Mavzu: Onalik urug'chilik jamoasining paydo bo'lishi


So‘nggi urug‘ jamoasi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.61 Mb.
bet4/6
Sana09.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1179499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Onalik

So‘nggi urug‘ jamoasi haqida umumiy ma’lumotlar
So‘nggi urug‘ jamoasi bosqichi oykumenalarning ma’lum bir qismida ilk dehqonchilik yoki dehqonchilik - chorvachilik hamda yuqori darajada ixtisoslashgan o‘zlashtirish xo‘jaligining malakali ovchi, baliqchi va termachi va boshqa ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklarning taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichning ahamiyatli tomoni shundaki, qaysiki qayerda qulay tabiiy sharoit mavjud bo‘lsa, o‘sha joylarda xujalikning birinchi shakli ikkinchisini yuzaga keltirganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning paydo bo‘lishi ibtidoiy iqtisodiyotning ulkan yutug‘i, kelgusidagi insoniyatning ijtimoyi-iqtisodiy tarixida asos, muntazam ortiqcha, keyinchalik qo‘shimcha maxsulot olish uchun muhim sharoit yaratildi. Taraqqiyot davomida aynan ortiqcha va qo‘shimcha mahlumotning olinishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivoji ibtidoiyning buzilishiga va sinfiy jamiyatning shakllanishiga olib keldi. Mazkur burilish vaqtining aynan neolit davrida sodir bo‘lishi hamda ingliz arxeologi Gordon Chayldning iqtisodchi F.Engelsning “sanoat inqilobi” atamasiga o‘xshash taklifi, ya’ni “neolit (yoki agrar) inqilobi” nomi bilan atalgani bejiz emas.
Yuqori darajada ixtisoslashgan malakali ovchilik, baliqchilik va termachilik xo‘jaligi kelgusidagi taraqqiyot uchun ham ahamiyatli imkoniyatlar ochib berdi. Ammo ular (xo‘jalik) anchagina cheklangan bo‘lib: ularning vorislar qulay tabiiy sharoitga ega ayrim rayonlardagina ilk sinfiy darajagacha bo‘lgan bosqichga ko‘tarila olishgan.


So‘nggi urug‘ jamoasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning shakllanishi.
So‘nggi urug‘ jamoasi ishlab chiqaruvchi xo‘jaligining shakllanishi xaqida gapirar ekanmiz, u xolda dehqonchilik va chorvachilik qachon, qayerda va qanday paydo bo‘ldi? Degan savolga atroflicha javob berish lozim bo‘ladi. Ushbu savollarga rasmiy javob deyarli bir xil ya’ni: chorvachilik taxminan paleolit davrida paydo bo‘lgan bo‘lib, o‘tgan davr maboynida arxeologik adabiyotlarda o‘nlab yillar davomida ko‘pchilik paleontolog mutaxasislarning yuqori paleolit odami itni qo‘lga o‘rgatgani va undan ovda foydalanganligi to‘g‘risida fikrlari ustunlik qilib kelardi. Mazkur tasdiqlar albatta manzilgoxlardan topib o‘rganilgan xonaki itlarning suyak qoldiqlarini o‘rganish natijasida yuzaga kelgan. Biroq yaqinda Reyi daryosining chap qirg‘og‘idagi Oberkassel manzilgohining madlen qatlamiga mansub xonakilashtirilgan itning o‘rganilishi bu boradagi tortushuvlarga chek qo‘ydi. Umuman, hozirda yuqori paleolitda itni qo‘lga o‘rgatish va undan foydalanish boshlanganligi hech kimda shubha o‘yg‘otmaydi. Bu borada aytib o‘tish lozimki mutaxassislar orasida faqatgina otni qo‘lga o‘rgatish borasida muammo yoki bir to‘xtam yo‘q. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning qayd etishicha, otning yuqori paleolit So‘nggida qo‘lga o‘rgatilgan. Shuningdek yuqori paleolit davridan boshlab it odamga ovda yordam bergan. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning (ko‘pchilik mutaxasislar uni ma’lum texnologik usullar asosida ijtimoyi maxsulotlarni muntazam ishlab chiqarilgandagina yuzaga keladi deb hisoblashadi) shakllanish aynan yuqori paleolitga xos.
Barchada qaysi madaniy o‘simlik va uy hayvoni qoldiq topilmasi eng qadimiy va u yoki bu darajada munozaradan xoli degan savolga javob qiziqish o‘yg‘otmoqda. Mazkur jarayon m.avv IX – XIII ming yillikda Old Osiyoda Falastin, suriya, Janubiy Sharqiy Turkiyada bo‘lib o‘tgan dastlabki madaniylashtirilgan o‘simliklardan bu polba – emmer (bug‘doyning bir navi),3 bug‘doy, arpa, chechevisa (yasmiq) dir. Dastlabki maxsuldor uy hayvonlar qo‘y va echikbo‘lib, keyinchalik yirik shoxli qora mol qo‘lga o‘rgatilgan va foydalanila boshlangan. Undan keyin eshak, ot, tuya, shimol bug‘usi, lama qo‘lga o‘rgatilgan.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish va yangi tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga olib keluvchi yagona omilni ko‘rsatib o‘tish mushkul. Mezolit davrida mavjud bo‘lgan texnik qurollanish va ov usullari dehqonchilik jamoalarini hayot kechirishi uchun yetarli darajada mahsuldor bo‘lganligidan darak beradi. Bu biz manzilgohlardagi qabristonlardagi topib o‘rganilgan kollektiv dafn shaklidan bilib olishimiz mumkin. Mantiqan o‘ylab qaraganda jamoadagi a’zolarining sonining oshishi albatta hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan oziq – ovqat miqdoriga bog‘liq bo‘lgan.
Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi ishlab chiquvchi kuchlar tarqqiyotidagi boshqa o‘zgarishlar bilan bir qatorda kechdi. Avvalo toshdan mehnat qurollari yasash texnikasi axamiyatli darajada o‘sdi. Siqib retushlash texnikasi yanada takomillashdi. Ayrim joylarda mezolit davridayoq toshlarni silliqlash yoki sayqallash shuningdek neolitda tomorqa uchun o‘rmonlarni tozalash va daraxtlarni kesish uchun nisbatan samarali bolta va teshalarga bo‘lgan zaruriyat toshlari arralash va parmolash kabi usullar keng tarqala boshladi. Mehnat ov qurollarini yasashda yangi nisbatan kattik menirallar turi: nefrit, jedent, obsidianlardan foydalanila boshlandi. Yer osti toshlarga ishlov berish (ya’ni kovlab olish) boshlandi. Dehqonchilik ehtiyoji nafaqat bolti va yana boshqa mehnat qurollarini ham takominlashtirishni talab etgan. Termachilar foydalangan kavlovchi – tayoq va sodda kesuvchi tosh pichoqlar taraqqiy etib haqiqiy motiga va o‘roqlarga aylandi g‘alla yanchgich hovonchalar xo‘jalik hayotiga keng kirib keldi. Joylarda yerni oddiy memorsiya usullaridan foydalanila boshlangan, masalan Old Osiiyodagi irrigasiya yoki Yangi Gvinsyadagi drenajlar misol bo‘la oladi.
Yuqori ixtisoslashgan ovchi, baliqchi, termachi xo‘jaliklardagi mehnat qurollarning takomillashib borishi natijasida ularning kurinishi ham o‘zgarib borgan. Quriqlikdagi ovda tuzoq, qopqonlardan, dengiz ovchiligi va baliqchilikda nisbatan taraqqiy qilgan garpun, to‘r, qarmoqlardan foydalanilgan. Mazkur davrdan o‘yma – qayiq, sudratma turlardan foydalanish keng ko‘lamda iste’molga kira boshlagan. Ishlab chiqaruvchi yoki yuqori darajada ixtisoslashgan o‘zlashtirma xo‘jalikka o‘tish jarayoni qayerdaki o‘troq turmush tarziga o‘tgan jamoalarda o‘z nihoyasiga yetdi. Shuning uchun endi ibtidoiy kulbalar o‘z o‘rnini nisbatan uzoq muddatli yerto‘la yoki yarim yerto‘la, keyinroq yer ustidagi mustahkam uylarga bo‘shatib berdi. Neolit davrida kashf etilgan to‘quvchilik va oddiy to‘qimachilik o‘simlik tolasidan tayyorlangan kiyimlardan aks eta boshladi keyinchalik teridan ham kiyimlar tayyorlana boshladi. Uy ro‘zg‘or buyumlari muhim bir kashfiyot ya’ni sopolda yasala boshlandi. Sopol buyumlar asosan ikki usulda spiralsimon tasma va aylana shaklda loyni bir – biriga yopishtirish orqali yasalgan.
So‘nggi urug‘ jamoasining asosiy ishlab chiqarish yutug‘i sifatida – dehqonchilik va chorvalikning shakllanishi, toshga ishlov berish texnikasining takomillashuvi, sopolning kashf etilishi, to‘qimachilik va boshqalar aynan mazkur davrda insoniyatning tajriba va bilimining ahamiyatli darajada o‘sganligidan guvohlik beradi. Shu bilan birgalikda mazkur davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti ham yuzaga keladi. (I va II)



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling