Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Download 470.62 Kb.
bet45/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Windows 9x OT lari.
Birinchi Windows tizimi 1985 yil noyabrida yuzaga kelgan, bu vaqtda 180286 protsessori asosida kompyuterlar keng tarqalgan edi.
Keyingi OS/2 OTi ishlab chiqildi. Windows NT OS/2 loyixasidan kelib chiqdi (versiya 3.0).
Windows 9x OT lari faqat IBM ga mutanosib shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun yaratilgan. Ular boshqa platformalarga ko`chirib o`tkazuvchanlik xonasiga ega emas. Hamma Microsoft dasturiy ta’minoti kabi, OT berilgan kodlari yopiqdir, shuning uchun ham ularning arxitekturasining to`liq tasnifi yo`qdir, faqat bu tizimlardan qanday foydalanish tavsiflarigina mavjud.
Windows 9x OTlari oilasi, asosan uy sharoitida, korporativ qo`llashga emas, foydalanishga mo`ljallangan. Ularda, bir nechta foydalanuvchi kompyuterlari bilan ishlash imkoniyati ko`zda tutilgan bo`lsa ham, ularda qayd qilish mexanizmi ishlamaydi. Har bir foydalanuvchi o`z ishchi muxiti, o`z ishchi stoli ko`rinishi, masalalar paneli tarkibi va «Pusk» menyusi, foydalaniladigan dastur sozlash parametrlariga v x.k.larga egadir. Bu ishchi muxiti, profil (profile) deb ataladi.
Windows 9x OT lari, asos arxitekturasi nuqtai nazaridan olganda, 32- razryadli va multimasalali (ko`p oqimli) va siqib chiqaruvchi ko`p masalalidir. Bu OT larning hammasida yadro, makroyadroli arxitektura bo`yicha qurilgan. Yadro 3 ta asosiy komponentadan iboratdir: Kernel, USER va CGI dan. Kernel- OT ning asosiy funksionalligini ta’minlaydi: jarayonlarni rejalashtirish; bajarish oqimlarini qo`llash; ob’ektlar xotirada aks ettiriladigan fayllar bilan ishlash; xotirani boshqarish; faylli kirish-chiqish; konsollar ishi va x.k. funksiyalar.
USER komponentasi klaviaturadan va koordinata qurilmalaridan (mыsh - sichqoncha) kirishni va foydalanuvchi interfeys orqali chiqishni ta’minlaydi.
CGI komponentasi (qurilma grafik interfeysi – Graphical Device Interface), grafik primitivlar chizish, rastrli tasvirlar bilan bo`lgan amallar va apparat-mustaqil grafik drayverlarni o`z ichiga oladi. GDI chiqarishni boshqaradi.
Hamma Windows 9X OT lari markazlashgan ravishda apparat vositalar haqidagi, tizimli va amaliy dasturiy ta’minot va uni sozlash haqidagi ma’lumotlarni va har bir foydalanuvchi parametrlarini saqlaydi.
Ko`p masalalikni tashkil etish.
Ixtiyoriy ko`p masalali OT, shu jumladan Win 9x tizimlar ham yechadigan eng dolzarb masalalardan biri, protsessor vaqtini turli parallel ravishda bajariluvchi dasturlarga iloji boricha sodda va samarali taqsimlashdir. Boshqacha qilib aytganda, so`z masalani dispetcherlash to`g`risida bormoqda.
Ko`p masalalik, umumiy holda, OT ning protsessorni bir nechta dastur bilan birgalikda foydalanishini tashkil etish qobiliyatiga aytiladi.
Masalalar dispetcheri (bajarilish oqimlari), protsessor vaqtini, hamma hisoblashlar o`rtasida teng taqsimlash uchun, ya’ni tizimning uzluksiz va bir vaqtda tez reaksiyasini ta’minlash uchun quyidagi uch mexanizmdan foydalanadi:

  • prioritetni dinamik o`zgartirish. Dispetcher, u yoki bu oqimning (prioritetini) vaqtincha yo ko`tarishi yoki tushirishi mumkin. M-n, klavishni yoki “sichqoncha” ni bosish prioritetini (foydalanuvchi harakati tegishli bo`lgan oqim) oshirish kerakligini bildiradi.

  • prioritetni keyingi sinxron tushirish oldin ko`tarilgan prioritet qiymati asta-sekin boshlang`ich qiymatga qaytadi.

  • prioritetni me’ros qilish. Bu prioritetni tez oshirishga xizmat qiladi. Bu ko`pincha, monopol tarzda foydalanilayapgan resursni tez bo`shatish zarur bo`lgan holda bajarilar.




Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling