Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


-Ma’ruza. Mobil operatsion tizimlar. Operatsion tizimlarda xavfsizlik


Download 470.62 Kb.
bet48/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

4-Ma’ruza. Mobil operatsion tizimlar. Operatsion tizimlarda xavfsizlik.


Reja:

  1. Mobil platformalar uchun operatsion tizimlar.

  2. Mobil operatsion tizimlar turlari

  3. Operatsion tizimlarda xavfsizlik

1988 yil oktabr oyida, AQSh da, amerika kompyuterlari tizimi xavfsizligiga taxdidlari eng yirigi ro`y berdi. 23-yoshli Kornel Universiteti bitiruvchisi Rober G. Morris ARPA NET kompyuter tarmog`iga juda kam uchraydigan kompyuter viruslarining ko`rinishlaridan biri-tarmoq “qurt”ini qo`yib yubordi. Taxdid natijasida ko`pgina umummilliy klmpyuter tarmoqlari, xususan Internet, CSnet, BITnet, ARPA NET va Milnet – mahfiy bo`lmagan xarbiy tarmoqlarni to`liq yoki qisman ishdan chiqardi. Natijada virus butun Amerika bo`ylab, ko`pgina yirik Universitetlar, intstitutlar, xukumat labaratoriyalari, xususiy firma, xarbiy baza, klinika, NASA agentligi kabi korxonalarning 6200 dan ziyod kompyuter tizimlarini ishdan chiqardi.
Bu taxdid zarari mutaxassislar tomonidan minimum 100 mln. dollarga baholandi.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda axborot xavfsizligi muammolari umuman tan olingan bo`lib, tizim yaxlitligini buzish jarayonlariga katta etibor berilmoqda. Yirik kompaniyalarning, xavfsizligi tizimini buzilishi orqali ko`rayapgan zarari trillionlab dollarni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich bundan ham katta bo`lishi mumkin, chunki so`rovnoma o`tkazilgan kompaniyalarning uchdan ikkisi ko`rsatilgan zararning sonli miqdorini aniqlay olmadilar.
Xavfsizlikni ta’minlash muammosi kompleks xarakterga ega bo`lib, uni yechish uchun huquq, tashkiliy va dasturiy texnik choralarni birgalikda amalga oshirish kerak.
Shunday qilib, axborot xavfsizligini ta’minlash tizimli yondashishni talab qiladi va buning uchun turli axloqiy, qonuniy, ma’muriy va texnik vosita va usullardan foydalanish zarur. Bizni texnik vosita va usullar qiziqtiradi. Texnik vositalar dasturiy va apparat ta’minoti yordamida amalga oshiriladi va himoyani turli masalalarini yechadi, va ular OT ning tarkibiga kiritilishi yoki alohida mahsulot sifatida amalga oshirilishi mumkin. Bunda OT ni himoyalanganligiga ko`proq e’tibor beriladi.
Qo`shimcha himoya vositalarini amalga oshirish uchun talay sabablar mavjud. Eng muhimi, maxfiy ma’lumotlarga tashqi tomondan murojaat urinishlariga yo`l qo`ymaslikdir. Shu bilan birga, har bir dasturiy komponent, tizimli resurslardan faqat, shu resurslardan foydalanishning qat’iy belgilangan qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishini kafolatlash ham kam ahamiyatga ega emas. Bunday talablar ishonchli tizim uchun zarurdir. Bundan tashqari ximoya mexanizmlari mavjudligi, tizim ishonchliligini, tizim komponentalari o`rtasidagi interfeysning o`rtasidagi yashirin xatolarini topish hisobiga, oshirishi mumkin. Xatolarni oldinroq topish, tizim boshqa qismlarini zaralanishidan saqlaydi.
Resurslarga bo`lgan munosabat, vaqt o`tishi va ilovaga qarab o`zgarishi mumkin.
OT, amaliy dasturlarni, himoyalangan resurslarni yaratish va quvvatlash uchun instrumentlar bilan ta’minlashi zarur. Bu yerda tizim moslanuvchanligi uchun muhim bo`lgan prinsip-resurslarga munosabatni mexanizmlardan ajratish. Mexanizmlar u yoki bu holat qanday bajariladi, munosabat esa qaysi holat bajarilishini belgilaydi. Munosabat joy va vaqtga qarab o`zgarishi mumkin. Iloji boricha umumiy mexanizmlar amalga oshirilgani maqsadga muvofiqdir, chunki munosabatni o`zgarishi, tizimli parametr va jadvallarnigina o`zgarishini talab qiladi.
Baxtga qarshi, ximoyalangan tizim foydalanuvchini ko`pgina imkoniyatlardan voz kechishiga majbur qiladi.

Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling