Real vaqt — sistema berilgan real vaqt oralig‘ida topshiriqning bajarilishini ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o'tishiga hamohang bo’lishi kerak. Kompyuter bunday OS bilan, odatda, bir dasturli rejimda ishlaydi. Muloqot operatsion sistemasi — yakka foydalanuvchi uchun mo'ljallangan bo‘lib, kompyuter bilan muloqotning qulay ko'rinishini ta’minlaydi. Muloqot operatsion sistemasi — yakka foydalanuvchi uchun mo'ljallangan bo‘lib, kompyuter bilan muloqotning qulay ko'rinishini ta’minlaydi. 4. DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili — MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System — Mikrosoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: • Tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi; • Operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir. 5. OS/2 oilasiga mansub operatsion tizimlar. OS/2 operatsion tizimlari IBM firmasi tomonidan 1987- yilda shaxsiy kompyuterlaming yangi OS/2 yaratilishi munosabati bilan ishlab chiqarildi. OS/2 (Operating Sistem /2) ikkinchi avlod ko‘p vazifali operatsion tizimdir. U IBM PC — mos kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik ko‘p vazifali operatsion tizim sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, operatsion tizimni unda ishlayotgan dasturlardan muhofaza qilishni ta’minlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysi API (Application Programming Interface) da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |