Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Operativ xotirani taqsimlash


Download 470.62 Kb.
bet46/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Operativ xotirani taqsimlash
Win 9x OT larini yuklash uchun MS DOS 7.0. (MS DOS 98) OT idan foydalaniladi.
Win 9x yadrodan tashqari, ilova va tizimlari, xech qachon fizik xotira bilan ishlamaydilar. Virtual va fizik xotiraga bo`linish, tizim ishlashining asosiy aspekti hisoblanadi. Win 9x ilova va tizimlari, amaliy dasturlash va virtual adresli makonning ma’lum interfeysi bilan ish ko`radi. Asos tizim ham fizik xotira, ham virtual adresli makon bilan ishlaydi.
Windows NT/2000/XP OT lari
1990 y Microsoft komaniyasi, prinsipial jihatdan yangi, IBM PC mutanosib shaxsiy kompyuterlar uchun, OT yaratish uchun ish boshlagani haqida e’lon qiladi. Bu OT quyidagi xossalarga ega bo`lishi ko`zda tutilgan edi:

  • mikroyadro arxitektura

  • apparat mustaqillik, demak tizim oson ko`chirib o`tkaziladi

  • multiprotsessorli ishlov berish va masshtablashitirganlik (u vaqtda UNIX OT lari oilasi bu sohada oldinda edi)

  • boshqa OT larga mo`ljallab ishlab chiqarilgan, xususan UNIX ilovalari va OS/2 uchun 16-razryadli ilovalarning bajarilishi imkoniyati

  • huquqsiz murojaatdan hisoblashlar va axboratlar ximoyasi

  • yuqori unumdorlik va ishonchli fayl tizimi mavjudligi va bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniyati.

  • tarmoq funksiyalarini qo`shilganligi va taqsimlangan hisoblashlarning qo`llanilishi

Windows NT ning birinchi versiyalari, bir qancha kamchiliklarga ega edi, m-n, katta operativ xotira talab qilardi, tezligi past edi va disklar bilan ishlashda (FAT tizimida) uzun nomlarni qo`llamas edi. Va shu bilan birga mikroyadro texnologiyasi g`oyalariga qat’iy rioya qilgan tizim edi.


1996 yili MS kompaniyasi Windows NT 4.0 server va Windows NT 4.0 Workstation OT larini ishlab chiqdi.
Bu tizimlar juda qulay va omadli chiqdi. Ammo o`zining yangi OT da, Microsoft kompaniyasi, yuqori unumdorlikka ega bo`lgan HPFS fayl tizimini qo`llashdan voz kechdi.
O`z server OT ini, korporativ darajadagi mashhur, Novell Netware 4.x va Netware 5.x OT lari bilan raqobat qilish uchun, NT sinfiga mos, yangi OT lar oilasini ishlab chiqdi va unga Windows 2000 deb nom berishdi. Bu OT lar oilasiga 4 ta OT kirdi.

  • Windows 2000 Professional – Windows NT 4.0 Workstation yoki Windows 98 o`rniga ishchi stansiya sifatida ishlatish uchun. Bu OT 2-protsessorli kompyuterlarda ishlashi mumkin.

  • Windows 2000 Server – domen kontrolleri yoki server sifatida foydalanish uchun (fayl, ilova, MB, Web va/yoki FTP, bosma va x.k. server sifatida) ishlab chiqilgan. Bu OT kichik va o`rta korxonalar katta bo`lmagan tarmog`ida ishlatish mumkin. Bu OT 4-protsessorli konfiguratsiyani qo`llaydi.

  • Windows 2000 Advanced Server – Windows 200 Server kabi ishlatish mumkin, qo`shimcha ravishda ilovalar serveri va MB serveri funksiyalarini bajarish mumkin. 8-protsessorli va asosiysi 2 mashinadan iborat klasterda ishlashi mumkin.

  • Windows 2000 Data center Server – yirik korxonalar hisoblash tarmoqlarida ishlashga mo`ljallangan OT maxsus versiyasi. Tizim yaxshi masshtablanadi, 4-tugunli klaster qurish imkonini beradi va bunda har bir mashina 16 ta protsessorga ega bo`lishi mumkin.

Bu OT larning eng asosiy xususiyatlari sifatida Plug and Play mexanizmini qo`llash va kliyent-server tarmoqlarini qurish uchun asos bo`lgan kataloglar xizmatidan foydalanishni aytish mumkin. Microsoft kataloglar xizmati Active Directory deb ataladi va bu texnologiyaning prinsipial xususiyati uning TCP/IP bilan chuqur integratsiyasi hisoblanadi.
2001 yil kuzida MS Windows 2000 Professional ni Windows XP (eXPerience) gacha yangiladi. U Windows XP Home Edition deb nom oldi. Bu tizimlar yanada multimediali va internetga mo`ljallangandir. Windows tizimlari uchun yangilik bo`lgan 2 foydalanuvchi kompyuteri bilan bir vaqtda ishlashni tashkil etish mumkin: biri uchun bevosita (lokal) ikkinchisi uchun boshqa kompyuterdan masofada turib.
2003 y bahorida, Windows 2000 o`rniga bir nechta server OT lari yaratildi, va ular 2003 deb ataldi.
M-n: Windows Small Business Server 2003;
Windows Server 2003 Web Edition va x.k.lar. Bu OT lar, OT lar uchun katta o`zgarishlar olib kelmadi, ammo oldingi server OT larini yangiladi.
Asosiy xususiyatlar quyidagilardir: adminstrlash soddalashdi; ancha xavfsizligi yuqori infrastruktura; yuqori ishonchlilik; NET texnologiyasini tizimga integratsiya qilish (texnologiya DOT NЕT).

Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling