Mavzu: Operatsion xarajatlar auditi


Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi


Download 276.89 Kb.
bet4/6
Sana26.12.2022
Hajmi276.89 Kb.
#1067004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AUDIT mustaqil

3.Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi


Auditni amaliy tashkil qilish masalalari va uslublarining zaifligini hisobga olib, o’z ishimizda auditning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida, jumladan operatsion audit uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat qildik.
Buning uchun quyidagi muammolar hal qilinishi lozim, deb hisoblaymiz:

  • operatsion auditni kimlar amalga oshiradi;

  • operatsion auditda mustaqillik va ma’suliyat darajasi;- baholash mezonlari; - operatsion audit qirralari.

Operatsion audit asosan quyidagi ikki guruh mutaxassislaridan biri tomonidan amalga oshiriladi:
1) ichki audit xizmati; 2) auditorlik tashkilotlari.
Ichki audit xizmati operatsion audit ishida alohida o’rin tutishadi, chunki ba’zilar uchun «ichki xo’jalik auditi» va «operatsion audit» terminlari bir-birini o’zaro almashtiruvchidir. Lekin, har qanday operatsion auditni ichki xo’jalik auditorlari o’tkazishadi va ichki xo’jalik auditorlari faqat operatsion auditni bajarishadi, degan xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Ichki xo’jalik auditi bilan shug’ullanuvchi ko’pgina bo’limlar ham operatsion audit bo’yicha, ham moliyaviy hisobot auditi bo’yicha ish bajarishadi. Operatsion auditni bajaruvchi auditorlarning ustunligi shundaki, ular o’zlarining vaqtlarini asosan audit qilinayotgan kompaniya uchun sarflaydilar. Shu bilan birga kompaniya va uning faoliyati xususida chuqur bilimga erishadilar, bu esa samarali operatsion audit uchun juda muhimdir.
Ichki xo’jalik auditi sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot - ichki xo’jalik auditorlari instituti amaliyotchilarni boshqaruv materiallari bilan ta’minlash maqsadida 1978 yilda «Ichki xo’jalik auditining amaliy andozalari»ni nashr qildi. Ichki xo’jalik auditorlarining bajarishi lozim bo’lgan ishlar miqdoriga taalluqli bo’lim - bu andozaning muhim qismini tashkil etdi. Bu miqdorni quyidagicha izohlash mumkin:

  • ichki xo’jalik auditorlari moliyaviy va amaliy axborot hamda vositalarninghaqiqiyligi va to’liqligi haqida qisqacha ma’lumot berishlari kerak;

  • ichki xo’jalik auditorlari ichki xo’jalik nazorat tizimini ko’rib chiqib, uningsiyosat, reja, muolajalar, qonun va ko’rsatmalar bilan mosligini aniqlashlari lozim;

  • ichki xo’jalik auditorlari resurslardan foydalanishning iqtisodi va unumdorliginibaholashlari kerak;

  • ichki xo’jalik auditorlari rejalarning bajarilishi ko’zda tutilgandek amalgaoshirilayotganligini tasdiqlash uchun muomalalar va dasturlarni ko’zdan kechirib, tekshirishlari lozim.

Operatsion auditni bajarishda ikki muhim sifat - bu mustaqillik va mas’uliyat darajasidir.
Auditor xulosani kimga taqdim qilishi haqidagi masala tekshirish va tavsiyanomalar hech bir og’ishsiz amalga oshirilayotganligini kafolatlash uchun juda muhimdir. Auditorlik tashkilotlarida odatda mustaqillikni ta’minlash u darajada qiyin emas, chunki unda ishlovchi xolis buxgalterlar audit o’tkazilayotgan kompaniyaning xodimlari hisoblanmaydilar.
Operatsion auditorlarning javobgarlik jihatlari ham ularning mustaqilligiga ta’sir qilishi mumkin. Auditor agar samarasiz va unumsiz muomalalar aniqlangan bo’lsa, kompaniyaning amaliy funktsiyalari uchun javobgar emas. Masalan, agar auditorlar ma’lumotlarini elektron qayta ishlash tizimining ishlab chiqarilishi uchun javobgar hamda audit davomida undagi kamchiliklarni aniqlab tuzatish kiritsalar, u holda ularning mustaqillik darajasi pasaygan bo’lardi.
Operatsion audit jarayonida duch kelinadigan asosiy qiyinchilik - bu unumdorlik va samaradorlikni baholash uchun maxsus mezonlarni tanlashdir.
Operatsion audit uchun mezonlarni aniqlash usullaridan biri - bu korxona faoliyatining u yoki bu tarmog’i uchun erishilgan samaradorlik va unumdorlik darajasini oshirish mumkinligini aniqlash imkonini beruvchi tasdiqdir.
Maxsus mezonlarni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan manbalardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Mezonlarning sodda majmuasi o’tgan davrning haqiqiy natijalariga asoslanadi.

Bu mezonlar asosidagi fikr faoliyatning u yoki bu turi taqqoslanganda «yaxshi» yoki «yomon»lashganligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Bu mezonlarning e’tiborli tomoni shundaki, ularni aniqlash oson, biroq, ular audit qilinayotgan xo’jalik tizimi yaxshi yoki yomon faoliyat olib borayotganligi haqidagi chuqur tushunchani berish imkoniga ega emas.

  • Taqqoslama unumdorlik. Birlashma doirasida yoki undan tashqarida ko’plabo’xshash xo’jalik tizimlari mavjudligi sababli audit qilinayotgan ob’ektlar o’z tabiatiga ko’ra yagona emasdirlar. Bunday hollarda taqqoslanuvchi xo’jalik sub’ektlarining unumdorligi haqidagi ma’lumotlar mezonlari ishlab chiqish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.

  • Operatsion audit shartnomalarining ko’plab turlari uchun injenerlik andozalarigaasoslangan mezonlarni ishlab chiqish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish me’yorini aniqlash uchun yarimfabrikatlar harakat marshrutini va vaqtini o’rganib chiqish. Bunday mezonlarni ishlab chiqishga ko’p vaqt va mablag’ sarflanadi, chunki muhim ekspertiza talab qilinadi. Shunga qaramay, bu mezon ishlab chiqarishning muhim muammosini hal qilishda g’oyat samarali bo’lib, qilingan xarajatlarni qoplashi mumkin.

Operatsion audit qirralari. Operatsion auditning uch qirrasi mavjud: rejalashtirish; ma’lumotlar to’plash va baholash; xulosa yasash va uni taqdim qilish.
Xulosa yasash va uni taqdim qilish. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi ikki asosiy farq operatsion audit bo’yicha xulosaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Birinchidan, operatsion auditda xulosa, odatda, faqat ma’muriyatga taqdim qilinsa, uning nusxasi qaysi tashkilot uchun audit o’tkazilgan bo’lsa, o’sha tashkilotga yuboriladi. Uchinchi tomonning, ya’ni foydalanuvchilarning yo’qligi operatsion audit xulosalarida standart sharhlar zaruriyatini chegaralaydi. Ikkinchidan, bu tipdagi auditda amaliy tekshirishlarning xilma-xilligi xulosaning shunday tuzilishini talab qiladiki, u o’z ichiga audit sohasi to’g’risidagi ma’lumotni, topilgan kamchiliklar va tavsiyanomalarni olishi kerak.

Download 276.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling