Mavzu: Ona ulug’ zot


Moychechak – moychechak damlamasi shamollashga qarshi va ichaklar spazmasida og’riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Namatak –


Download 195.5 Kb.
bet5/9
Sana06.11.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1750245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-sinf-dars-ishlanmasi

Moychechak – moychechak damlamasi shamollashga qarshi va ichaklar spazmasida og’riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

  • Namatak – tarkibida C vitamini bor. Uning damlamasi isitma qoldiruvchi, qon to’xtatuvchi, me’da – ichak kasalliklarida ishlatiladi

    (O’quvchilar davom ettiradilar.)



    1. Grammatik mavzu tushuntiriladi.

    Zid ma’noli so’zlar. Qarama – qarshi ma’noni bildirgan so’zlar zid ma’noli so’zlar deb ataladi. Masalan: katta – kichik, semiz – ozg’in, chiroyli – hunuk’ baland –past….





    1. Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: mashq va topshiriqlar bajarish.

    Boshqotirma.



          1. C vitaminiga boy dorivor o’simlik.

          2. Kichkina dekcha, ichi to’la mixcha.

          3. Миндаль” so’zining tarjimasi.

          4. Qish faslida eng ko’p tarqaladigan kasallikning nomi nima?

          5. Yaralarni tuzatadigan o’tning nomi.




    N

    a

    m

    a

    t

    a

    k







    a

    n

    o

    r







    b

    o

    d

    o

    m







    g

    r

    i

    p

    p







    b

    a

    r

    g

    i

    z

    o’

    t

    Boshqotirmani to’g’ri yechsangiz yashiringan /tepadan pastga qarab yozilgan/
    so’zni topasiz.

    1.Zid ma’noli so’zlar ishtirokida og’zaki gaplar tuzing.


    2.Nuqtalar o’rniga mos kelgan zid ma’noli so’zlarni qo’yib, mashiqni ko’chiring.

    Kattani ……. Bil, kichkinani ………….. .


    Do’sting ming bo’lsa ham … , dushmaning bir bo’lsa ham ….. .
    ………… ot qoladi, ………. dod qoladi.
    ………… achitib gapirar, …………… kuldirib.
    /kichik, yaxshidan, katta, yomondan, dushman, do’st/
    3. Birinchi ustunda berilgan so’zlarga ikkinchi ustundan zid ma’nolisini topib daftaringizga yozing.



    1.

    Go’zal




    bemehr

    2.

    Oq




    yomon

    3.

    baland




    sovuq

    4.

    mehribon




    qora

    5.

    issiq




    xunuk

    6.

    yaxshi




    past

    Maqolarni o’qing, zid ma’noli so’zlarni toping va ko’chirib yozing.


    Keng kengashib yirtishar, tor tortishar.
    Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
    Ko’z qo’rqoq, qo’l botir.
    To’g’ri so’z tosh yoradi, egri so’z bosh.
    Uying tor bo’lsa ham, ko’ngling keng bo’lsin.



    1. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.

    Uyga vazifa: Dorivor o’simliklar haqida ma’lumot yozing. Zid ma’noli so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.
    Tuzuvchilar: Z. To’xtayeva, Uchtepa tumanidagi 107-maktab,
    S. Ismoilova, Yunusobod tumanidagi 5-maktab o’qituvchilari
    Mavzu: Suv havzalari / 2 soat/


    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, to’g’ri bo’g’in ko’chirishni o’rgatish.
    Darsning tarbiyaviy maqsadi: Suvni isrof qilmaslikka o’rgatish.
    Darsning turi: Noan’anaviy
    Darsning jihozlanishi: O’zbekiston Respublikasi xaritasi. Tarqatma materiallar. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.


    Dars rejasi
    Dars bosqichlari:
    Tashkiliy qism.
    O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.
    Yangi mavzu: O’lkaning suv omborlari haqida suhbat. “Suv – hayot manbai matni ustida ishlash.
    Grammatik mavzuni tushuntirish: Bo’g’in ko’chirish qoidalari. Mustahkamlash: Mashq va topshiriqlar
    O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.


    Darsning borishi:



    1. Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish.

    2. O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.

    3. O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

    Yangi mavzuni boshlashdan avval savol-javob asosida suhbat o’tkaziladi.



    1. Suv hayotimizda qanday ahamiyatga ega?

    2. Suv havzalari nima?

    3. O’zbekistonning yirik daryolari qaysilar?

    4. Daryo suvlari nima maqsadda ishlatiladi?

    5. Suvdan qanday foydalanish kerak?

    Suv ombori


    Suv ombori - to’g’on yordamida suvni yig’ish va saqlash uchun quriladigan sun’iy suv havzasi. Suv ombori xalq xo’jaligidagi bir qancha tarmoqlar (sug’orish, suv ta’minoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va b.) ehtiyojini qondiradi.Yil davomida daryo oqimlarining o’zgarib turishi va uning hudud bo’ylab notekis taqsimlanganligi suv omborlarini barpo etishga zarurat tug’diradi.


    Suv omborilari katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lganligi sababli 20- asr oxiriga qadar Evropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi Ouen-Fols, Kanadadagi Daniel Jonson, Rossiyadagi Bratsk suv omborlari jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
    O’rta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug’orish, energetika va suv ta’minotini yaxshilash uchun quriladi. O’rta Osiyo hududida 75 ta suv ombori mavjud. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (To’xtag’ul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Narak, Tuiyamo’yin va boshqa) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida O’zbekistonda 4,3 mln. ga dan ortiq yerda sug’orma dehqonchilik qilish, suv resurslaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanisn imkoniyatlari yaratildi.


    Bilasizmi? O’zbekistonda birinchi bo’lib 1951-yilda Zarafshon daryosida Kattaqo’rg’on suv ombori qurilgan. To’liq hajmi 900 mln. m3.



    1. Yangi mavzuni o’rganish.

    Yangi mavzu:
    Matnni o’qing, berilgan topshiriqlarni bajaring.

    Suv – hayot manbai


    Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Qadimda dunyo faylasuflari fikricha hayot uchun zarur bo’lgan to’rt unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori).


    Suvsiz hayot bo’lmaydi. Har qanday tirik mavjudotda suv bor. Kishi suvsizlikdan ko’ra ochlikka uzoqroq chidashi mumkin. Odam va ko’p hayvonlar tanasining 2/3 qismi suvdan iborat. Ba’zi o’simliklarning deyarli 4/5 qismi suvdan tashkil topgan.
    Yer yuzining 2/3 qismini suv, faqatgina 1/3 qismini quruqlik egallagan. Suv okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llarda, yer ostida va tuproqda bo’ladi. Muzlik va aysberglar ham suvdan iborat, faqat ular muzlagan holdagi suvdir. Atmosferada ham suv ko’p, ular bulut, tuman, bug’, yomg’ir va qor holida.
    Siz qattiq muz ham, gazdek yengil bug’ ham suvmi deb, ajablanishingiz mumkin. Ha, suv. U suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo’ladi.
    Tabiatda sof suv bo’lmaydi. Sof suvni faqatgina labaratoriyalarda olish mimkin. Bunday suv bemaza bo’ladi. Uning tarkibida tirik organizmlar uchun zarur bo’lgan tuzlar bo’lmaydi. Dengiz suvida esa keragidan ortiq turli xil erigan tuzlar bor. Shuning uchun u ham ichishga yaramaydi.
    Yer yuzida aholi iste’mol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib bormoqda. Odamlar sanoat extiyojlari uchun mo’ljallangan suvdan ko’proq foydalanmoqdalar. Suv korxonalar chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Muhandislar suvni tozalashning turli usullarini topmoqdalar. Mamlakatimizda sanoat chiqindilari va oqova suvlarni suv havzalariga oqizish taqiqlangan. Har doim esingizda bo’lsin: suvni asrang, uni isrof qilmang.
    Suv uchun kurash hayot uchun kurashdir.

    Berilgan matnni “Har kim har kimga o’rgatadi” usulida o’rganish tavsiya etiladi. Sinf o’quvchilarini (12 yoki 16 kishi bo’lishi mumkin) kichik guruhlarga bo’lib, guruh a’zolari tomonidan belgilangan o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishiga erishish lozim. Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi. Guruhlarda 4 yoki 5 kishi bo’lsa, matn ham 4 yoki 5 qismga bo’linadi. Har bir guruhdagi o’quvchilar raqamlanadi. Guruhdagi 1-raqamli o’quvchilar I guruhga, 2-raqamli o’quvchilar II guruhga, 3-raqamli o’quvchilar III guruhga, 4-raqamli o’quvchilar IV guruhga bo’linadilar. Matndan har bir guruhga o’z qismlari ajratib, topshiriq beriladi. 10 daqiqa ichida berilgan topshiriqlar asosida matn ustida ishlanadi. O’quvchilar dastlabki holatga o’z guruhlariga qaytib, bajargan vazifalarini qolgan guruh a’zolariga so’zlab beradilar. Matn haqida tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng har bir guruhga vazifa beriladi.


    1-guruh o’quvchilari matnni o’z so’zlari bilan gapirib beradilar.


    2-guruh matnni tarjima qilib, so’zlab beradilar.
    3-guruh a’zolari yangi so’zlar ishtirokida 10 ta gap tuzadilar.


    Bilasizmi ? Suv havzasi – yer yuzining tabiiy yoki sun’iy pastqam yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sun’iy ravishda suv to’planishidan hosil bo’ladigan, yo bo’lmasa, suv yo’lini to’sib va to’g’on qurib hosil qilinadigan sekin oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzalari doimiy yoki mavsumiy turlarga bo’linadi. Doimiy suv havzalariga okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, tabiiy suv omborlari, jilg’alar, ariqlar kiradi. Mavsumiylari esa sun’iy suv omborlari, kanallar, hovuzlardan iborat. O’zbekiston hududidagi Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Andijon suv ombori va boshqalar sun’iy suv havzalari hisoblanadi.



    1. Grammatik mavzu tushuntiriladi.

    O’pkadan chiqayotgan havo to’lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la.
    Har bir bo’g’in tarkibida unli tovush bo’lishi shart, demak, so’z tarkibida nechta unli tovush bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi. Bo’g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. o’zbek tilida quyidagi bo’g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: to’rt, shart; to’rt undoshli: sport, start.
    Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: 1) yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’z keyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi; 2) birinchi sinf o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’in asosida amalga oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo’g’inlar soni teng bo’ladi.



    1. Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: mashq va topshiriqlar bajarish.

    Mashq. Berilgan gaplarni o’qing, ko’chirib yozing, har bir gap qarshisiga quyidagi shartli belgilarni qo’ying. Shartli belgilar: v – “bilaman”, + - “endi bildim”, ? – “tushunmadim”


    1. Daryolar tog’lardan boshlanib, tekislikka chiqgach, suvi kamayib qoladi. 2. Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. 3. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq kabi daryolar tog’lardan boshlanganligi uchun sersuvdir. 4. Orol maydonining kattaligi jihatidan Kaspiy dengiz-ko’lidan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. 5. Chirchiq daryosida Chorvoq, Sirdaryoda – Farhod, Qoradaryoda – Andijon GESlari qurilgan.


    Topshiriq: Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi, so’ng har bir guruhga vazifa beramiz. (5 daqiqa)



      • Birinchi guruh: daryo nomlarini;

      • Ikkinchi guruh: suv omborlari nomlarini;

      • Uchinchi guruh: GES nomlarini bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilgan holda flipchatga yozadilar. Vazifa bajarilgandan so’ng har bir guruhning flipchati doskaga osiladi. O’qituvchi yordamida xatosi tekshiriladi.

    1. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.

    Uyga vazifa: “Uyda suvdan foydalanish qoidalari” mavzusida kichik hikoya yozish.

    Tuzuvchilar: M. Urunboyeva, Yakkasaroy tumanidagi 100-maktab



    Download 195.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling