Mavzu: Ona ulug’ zot


Download 195.5 Kb.
bet3/9
Sana06.11.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1750245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-sinf-dars-ishlanmasi

aka-oka, nahor-nohor.

  1. Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan.(Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog’iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari.) Masalan: yo’l-jo’l, yo’q-jo’q, tog’-tov, sog’-sov, quru(q), sari(q).

O’g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi ( Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo’shko’pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Masalan: tog’-dog’, keldi-galdi, akamning-akaming.
Bundan tashqari, Bir tushunchaning o’zi turli mahalliy shevalarda turlicha ifodalanadi. Masalan: buzoq( Toshkentda) – o’jak(Xorazmda) – inak(Surxandaryoda) yoki narvon(Toshkentda) – shoti(Farg’onada) – zangi(Xorazmda).
(Hamroyev M.A. O’zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. Oliy o’quv yurti talabalari,akademik litsey, kollej o’quvchilari uchun qo’llanma.T.2005-yil)
“O’zbek tili shevalari” matnini o’rganish. Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linadi. Matn ikki qismga ajratilib guruh o’quvchilariga beriladi. (Vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.)

  • Matindan berilgan parchani o’qib tarjima qiling.

  • Savollar tuzing.

  • O’z so’zingiz bilan so’zlab bering.

  • Notanish so’zlarga lug’at tuzing.

Vaqt tugagandan so’ng har bir guruh navbatma-navbat bajarilgan topshiriqlar asosida javob beradilar.



  • O’qituvchi doskaga shevaga hos so’zlardan namunalar yozadi. O’quvchilar bu so’zlarni “zanjir” usulida o’qib, daftarlariga ko’chirib yozadilar.




  1. Buzoq – o’jak(Xorazm)

  2. Olcha - chiya(Xorazm)

  3. Shoti - zangi(Xorazm)

  4. Yostiq - taka(Xorazm)

  5. Tuxum - yumurta(Xorazm)

Grammatik mavzu tushuntiriladi. Ma’nodosh so’zlar. Ma’nodosh (sinonimlar) so’zlar deb, shakli har xil, ma’nosi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlarga aytiladi. Ma’nodosh so’zlar faqat bir so’z turkumi doirasida hosil bo’ladi.

    1. Masalan: chiroyli,go’zal, ko’rkam, xushro’y.(sifat)

    2. Yuz, aft, bashara, chehra.( ot)

    3. Sezmoq, payqamoq, fahimlamoq, uqmoq, tushunmoq.(fe’l)




  1. Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: mashq va topshiriqlar bajarish.




  • Mavzu bo’yicha savol – javob o’tkazish.

  1. Adabiy til qanday shaklda bo’ladi ? ( og’zaki va yozma)

  2. Sheva nima ?( Sheva bir millatga mansub bo’lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir)

  3. Sheva adabiy tildan qaysi jihati bilan farq qiladi? (Sheva adabiy tildan fonetik/tovush/, leksik/so’z/ va grammatik/qo’shimchalar va gap qurilishi/ jihatdan farq qiladi

  4. Xalq shevalarining qanday shakli mavjud ? (faqat og’zaki)

  5. Qanday so’zlar shevaga xoc so’zlar deyiladi ? (Ma’lum hududdagina qo’llanib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlar shevaga xoc so’zlar deyiladi.)

  6. O’zbek milliy tili tarkibida nechta lahja bor? (uchta)




  • “Charxpalak “ usulida shevaga hos so’zlar hamda manodosh so’zlar mavzusi mustahkamlanadi.(guruhlarga flipchat bilan rangli markerlar beriladi)

  • Topshiriq: ajratilgan vaqt ichida shevaga hos so’zlar hamda manodosh so’zlar flipchatlarga yoziladi. Qaysi guruh o’quvchilari ko’proq so’z yozgan bo’lsa aniqlb rag’batlantiriladi.




  1. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.

Uyga vazifa: Manodosh so’zlar ishtirokida besh –oltita gap tuzish.

Tuzuvchilar: N. Ahmedova, N. Xalilova Sobir Rahimov tumanidagi



Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling