Mavzu: Ona ulug’ zot


G. Ayubova, Hamza tumanidagi 282-maktab o’qituvchilari


Download 195.5 Kb.
bet6/9
Sana06.11.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1750245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-sinf-dars-ishlanmasi

G. Ayubova, Hamza tumanidagi 282-maktab o’qituvchilari
Mavzu: Ona ulug’ zot /2 soat/


Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, o’z fikrlarini erkin bayon eta olishni o’rgatish, lug’at boyligini oshirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Ona so’zining mohiyati, onaning oilada, hayotda tutgan o’rni, mavqei, onaning bola tarbiyasidagi ahamiyati haqida tushuncha berish.
Darsning turi: Dars - konferensiya.
Darsning jihozlanishi: “Ona ulug’ zot” deb nomlangan plakat, onalar faoliyatiga doir rangli rasmlar, “Onalar hayotimiz yulduzi” deb nomlangan devoriy gazeta, onalar haqida maqollar va hikmatli so’zlar yozilgan plakatlar, grammatik qoidaga oid jadval.
Dars rejasi
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash Yangi mavzu: Xotin – qizlar bayrami haqida suhbat, “Ona mehri” matni
Grammatik mavzuni tushuntirish: Erkalash-kichraytirish otlarining yasalishi
Mustahkamlash:
Mashq va topshiriqlar
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish
Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish.

  2. O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.

  3. O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

  4. Yangi mavzuni o’rganish.

Yangi mavzuni boshlashdan avval savol-javob asosida suhbat o’tkaziladi.

  • Bahor kelganda tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi?

  • O’lkamizda bahorda qanday bayramlar nishonlanadi?

  • Xotin-qizlar bayramida oyingiz, buvingiz, opa-singillaringizni qanday tabrikladingiz?

  • Har bir oilada eng aziz inson kim sanaladi?

Qani, ko’raylik-chi, ona so’zi nimani anglatar ekan? Ona so’zi uchta harfdan iborat bo’lib, u o’zida oriyat, nafosat, andisha so’zlarining ma’nolarini to’liq mujassamlashtirgandir. Shu tariqa ona so’zi bunyod bo’ladi. Bu muborak ulug’ zot haqida qancha so’z yuritsak, shuncha oz.


Quyoshdan so’rashibdi: “Sening haroratingdan zo’rroq harorat bormi?”
- Bor, - deb javob beribdi Quyosh, - Ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq.
O’limdan so’rashibdi: “Senga bas keladigan kuch bormi dunyoda?”
- Bor, - deb javob beribdi o’lim, - ona mehri meni ham chekintiradi.
Daryodan so’rashibdi: “Sendan kuchliroq bormi dunyoda?”
- Bor, - debdi daryo, - ona mehri mendan ham kuchliroq va cheksizdir.
Quyosh – haroratini, Oy – nurini, hayot – go’zalligini onadan olgan deydi xalq. Tabiat tarovati, gullar isi, hayot nashidasi, inson ko’rkamligi, odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati – bularning bari onaizordan!

Yangi mavzu:


Ona mehri.


Bir ayolni “xunuksan” deb uydan xaydab yuborishibdi. Ayol qo’lida bolasini ko’tarib, yig’lab ketaveribdi. Shunda oldidan oppoq kiyingan bir mo’ysafid chiqib, nima uchun yig’layotganini so’rabdi. Ayol sababini aytib beribdi. Mo’ysafid qo’ynidan bir olma chiqarib ayolga beribdi va shunday debdi:

  • Olmani yesang dunyodagi eng chiroyli ayol bo’lasan.

Ayol olmani endi og’ziga olib brogan ekan, mo’ysafid yana shunday debdi:

  • Lekin bir narsani bilib ol. Dunyodagi eng go’zal ayolga aylanasan, ammo qo’lingdagi bolang o’lib qoladi.

Bu so’zni eshitgan ayol qo’lidagi olmani mo’ysafidga qaytarib berib, bolasini bag’riga bosibdi. Ayol: “Menga bu chiroyning keragi yo’q”, - debdi-da yo’lida davom etibdi.
Qissadan hissa shuki, onalar mehrini dunyoning go’zalligi ham sindira olmas ekan.

Matn o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi, so’ng o’quvchilar “Zanjir” usulida bir necha marta o’qiydilar.





  • She’r matni o’quvchilarga tarqatiladi. She’r “Ikki qismli kundalik” usulida o’rganiladi. O’tkazish metodi: daftar varag’i ikkiga bo’linadi, chap tomonga o’quvchilar she’rdagi o’zlariga yoqqan satrlarni, o’ng tomonga esa nima sababdan shu satrlar yoqqanligini yozadilar.

Ona mehri

Ona! Ona, seni sevishim –


Elu yurtni sevishim demak,
Sen umidim, baxtiyor kishim,
Sen hayotim, oltin kelajak.
Sening mehring – bir qaynar buloq,
Sening mehring quyoshdan issiq,
Sening mehring tong kabi oppoq,
Sening mehring tuganmas qo’shiq
Sening mehring bilan ulg’ayib,
Xalqim sevgan bir farzand bo’lsam,
Shudir mening umidim doim,
Shu zo’r umid – qalbimda qasam.
Shuhrat

  1. Grammatik mavzu tushuntiriladi.

Nutqimizda kichraytirish va erkalash otlari ham qo’llanadi. Bunday otlar kichraytirish, ba’zan esa ham kichraytirish, ham erkalash ma’nolarini anglatadigan quyidagi qo’shimchalar bilan hosil qilinadi: -cha: uycha, kitobcha; -choq: qo’zichoq; -chak: kelinchak; -(a)loq: qizaloq, bo’taloq; -jon: ukajon, Azizjon; -xon: Yulduzxon; -oy: Qunduzoy.

Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling