Maxsus entseklopedik lug’atlar (MEL). Fan-texnika, san‘at va madaniyatning ma‘lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo’ljallab tavsiflaydi. Bunday lug’atlar sifatida soha entsiklopedik lug’atlari - «Meditsina entsiklopediyasi», «Fizicheskiy entsiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. LUGʻAT — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: |