Bunda o`qituvchi 6 xil rangdagi kichik qog`ozlardan ishtirokchilar soniga mos ravishda shlyapalar yasaydi.Bu shlyapalar dars boshlanishida kichik guruhlarga bo`lish uchun qo`llanishi mumkin.Mashg`ulot yakunida har bir guruhga o`z rangidagi boshga kiyish mumkin bo`lgan qog`oz shlyapalar taqdim etiladi va muhokama olib boriladi. Oq shlyapa: raqam va faktlar. Axborot. Savollar. Sodir bo`lgan voqea – hodisalar, guruh ishini xolis qayd (bayon ) etish.Qanday axborotga egamiz? Yana qanday axborot zarur? Qizil shlyapa: emotsiyalar ,kuchi intuitsiya, his- tuyg`ular. Hislarni asoslash talab etilmaydi.Ta’lim jarayonida o`quvchilarda qanday hislar tug`ildi? Qora shlyapa: ehtiyotkorlik. Jarayondagi salbiy holatlat. Kamchiliklar nimalardan iborat? Qanday xatolarga yo`l qo`yildi? Sariq shlyapa: afzalliklar. Jarayonda qanday yutuqlarga erishildi. Ijobiy xuloslar chiqarish.Nima uchun bunday qilish ma’qul? Afzalliklari qanday? Nima uchun bu amalga oshadi? Zangori shlyapa: ijodkorlik.Turli g`oyalar. Yangi g`oyalar. Takliflar. Yechimning turli variantlari.Qanday muqobillari mavjud?Jarayonni takomillashtirish yo`llari. Ko`k shlyapa: tahlil, mulohaza. Mulohaza haqida mulohaza. Qaror qabul qilish.Nimaga erishdik? Keyin nima qilish kerak? Ta`lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma`lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo, shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta`lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi» (I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch. T. «Ma`naviyat», 2008. 61-bet.). Interfaol metodlarning ta`lim va tarbiya jarayonidagi o`rni va imkoniyatlari: Interfaol metod-ta`lim jarayonida o`quvchilar hamda o`qituvchi o`rtasidagi faollikni oshirish orqali o`quvchilar bilimini o`zlashtirishni faollashtirishi, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishi ko`zda tutilgan. Interfaol metodlarni mashg`ulot maqsadiga muvofiq tanlash:
Do'stlaringiz bilan baham: |