Mavzu: Ona ulug’ zot


Darsning tarbiyaviy maqsadi


Download 195.5 Kb.
bet8/9
Sana06.11.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1750245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-sinf-dars-ishlanmasi

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni buyuk siymolarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, tarqatma materiallar, buyuk siymolar aks etgan plakatlar.


Dars rejasi
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash
Yangi mavzu: Mashhur tabiblar haqida suhbat. “Abu Ali Ibn Sino” matni Grammatik mavzuni tushuntirish: Kasr sonlar.
Mustahkamlash
Mashq va topshiriqlar
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish


Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish.

  2. O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.

  3. O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

  4. Yangi mavzuni o’rganish.

Yangi mavzu: .” Abu Ali Ibn Sino”matni ustida ishlash. Sinf o’quvchilari 4 guruhga bo’linib, guruhlarga topshiriqlar beriladi. Har bir guruh o’z so’zi bilan matnni gapirib beradi, tarjima qiladi, tayanch so’zlarni topadi va savollar tuzadi. 1-2- va 3-4- guruhlar o’rtasida tezkor savol-javob o’tkaziladi.
Atoqli olim Sharq mamlakatlarida Abu Ali Ibn Sino nomi bilan, G’arb mamlakatlarida Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ko’p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biri. Shu bilan birga u mashhur faylasufdir, uning ilmiy merosida faldafiy masalalar katta o’rinni egallaydi. Shu sababli uni Sharqda faylasuf, tabib ma’nolaridagi hakim nomi va undan ham hurmatliroq bo’lgan Shayxur-rais (olimlar boshlig’i) laqabi bilan ataganlar.
U 980 – yilda Buxoroning Afshona (hozirgi Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi Lag’laqa) qishlog’ida tug’ilgan. Ibn Sinoning otasi Abdulla o’g’lining bilimli kishi bo’lib yetishishiga ko’p harakat qildi.
Ibn Sino iste’dodli, xotirasi zo’r, zehni o’tkir, bo’lganligidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarni tezda egallay boshladi. U o’n yasharligida algebra, geometriya va hatto falsafani o’rgandi, hamma yulduz turkumlarini qanday atalishlarini bilar va aniq ko’rsata olardi. Savollari bilan mudarrislarini esankiratub qo’yardi. Buxoroda uni 12 yoshligidayoq qonunlar bilimdoni deb tan olganlar.
Biroq ibn Sinoni matematika va fizika, astronomiya va falsafadan ko’ra tibbiyot ko’proq o’ziga tortar edi. Sharq va G’arb olimlarining asarlarini qunt bilan o’qib chiqdi. U 16 yoshida taniqli tabib bo’lib yetishdi. U bemorlarni davolash uchun tajribalar o’tkazdi va yangi dorilar topa boshladi. Ibn Sino ko’pgina shogirdlar tarbiyaladi, ularga faqat davolash sirlarinigina emas, balki inson dardini tushunishni ham o’rgatardi.
Ibn Sino 1002-yilda Buxorodan chiqib ketdi. U Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon kabi shaharlarda bo’ldi. Uning umri darbadarlikda o’tdi. Mashhur olim Abu Ali ibn Sino 1037 yilda Xamadon shahrida vafot etgan.
Ibn Sino tibbiyotdagi ulkan tajribasi va falsafa, algebra, astronomiya, kimyo, fizika, botanika hamda boshqa sohalardagi beqiyos bilimini “Tib qonunlari”, “Shifo kitobi”, “Bilimlar kitobi” da bayon etgan. Ibn Sino asarlarining hammasi 280 dan oshadi. Lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. U she’riyatda ham ijod etgan, ruboiy va to’rtliklar yozgan.
Abu Ali ibn Sinoning jahon fani oldidagi xizmatlari tan olingan. O’zbekistonda ko’cha, maktab, nashriyot, kasalxona, muzey, kutubxona uning nomiga qo’yilgan. Ibn Sino xalqaro jamg’armasi tashkil etilgan. UNESKO ibn Sino xalqaro oltin medali ta’sis etgan.
1980 yilda buyuk olim tug’ilgan kunining ming yilligi tantanali ravishda nishonlangan.
Grammatik mavzu tushuntiriladi. Kasr sonlar. Narsa-buyumlar miqdorini bo’laklab, qismlab ifodalaydigan son
Download 195.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling