira joʻrligida aytiladi (mas, «Olmacha anor», «Yallama yorim», «Hoho, yalla», «Qizgina»); 2) kuy diapazonining kengligi va tuzilishi (ayrimlarida baland pardali avj mavjudligi) jihatidan ashula janriga yaqin. Xalq orasida «Yaliyali», «Qalam qoshligim», «Jonon boʻlaman deb», «Ayrilmasun», «Figʻondur» kabi mumtoz Yallalar keng tarqalgan. Namanganda Yalla turkumlari mavjud: yallachiayollar tomonidan doira joʻrligida «Katta yalla» va «Kichik yalla» (kuyi va usuli murakkab, ijrosi mukammal) namunalari toʻy marosimlari va bazmlarda ijro etiladi. Ashula va Yalla namunalaridan («Yor istab», «Mustahzod») yoki katta ashula va Yalladan iborat («Topmadim», «Soʻrmaysan») turkumlar ham mavjud. Hoz. kunda Yallalar estrada yoʻnalishida ham ijro etiladi. O´zbek musiqa folklorining asosiy bo´g´inlaridan biri bo´lgan bolalar musiqa folklori o´zbek musiqa madaniyatida alohida o´rin tutadi. Chunki, unda bolalarning o´ziga xos dunyosi, bolalarning dunyoqarashi, qiziqish va intilishlari, orzu - umidlari o´z aksini topgan. Musiqa folklorining muhim jihatlaridan biri, uning xalqchilligidir. Bu janrdagi asarlar sodda, tinglovchiga hamda uni ijro etuvchi kishiga tez etib boradigan, musiqiy mavzular va motivlar engil idrok etiladigan xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, musiqa folklorining o´ziga xosligi, uning hammabopligi, insonlarning orzu-umidlari, intilishlari, quvonch va tashvishlarini, kundalik turmush tarzini aks ettirishi bilan ham ajralib turadi. Ushbu xususiyatlar folklor musiqasini boshqa barcha musiqiy janrlardan ajratib ko´rsatadi. Masalan, olaylik, yil fasllari yoki mehnat jarayoni bilan bog´liq qo´shiqlar keng omma orasida ijro etilgan. Ushbu qo´shiqlar uncha katta diapazonga ega emas, kuy ohanglari sodda, tez esda qoladigan darajada namoyon bo´ladi. Bundan tashqari, folklor musiqasi, mahalliy musiqiy uslublar ifodalanishida yorqin namoyon etiladi. Jumladan, Buxoro - Samarqand mahalliy musiqiy uslubida ijro etiladigan yor-yorlar, mavrigilar, yoki Surxondaryo - Qashqadaryo mahalliy musiqiy uslubida ijro etiladigan baxshiyonalar bir - biridan keskin farq qiladi. Ushbu farqlar aynan milliy Foydalanilgan adabyotlar A.Fitrar – “O´zbek klassik musiqasi va uning tarixi”. Toshkent- 1993. O.Matyoqubov – “Og´zaki an’anadagi professional muzika asoslariga kirish”. Toshkent-1983. H.Nurmatov, N.Yo´ldosheva - “O´zbek xalq musiqa ijodi”. Toshkent-2007. R.Yunusov – “O´zbek xalq musiqa ijodi”. Toshkent-2000. N.Qosimov - -“Musiqa folklore ijrochiligi”. Toshkent-2003. Download 22.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling