Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish
Iboralarning turlari
Frazemalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1.frazeologik butunlik; 2.frazeologik chatishma; I. Ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari asosida izohlanib, umumlashgan ko‘chma ma’no ifodalaydigan frazemalarga frazeologik butunliklar deyiladi. Masalan: 1.Bilib qo‘ying. Ish og‘ir. Belni mahkam bog‘lamasangiz, qiyin bo‘ladi (O.Yoqubov ). 2.Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas. (R.Fayziy). 3.Bu maydon yog‘ tushsa yalagudek ozoda…(A.Muxtor). II. Ma’nosi
tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nolari bilan bog‘lanmaydigan, ular asosida izohlanmaydigan frazemalarga frazeologik chatishmalar deyiladi. Masalan; 1.Qishki sessiyani yaxshi yakunladik, ammo bu hali-xamir uchidan patir (P.Qodirov). 2.Odamlar qo‘ltig‘dan tarvuzlari tushib, qishloqqa qaytishdi. (M.Ismoiliy). 3.Butun gavdasi qizlik
15
latofati bilan yashnagan chog‘da boyvachcha uni ko‘z tagiga olib qo‘ygan edi. (Oybek).
Frazeologizmlarning eng asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1.Frazemaning tarkibida ikki yoki undan ortiq leksema qatnashgan bo‘ladi. 2.Frazema yahlit bir lug‘aviy ma’noni ifodalaydi. 3.Frazemaning tarkibidagi so‘zlar o‘z leksik ma’nolarini yo‘qotgan bo‘ladi. 4.Frazema turg‘un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimik holatda bo‘ladi. 5.Frazemani faqat yahlitligicha almashtirish mumkin. 6.Frazema gapning tarkibida yahlitligicha bir sintaktik vazifada keladi. 7.Frazemani boshqa tilga so‘zma so‘z tarjima qilib bo ‘ lmaydi,
yahlitligicha tarjima qilinadi. Yuqorida ta’kidlangandek, iboralar til hodisasi sanaladi. Bu haqidagi dastlabki ma’lumotni o‘quvchilar 5-sinfda olganlar va ularning o‘ziga xos tomonlarini yaxshi biladilar.
Ma’lumki, iboralar nutqni bezovchi ta’sirchanligini oshiruvchi, nutqning rang-barangligini ta’minlovchi vosita sanaladi. Bizning maqsadimiz iboralarning grammatik xususiyatlarini, ya’ni ot turkumi tarkibida qo‘llanilgan iboralarning xususiyatlarini tahlil etishdir. Otlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra atoqli va turdosh otlarga ajratiladi. Biz bu o‘rinda turdosh otlar va ularning turlari tarkibida qo‘llash mumkin bo‘lgan iboralarni tahlil qilamiz. 6-sinf darsligida turdosh otlar uchun 9 soat ajratilgan bo‘lib ular quyidagicha taqsimlanadi: 16
-Turdosh otlar 1soat -Shaxs otlari 1soat -Shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi 1soat -Narsa otlari 1soat -Narsa otlarini yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi 1soat -O‘rin-joy otlari 1soat -Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar 1soat. -Aniq va mavhum otlar 1soat. -Mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar va ularning imlosi 1soat. Bizning tekshirish ob’yektimiz turdosh otlar bo‘lganligi sababli turdosh otlar uchun berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida iboralarni ham qo‘llash imkoniyati tug‘iladi.
1- Topshiriq. Topshiriq shartiga ko‘ra, bir necha turdosh otlar berilgan. Ularni shaxs otlari, narsa otlari, o‘rin-joy otlari kabi guruhlarga ajratish topshirilgan. Biz o‘quvchilarga shu turdosh otlar bilan birgalikda, qo‘shimcha topshiriq sifatida iboralar va tasviriy vositalarni topishni buyuramiz. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling