13
iboralar tarkibida qatnashgan leksik komponentlar- ayni bir so‘zning
o‘zi, ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so‘zlar: yurag(i) keng va
yurag(i) tor. Boshqa bir misol: ko‘ngil(i) joyiga tushdi va yurag(i)ga
g‘ulg‘ula tushdi. Bu antonim iboralar tarkibidagi leksik, komponentlarning
uchinchisi ayni bir so‘z, birinchisi o‘zaro sinonim, ikkinchisi esa o‘zaro
ma’no munosabatini hosil qilmaydi. Ko‘rinadiki, antonim iboralar
tarkibidagi antonim so‘z-komponentlari qatnashavermaydi.Antonimiya
iboradan yaxlitligicha anglashiladigan lug‘g‘aviy ma’no asosida
belgilanadi. Antonimik iboralardagi ana shunday ma’no nozikliklarini
anglash o‘quvchi tafakkuri rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi
bunday holatlarga diqqatini qaratmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: