Mavzu: Operatsion tizimlarda Core muhiti. Red Hat server operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish. Reja


UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi


Download 117.35 Kb.
bet3/3
Sana20.02.2023
Hajmi117.35 Kb.
#1216160
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi.Tizim Internet tarmog‘i, electron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Oracle Red Hat Enterprise Linux operatsion tizimini o’rnatish.


Linux distributivlaridan biri OracleLinux (RHEL yoki RedHat) operatsion tizimini o'rnatish. Bu distributiv asosan Oracle MBBT uchun asoslangan bo'lib, lekin operatsion tizim uchun kerak barcha ishlarni ham amalga oshira oladi.
Dastlab, operatsion tizim dasturini internetdan ko'chirib olamiz va DVDROM orqali yuklaymiz. Bizga tanlash uchun menyu hosil bo'ladi va "Enter" ni bosib, o'rnatishni boshlaymiz.

So'ng, diskni test qilish kerakligini eslatib o'tadi, hohlasangiz OK ni bosib diskingizni xatolardan forig' ekanligini tekshirib oling.

O'rnatishni boshlaymiz NEXT.

Tizim uchun klaviatura tilini tanlaymiz. U.S. English va davom ettirish uchun NEXT.

Eng muhim joylaridan biriga keldik. Select the drive(s) to use for this installation qismida mavjud disklar ro'yxati ko'rinadi. YUqori qismida tanlangan diskni qanday ishlatish kerakligini ko'rsatish zarur.
Agar 0 dan boshlab qo'yish kerak bo'lsa, diskdagi barcha partitionlarni o'chirish lozim bo'ladi. Uning uchun dastlabki Remove all partition… qismi tanlanadi.
Agar siz pastdagi Review and modifyqismini belgilasangiz, tanlangan diskni o'zingiz qismlarga ajratishingiz kerak bo'ladi.
Agar belgilamasangiz tizim siz uchun disklarni bo'lib beradi. Biz bu holda belgilamaymiz va NEXT

Kerakli regionni tanlaymiz, albatta ASIA/TASHKENT NEXT

Super foydalanuvchi uchun parol kiritamiz(root uchun) va NEXT

So'ng paketlarni tanlash oynasi chiqadi. Bu yerda 2 ta yo'l bor.

Customize later – paketlarni keyinroq(operayion tizim o'rnatilgandan so'ng) o'rnatish.
Customize now – kerakli paketlarni shu yerni o'zida tanlab o'rnatish.
Biz bu maqolada paketlarni keyinroq o'rnatishni belgilaymiz va shu orqali biz tizimni tezroq o'rnatishga erishamiz.
Adabiyotlar

  1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.

  2. Sattorov A Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent. ”Oʻqituvchi”. 2002 y

  3. Ahmedov A, Toyloqov N. Informatika. Toshkent. “Oʻzbekiston”. 2002 y

  4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М: Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.


Download 117.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling