Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu yosh(1)
birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Chaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab etarlicha tashkiliylikka ega, u holatlarni boshqarishga mо‘ljallangan kо‘pgina mexanizmlarni о‘z ichiga oladi. Chaqaloqda kо‘pincha oyoq-qо‘llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bо‘ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega.Chaqaloq bolalarda qо‘l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht bо‘lib turadi. Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qо‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bо‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bо‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga о‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bо‘lmasa ham, qо‘llarini о‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi kо‘rinadi. Bola о‘yinchoqni bemalol qо‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib kо‘radi va shu yо‘l bilan kо‘plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qо‘yilsa, boshini kо‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq- bu yoqqa qaray oladi. Shu bilan birga, qо‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8- 8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz о‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida о‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qо‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida kо‘p kasal bо‘lganligi va umumiy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bо‘ladi. Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, о‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli. Cheklangan qо‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar tо‘plamidan iborat imkoniyatga ega bо‘lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqtda lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funksiyalar) qо‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mо‘ljallangan harakatlarni amalga oshira oladi. Yangi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bо‘lmaydi. Unda turli qо‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bо‘lsa, uning о‘zi uchun tanish va yangi bо‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bо‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning о‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling