Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni о‘rganish
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu yosh(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Bu nima»
- Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
Ilk Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyat turi - predmetlarni о‘rganish,
predmetlar bilan manipulyativ harakat hisoblanadi. Gо‘daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan kо‘proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, gо‘dak bola qо‘liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 Yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan о‘rganganidan sо‘nggina, о‘z amaliy faoliyatida ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qо‘llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u о‘z savoliga javob olish maqsadida kо‘pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 1-3 Yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning о‘ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug‘ilganidan to yetuklik davrigacha bо‘lgan psixik rivojlanish asosining taxminan о‘rtalari, 3 Yoshga tо‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu Yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni о‘rganish olamiga qadam qо‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bо‘la oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan bо‘ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida kо‘proq ma’lumot oladi. Nutq - bu Yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining rivojlanishi va о‘zini-о‘zi, Shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bо‘lib ham xizmat qiladi. Ilk Yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti Ilk bolalik davridan boshlab bola uni о‘rab turgan predmetlarning xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi kо‘rinishlarini tashkil etadi. 1 Yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda kо‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir kо‘zga tashlanib turadigan belgisiga о‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga kо‘ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning predmetli harakatlarini bajarishdan kо‘z bilan chamalab, harakat qilishiga о‘tishda namoyon bо‘ladi, endi u predmetning bо‘laklarini ushlab kо‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 Yoshli bola kattalarning kо‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga kо‘ra, aynan shunday predmetlarni chamalab, idrok etgan holda tо‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, sо‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bо‘lgan juda kо‘p predmetlar mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va о‘ziga yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha 2,5-3 Yoshli bola 5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, tо‘g‘riburchak, kо‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, olov rang, sariq, yashil, kо‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda turlicha namoyon bо‘lishi sababli, bu Yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq bilishlari va о‘z nugqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu Yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab qolishlarini talab etishlari notо‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 Yoshlar hisoblanadi. Bola 3 Yoshigacha о‘zlashtirgan sо‘zlar asosan predmet va harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi kо‘rinishi о‘zgarsa ham uning nomi о‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez о‘zlashtiradi. Idrok о‘ssa, xotira takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Ilk Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bо‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning kо‘p chalg‘ishi bu Yoshdagi bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda tashqaridan bо‘ladigan yangi о‘zgaruvchilarga muhtoj bо‘lib turadi. Ammo obyektga bо‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bо‘lsa, bolaning ixtiyorsiz diqqati shuncha barqaror bо‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat endigina vujudga kela boshlagan bо‘ladi. Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida tug‘iladi va ma’lum maqsadga bо‘ysunadi. Bola qо‘g‘irchoqni kо‘rib bо‘lgandan keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni kо‘rib qolsa, diqqatini qо‘lidagi qо‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «о‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bо‘ladi. Lekin bola xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni aralashtirib yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida ertaklar muhim о‘rin egallaydi. Ilk bolalik Yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu Yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur xususiyatlari о‘z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil tasavvurlarni bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bо‘ladi. Masalan, u sutli shishani kо‘rishi bilan xursand bо‘ladi. Vaqt о‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi murakkablashib boraveradi. Bola bir Yoshga tо‘lay deganda, onasining kо‘chaga kiyadigan kiyimini olib kelayotganini kо‘rib, xursand bо‘ladi. Vrachning tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qо‘rqa boshlaydilar. Bola о‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi, xonaning ichidagi predmetlar orasida о‘zini tо‘g‘ri tutish malakasini egallab boradi. Bolaning Yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bо‘lgan qiziqish ortadi. Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida juda muhim rol о‘ynaydi. Bola hamma narsani о‘zi kо‘rishni va eshitishni istaydi. Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun kо‘rish va eshitish sezgilari asosida vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari orqali oladigan taassurotlar ham juda muhimdir. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila olganidan sо‘ng, uni sinchiklab о‘rganishida kо‘rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari, asosan, kо‘rgazmali-harakatli bо‘lib, u atrof olamdagi turli bog‘liqliklarni о‘rganishga xizmat qiladi. О‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron- bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini kо‘rgan bola, endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta о‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qо‘l soatini yoki devordagi osma soatni ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bо‘lganligi bois, ularda umumiylikni topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 Yoshli bolalar ma’lum bir predmetlarning о‘rniga ularning о‘rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, о‘yin jarayonida bola chо‘pni qoshiq yoki termometr о‘rnida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki mashina о‘rnida foydalanishi mumkin. Bola ikki Yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, uchinchi Yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu Yoshdagi bola vazadagi tugmachani qо‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani tо‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu boshlang‘ich shaklini ba’zan «qо‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir. Uch Yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini kо‘rish mumkin. Bu hukm turlari doimo faqat о‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bо‘ladi. Bola 2,5 Yoshga etganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar kо‘proq predmetlarning nomi tо‘g‘risida bо‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda qо‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi tо‘g‘risida (masalan, bu nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bо‘ladi. Hozirgi zamon, о‘tgan zamon va umuman vaqt tо‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bо‘ladi. Bola predmetlar bilan kо‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bо‘lishi va ularning xususiyatlarini tekshirib kо‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar tо‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil bо‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3 Yoshli bola kо‘p narsani kо‘rishni, kо‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda kо‘plab savollar beradi. Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni о‘stirish va tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi g‘oyat muhimdir. Bola о‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni о‘z о‘yinlarida aks ettiradi va shu yо‘l bilan ularni xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana Shuning о‘zi bolada ancha umumlashgan tafakkur paydo bо‘layotganidan darak beradi. Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning о‘sishi bilan mustahkam bog‘langandir, nutqning о‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki sо‘z narsa, predmet va harakatlar bilan о‘zaro munosabatda bо‘ladi. О‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi sо‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning о‘sishiga yordam beradi. Bu Yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini о‘zlashtirib olishlaridir. Bir Yoshdan uch Yoshgacha bо‘lgan davr nutqning jadallik bilan о‘sish davri hisoblanadi. Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki bosqich birinchi Yoshning oxiridan bir yarim Yoshgacha bо‘lgan davr bо‘lib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish qobiliyati о‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir Yoshdan keyin, ya’ni yurishni о‘rganib, tobora kо‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez о‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. Bola ikki Yoshga tо‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu harakatlarga bolaning о‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola sо‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi. 3 Yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tо‘la о‘zlashtirgan bolalar, о‘z о‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni о‘z vazifalariga kо‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 Yoshga etgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta sо‘zdan, to 100 tagacha sо‘zni о‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qо‘llaydi. 1,5 Yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini sо‘rabgina qolmay, balki bu sо‘zlarni о‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 Yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 Yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha sо‘zni о‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, sо‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni tо‘g‘ri tuza oladilar. 1,5 - 3 Yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan sо‘zlashayotganda kattalar sо‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talafuzni talab etishlari lozim. Bir predmetni boshqasi о‘rnida qо‘llash mumkinligini anglash, bola uchun atrof-olamni bilish, о‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu Yoshdagi bolalar endi, asta- sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, Shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir о‘xshatishga harakat qiladi, ba’zida esa u о‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni tо‘qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u bilishning barcha kо‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni о‘zlashtirishida dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu Yoshda asosan ixtiyorsiz bо‘ladi. Bu davrdagi bolalarga kо‘p kitob о‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bо‘lgan nerv tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. О‘zi va atrof hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali tо‘liq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling