Mavzu: Ona ulug’ zot


Download 195.5 Kb.
bet4/9
Sana06.11.2023
Hajmi195.5 Kb.
#1750245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-sinf-dars-ishlanmasi

191-maktab o’qituvchilari
Mavzu: Dorivor o’simliklar / 2 soat /


Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga dorivor o’simliklar haqida tushuncha berish, og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga tabiatga mehr uyg’otish, o’quvchilarda dorivor o’simliklarga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Noan’anaviy.
Darsning jihozlanishi: O’zbekiston botanik olimlarilarining suratlari, dorivor o’simliklarga oid ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, boshqotirma.


Dars rejasi
Dars bosqichlari:
Tashkiliy qism
O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash
Yangi mavzu:
“O’simliklar hosiyati” matni
Grammatik mavzuni tushuntirish:
Zid ma’noli so’zlar
Mustahkamlash:
Mashq va topshiriqlar
O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish
Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish.

  2. O’tilgan darslar yuzasidan takrorlash.

  3. O’quvchilarni dars mavzusi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.

  4. Yangi mavzuni o’rganish.

Yangi mavzu:
(Yangi mavzuni boshlashdan avval sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi.)
“Klaster” usuli orqali o’quvchilarning dorivor o’simliklar haqidagi bilimlari tekshiriladi.

shifo

qoraqand




bargizo’t

aloe



Dorivor o’simliklar

isiriq

evkalipt





yalpiz



moychechak

na’matak

“Klaster” usuli asosida dorivor o’simliklarga umumiy tushuncha berish:


  • Dorivor o’simliklar odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan o’simliklardir.

Qadim zamonlardan boshlab inson yovvoyi o’simliklardan turli kasalliklarni oldini olish va davolashda foydalanib kelgan. Hozirgi kunda kimyo fanining rivojlanishi natijasida ko’plab sintetik dori moddalari yaratildi. Ular qaerda sotiladi?
To’g’ri, dorixonalarda. Ammo shunga qaramay, dorivor o’simliklar xalq tabobatida shu kungacha qo’llanilmoqda. Dorivor o’simliklarni qayerdan sotib olamiz?
Ha, albatta. Dorivor o’simliklar dorixonalarning maxsus bo’limlarida sotiladi.
Bolalar, dorivor o’simliklar qayerda o’sadi? (Dalalarda va tog’larda)
Endi bilimlaringizni sinash uchun “Zanjir” o’yinini o’ynaymiz. O’yin sharti shundaki, har bir guruh tog’da o’suvchi dorivor o’simlik nomini aytadi. To’xtab qolgan guruh o’quvchilari o’yindan chiqib ketadilar. G’olib guruh rag’batlantiriladi.

“O’simliklar hosiyati” matni


Ko’p kasalliklarni davolash uchun tabiat ne’matlaridan foydalanamiz. Dorivor o’simliklar damlama, qaynatma, kukun xolida ishlatiladi. Dorivor o’simliklarning hosiyati katta. Masalan, grippdan saqlanidh uchun isiriq tutatish, yaralarni davolash uchun bargizo’tdan foydalanish, ko’ngil aynashini qoldirish va ishtahani ochish uchun qalampir yalpizi damlamasini ichish tavsiya etiladi. Shamollaganda o’pka yallig’lanishini oldini olish uchun mingyaproqdan foydalanish kerak. Kimyoviy dori-darmonlarga qaraganda, aynan dorivor o’simliklar inson organizmi uchun foydalidir. (61 ta so’z)


Topshiriqlar:



        1. Matnni ifodali o’qish.

        2. Matnga reja tuzish.

        3. Lug’at ishi.

        4. Matn yuzasidan savollar tuzish.

        5. Matn mazmunini o’z so’zi bilan so’zlab berish.

Lug’at ishi.


Ne’matlar – дары


Foydalanmoq – пользоваться
Dorivor – лекарственные
O’simliklar – растения
Damlama – настойка
Qaynatma – отвар
Kukun – порошок
Hosiyat –свойства
Isiriq – гаркала
Bargizo’t – подорожник
Mingyaproq – тысячилистник
Qalampir yalpizi – мята перечная

Matn ustida ishlashda faol qatnashgan guruh rag’batlantiriladi.


“Bilasizmi?” rukni.


Bu ruknni o’qituvchi boshlab beradi, so’ngra o’quvchilar bilan baxs – munozara o’tkaziladi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling