Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar


Gо‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu yosh(1)

 
Gо‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi 
Gо‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga 
juda kam reaksiyasi bо‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, 
tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish 


davridir. Gо‘dak Yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy 
jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat 
о‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga о‘rganadi. U atrof-
olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qо‘li bilan ushlab, ularni qandayligini 
bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish
yordamida shu tovushlarni о‘zi yaratishga harakat qiladi. U о‘z onasi va 
boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt 
ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi. 
Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv 
tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning kо‘rsatishicha, yangi 
harakatlarni 
egallash 
analizatorlarning 
rivojlanishi 
bilan 
chambarchas 
bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot 
bо‘lganligi sababli, harakatlarning о‘z vaqtida taraqqiy etishi bolaning umumiy 
psixik taraqqiyotini kо‘rsatuvchi omil bо‘lib xizmat qiladi. Ilk Yoshdagi bolalarning 
muskullari juda bо‘sh bо‘ladi. 
Gо‘daklik Yoshida bolalarni harakat kо‘nikmalari, ayniqsa qо‘l va 
oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu 
harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida 
judayam sezilarli rol о‘ynaydi. Bola qо‘l va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida
axborotlarni ahamiyatli qismini oladi. Qо‘lning murakkab harakatlari idrokning
birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini 
ta’minlovchi uning ajralmas qismiga aqlanadi. Bola qо‘lining katta impulsiv
faolligi hayotining birinchi haftasida namoyon bо‘ladi. Bu faollik qо‘llarni 
silkitish, ushlash, barmoqlar harakatlarini о‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida 
predmetlarga qо‘l uzata boshlaydi, katalarning yordami bilan о‘tiradi. 5 oyligida u 
harakatsiz predmetlarni qо‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani 
kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor 
bera boshlaydi. 
Gо‘daklik davridagi bolaning hayoti tо‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi 
emotsional munosabat bilan bog‘liq bо‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bо‘lishiga 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola о‘z yaqinlarini 
begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling