Nazorat savollari:
OT da jarayon nima.
Jarayon holatlari va diagrammasi
Jarayon konteksti (ma’lumotlar)
Jarayon ustidagi amallar: bir martalik va ko`p martalik amallar.
Resurslardan foydalanishni rejalashtirish.
Rejalashtirish ko`rsatkichi va algoritmlarga bo`lgan talablar.
Kompyuter fizik xotirasi qanday strukturaga ega.
Mantiqiy xotira va segmentlash tushunchasi.
Xotirani boshqarish tushunchasi.
Qat’iy belgilangan bo`limli sxemani ayting.
Overleyli struktura va dinamik taqsimlash.
Hotirani sahifali, segmentli va segment -sahifali tashkil etish.
Virtual xotira tushunchasi.
Fayl tizimi nima? Fayl tizimlaridan foydalanish nima berayapti? Qanday fayl tizimlari ShK da ishlatiladi?
FAT fayl tizimi umumiy qurilish prinsiplari FAT jadvali nimadan iborat? Klaster nima?
HPFS tizimi ishlash prinsiplari?
NTFS fayl tizimi imkoniyatlari
Standart, individual va maxsus ruxsatlar
VFAT va FAT 32 fayl tizimlari
Fayl tizimi, ma’lumotlar iyerarxiyasi.
3-Ma’ruza. Tarmoq operatsion tizimlari. Tarmoq operatsion tizim tuzilishi, turlari, zamonaviy operatsion tizimlar oilasi.
Reja :
Tarmoq operatsion tizim va tuzilishi.
Zamonaviy tarmoq operatsion tizimlar.
Ochiq kodli Linux operatsion tizimlari.
Zamonaviy operatsion tizimlar oilasi.
Tarmoq operatsion tizimining strukturasi
Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog`ining asosini tashkil etadi. Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi, shuning uchun tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar almashish maqsadida o`zaro aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida – protokollar asosida taqsimlab beruvchi alohida kompyuterlar operatsion tizimlarining yig`indisi tushuniladi. Tor ma’noda Tarmoq operatsion tizimi – bu alohida kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab beruvchi operatsion tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |