Mavzu: ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish


Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana02.01.2022
Hajmi1.28 Mb.
#185947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
ona tili darslarida iboralar va tasviriy vositalardan foydalanish

    

Bitiruv  malakaviy  ishining  amaliy  ahamiyati.  Bitiruv  malakaviy 

ishida  iboralar  va  tasviriy  vositalarni  qo‘llash  orqali  o‘quvchilar  nutqini 

oshirishga  doir  bo‘lgan  bir  qator  masalalar  tahlil  qilinadi.  Iboralarning 



 

nutq  jarayonidagi  o‘rni,  ahamiyati  kabi  masalalar  atroflicha  yoritildi. 



Tasviriy  vositalarning  yuzaga  kelish  asoslari,  ularni  nutq  jarayonida 

qo‘llash tasviriy vositalarning taraqqiyoti masalalari tahlil qilindi.  

     Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  uch  bob  va  qisqacha  xulosadan  iborat. 

Ishning  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi  ilmiy  va  ilmiy  metodik 

adabiyotlar  tahlili,  ishning  naqsad  vazifalari,  amaliy  ahamiyati  bayon 

qilingan. Asosiy boblari iboralar va tasviriy vositalarni 6 – sinfda turdosh 

otlar mavzusiga bog‘lab o‘rganish metodlari ishlab chiqildi.  

        Xulosa  qismida  bitiruv  malakaviy  ishi  yuzasidan  tavsiya  qilingan 

metod va usullarning qisqacha bayoni berildi. 

         Bitiruv  malakaviy  ishi  o‘rta  maktab  o‘qituvchilari,  o‘zbek  tili  va 

adabiyoti fakulteti bitiruvchilari, metodika bilan qiziqqan mutaxassislarga 

mo‘ljallanadi uning amaliy ahamiyati ham shundan iborat. 

1)  Bitiruv  malakaviy  ishining  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi, 

maqsadi,  vazifalari,  ahamiyati  va  shu  mavzuga  aloqador  bo‘lgan  ilmiy 

metodik  maqolalar  tahliliga  e’tibor  qaratilgan  va  qisqacha  ma’lumot 

berilgan.  

 2) Birinchi bob, “shaxs otlari bilan bog‘liq iboralar va tasviriy vositalarni 

o‘tish”  bo‘lib  shaxs  otlarini  o‘tish  jarayonida  iboralar  va  tasviriy 

vositalarni  qo‘llash  o‘quvchilarga  ma’lumot  berish  bilan  birgalikda 

mavzuga  doir  mashqlarni  o‘tish  jarayonida  o‘yin  topshiriqlar  ishlab 

chiqildi.  

3)  Shaxs  otlarini  o‘tish  jarayonida  shu  otlarning  ikvivalenti  bo‘lgan 

iboralar va tasviriy vositalarni qo‘llashni tavsiya qildik bu o‘quvchilarning  

shaxs oti bilan birgalikda iboralar va tasviriy vositalar haqidagi bilimlarni 

mustahkamlashga yordam beradi va darsni qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. 

4)  Ikkinchi  bob  ,,Narsa  otlari  bilan  bog‘liq  iboralar  va  tasviriy  ifodalarni 

o‘tish” deb nomlangan. Ushbu bobimizda narsa otlari bilan bog‘liq ibora 



 

va 



tasviriy 

ifodalarga 

e’tibor  qaratilgan.  Narsa  otlariga  misol 

bo‘lgan  iboralar  va  tasviriy  vositalarni  o‘quvchilarga  o‘tish,  tushuntirish 

uchun  turli  xil  o‘yin  topshiriq  va  mashqlardan  foydalanildi.  Mavzuni 

bunday  usulda  o‘tish  o‘quvchilarning  so‘z  boyligini  oshiradi,  nutqning 

rang – barangligini ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchining nutq 

madaniyati takomillashib boradi. Bu borada zaruriy namuna va tavsiyalar 

berildi. 

5) Uchinchi bob, ”O‘rin joy otlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralar             va 

tasviriy vositalarni o‘tish” bo‘lib bu bobda asosiy e’tibor o‘rin – joy otlari 

bilan  bog‘liq  tasviriy  ifodalarni  o‘tishga  qaratilgan.  O‘quvchilar  uchun 

qiziq  bo‘lgan  musobaqa  tarzda  tashkil  etilgan  dars  turli  o‘yin  – 

topshiriqlar, mashqlar va test savollari shaklida tashkil etildi.  

6) Bu topshiriqlarni bajarish usullari ko‘rsatildi va qator namunalar berildi. 

O‘quvchilar  guruhlarga  bo‘linib  musobaqalashadilar  va  o‘rin  –  joy  otlari 

bilan bog‘liq tasviriy vositalarni ham mukammal o‘rganib oladilar.  

7) Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida turdosh otlar mavzusiga doir 

mashq va topshiriqlarni bajarish jarayonida pedagogik texnalogiya asosida 

turli  o‘yin  topshiriqlarni  tavsiya  qildik.  Bu  borada  turli  metodik 

maqolalardan  mavzuga  oid  bo‘lgan  kitoblarda  foydalandik.  Bu  o‘yin 

topshiriq  va  mashqlar  shu  soha  xodimlariga  va  ushbu  sohaga 

qiziquvchilalar uchun foyda keltiradi degan umiddamiz. 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling