Mavzu: Onalik urug'chilik jamoasining paydo bo'lishi
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi
Download 0.61 Mb.
|
Onalik
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlana borishi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanaborishi oqibatida matriarxatdan patriarxatga o‘tish sodir bo‘ladiki, endilikda erkaklar ishlabchiqarishda asosiy rol o‘ynayboshladilar. Bu o‘tish avvalo xo‘jalikning yuksalishida motiga asosdagi dexqonchilikdan omoch asosidagi dexqonchilikka o‘tishda uy xayvonlarini urchitib ko‘paytirib boqishdan chorvachilikka o‘tishda namoyon bo‘ldi. Natijada erkaklar xo‘jalikda yetakchi o‘rniga chiqib oldilar, ayollar esa uy xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ulllanib ikkinchi uringa tushib qoldilar. Endilikda urug‘ ota urug‘i nomi oldi. Lekin yer yuzining turli yerlarida ona urug‘i va ota urug‘i tartibda xayot kechirayotgan etnik gruppalar, qabilalar va xalqlar xamon mavjud. Ammo ota urug‘i tarkibidagi qabila elat va xalqlar asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mazkur ijtimoiy tashkilot-qo-qarindosh iborat xujalik tashkiloti bo‘lib, unda birgalikda ishlabchiqarish mavjuddir Ishlab chiqarish vositaplari va iste’mol mahsulotlari va urug‘ a’zolari uchun umumiy bo‘lgan. Urug‘ va urug‘chilik tuzumi ibtidoiy to‘daga nisbatan olg‘a tashlangan katta qadam bo‘lib, yuqori paleolitda aql idrokli kishilar kroman’onlik-graman’diliklarda xozirgi jismoniy tipdagi kishilar vujudga kelgan vaqtda paydo bo‘lgan va asta sekin rivojlana borgan. Urug‘ va urug‘chilik ibtidoiy tashkilotning bundan keyingi rivojlanishga juda katta ta’sir etganligi shak-shubhasizdir. Urug‘ va urug‘chilik tuzumiga o‘tilar ekan, erkak va ayollar orasidagi nikoh munosabatlarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ibtidoiy to‘da davrida aloqalar betartib va umumiy bo‘lgan bo‘lsa, urug‘chilik tuzumi davriga kelib bu soxada boshqacha tartib joriy qilingan. Bu vaqitga kelib muayyan urug‘ va palla ichidagi ayollar bilan erkaklarning qovushishi bekor qilingan. Endilikda bir urug‘ning yoki pallaning bir gurux erkaklari boshqa bir urug‘ yoki pallaning ayollariga er bo‘lishgan. Nikohning bu tarixiy tartibini yoki uning qoldiqlarini o‘z boshidan kechirayotgan qabilalar mavjud. Dastlabki urug‘chilik jamoasining ishlab chiqarish kuchlari O‘tra paleolitning oxiri va yuqori paleolitning boshlarida vujudga kelgan urug‘chilik tuzumi uzoq rivojlanish taraqqiyoti yo‘lini bosib o‘tdi. Xuddi shu davrda hozirgi jismoniy tipdagi odamlar shakillanib vujudga keldi. Bu xol ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga juda ktta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqari ish kuchlarining rivojlanishi dastavval toshni qayta ishlash yangi tehnikaning qo‘llanishida o‘z ifodasini topdi. Bu vaqitga kelib muste davrining sodda quprollari o‘rniga tosh pichoq, nayza, keskich,bigiz, nayzaga va har turli nozik qurollar tarqaladi. Garchi saqldanib qolmagan bo‘lsa ham yog‘och ayniqsa qattiq yog‘ochlardan ko‘plab qurollar tayyorganganligi shak-shubhasidir. Mazkur davrda hayvon shohlari, suyaklari va tishlaridan igna , bigiz belcha, yer kavlagich motiga kirka, nayza uchlari yasalgan. Ibtidoiy odamlarning manzilgoxlaridan topilgan tosh va suyak qurollarning asosiy qismi bo‘lganligidan dalolat beradi. Daslabki urug‘chilik davri texnika taraqqiyotida muhim davr bo‘lib, bir necha qismdan iborat ancha murakkab mehnat jangovar va ov qurollari paydo bo‘lgan. Urug‘chilik davrining barcha qurollari Neandertal va undan oldin o‘tgan odamlarning qurollariga nisbatan boy va turli-tuman bo‘lib sifat jihatdan ustunlikka ega edi. Texnika taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar ovchilikning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldiki, so‘nggi pamolit manzilgoxlarining ayrimlaridan topilgan mamont, yovvoyi ot, shimol bug‘isi va boshqa yirik hayvonlar suyaklarning ko‘p miqdorda to‘planib yotishi ovchilikning rivojlanganligidan darak beradi. Chexiyadagi Premedmost manhzilgoxidan 40,000 qurol, 1000 ga yaqin momont suyagi, Fransiyaning Amarosiyavka degan joyidan 1000 yaqin bizon suyaklari, ko‘plab tosh va suyak qurollar bilan birgalikda topilgan. Bu hol xayvonlarni o‘rab olish, quvib qamash, tuzoq qo‘yish va ovchilikning boshqa usullarini tobora takomillasha borganini ko‘rsatadi. Texnika taraqqiyoti natijasijda ovchilik yanada rivojlanib, bu hol kishilarni go‘sht, teriga bo‘lgan talabalarni ma’lum darajada qondirdi. Odamlar endi o‘lja izlab dastlabki joylardan uzoqlashib o‘sha yerlarda makon tutdilar. Boshpana sifatida odamlar g‘orlar va ungurlardan keng foydalanganlar. Shu bilan bir qatorda chayla, yerto‘la va boshqa sun’iy boshpanalar ham keng tarqalaboshlaydi. So‘ngi paleolitda xayvon suyaklaridan uy-joylar qurish tarqaladi. Ularning usti va atroflari shoh-shabba va xayvon terilari bilan berkitilgan bo‘lib, kattaligi ham har xilbo‘lgan. Voronej yaqinidagi so‘ngi paleolit odamlari isteqomat qiladigan turar joyining uzunligi 35 m, kengligi esa 15-16 metr bo‘lgan. Unda 9 ta o‘choq borligi aniqlangan. Mazkur davr ichida o‘choqlari bo‘lgan turar joylarning keng tarqalishi riss-vyurm muzliklar aro davrdagi nisbatan iliq iqlm vyurm muzlanish davridagi obi-havoning sovushi bilan bog‘liq ekanligi shubxasizdir Vyurm muzlik davrining sovuq iqlimida yalng‘och yashashsh mumkin bo‘lgan. Odamlar o‘zlarini sovuqdan saqlash uchun har turli xayvon terilardan kiym tikib kiyaboshlaganlar. Doimiy turar joylarning ba’zilaridan topilgan tosh teshgich, suyak ignalar shundan dalolat berib turibdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling