O’ZBEKISTON XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
TOSHKENT SHAHAR PEDAGOG KADRLARNI
QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
O’zbek tili darslari
(ta’lim boshqa tilda olib boriladigan sinflarda
o’zbek tili fanidan 7-sinf uchun metodik tavsiyalar)
Toshkent-2006
Maslahatchi: A. Rafiyev, f.f.n. ,
O’zMU kafedra mudiri.
Nashrga tayyorlovchi: G. Muhamedjanova, p.f.n. ,
TSHPKQTMOI katta o’qituvchisi.
Taqrizchilar: D. Nuritdinova, RTM metodisti
R. Polvonova, Mirzo Ulug’bek tumanidagi 221-maktab o’qituvchisi
Respublika ta’lim markazi huzuridagi O’zbek tili ta’limi bo’yicha ilmiy-metodik kengashning 2006-yil iyun oyidagi majlisida nashrga tavsiya etilgan.
Mazkur dars ishlanmalari takomillashtirilgan DTS va modernizatsiya qilingan o’quv dasturidagi murakkab mavzular asosida tayyorlandi. Dars ishlanmalari ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarda o’zbek tili fanidan dars beruvchi barcha o’qituvchilarga xususan yosh muallimalarga amaliy yordam bo’ladi degan umiddamiz.
Tuzuvchilar: M. Saidmurotova, Mirobod tumanidagi 31-maktab
S. Qosimova, Mirzo Ulug’bek tumanidagi 279-maktab o’qituvchilari
Mavzu: O’zbek tili shevalari / 2 soat/
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, o’zbek tili shevalari bilan tanishtirish.Ma’nodosh so’zlar bilan tanishish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Oquvchilarda o’zbek tilini o’rganishga qiziqish uyg’otish.
Darsning turi: Suhbat.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, test topshiriqlari, tarqastma materiallar.
Dars rejasi
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism.
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash
Yangi mavzu: “ O’zbek tili shevalari “ matni.
Grammatik mavzuni tushuntirish: Ma’nodosh so’zlar.
Mustahkamlash:
Mashq va topshiriqlar.
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |