Mavzu: Operatsion xarajatlar auditi
Operatsion audit natijalarini umumlashtirish va hisobotda aks ettirish tartibi
Download 276.89 Kb.
|
AUDIT mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.“O’zbekiston Respublikasida Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi O’RQ 677-sonli Qarori
5. Operatsion audit natijalarini umumlashtirish va hisobotda aks ettirish tartibi
Ma’lumki, operatsion audit hamisha buxgalteriya hisobi uslubiyatidan kelib chiqadi. Bu tekshirishning asosiy maqsadi, asosiy mazmuni va yakuni balans va umuman buxgalteriya hisobotini tasdiqlash yoki uning to’g’riligini isbotlashdan iborat. Lekin hozirgi buxgalteriya hisoboti sanab o’tilgan foydalanuvchilar (avvalo investorlar)ga mo’ljallanganmi, u amalda bunday xatar darajasini kamaytira oladimi? Ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu vazifa O’zbekistonda to’la-to’kis hal qilinmagan. Buxgalteriya hisobotini izchil o’rganish bizning vazifamizga kirmaydi; biroq tadqiqot mavzusidan kelib chiqilsa, buning auditorlar uchun muhim bo’lgan ko’p jixatlari hozirgi buxgalteriya hisobi chindan ham bozor talab qilayotganidek, avvalo investorlar uchun mo’ljallanganini aniqlashdan iborat. Bu oson ish emas. Operatsion auditda dalillarning qanchalik etarli va ishonchliligiga qarab auditor tekshirishning so’nggi bosqichida auditorlik xulosasini tayyorlaydi va taqdim etadi. Bu esa audit jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi, chunki aynan xulosada auditor bajargan ishlarini va qanday natija olganligini bayon qiladi. Shuning uchun foydalanuvchi nuqtai nazaridan auditorlik xulosasi audit faoliyatining mahsuli, deb qaraladi. Auditorlik xulosasi tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar umumiy andozalarda keltirilgan. Bu haqda oldingi bobda fikrlar berilgan. Asosan bu oxirgi andozalarga taalluqli. Umuman auditorlik xulosalari shakli jihatdan bir xil bo’lishi kerak. Bu auditorlik xulosasidan foydalanuvchilar uchun zarur, negaki auditorlar o’z xulosalarini asar sifatida keltirganlarida, uni tushunish birmuncha murakkab bo’lar edi. Shu sababli kasbiy auditorlik andozalarida moliyaviy hisobotni kuzatib boruvchi auditorlik xulosalarining turlari keltirilgan. Yuqorida aytib o’tilgandek, audit umumiy qabul qilingan buxgalteriya qoidalariga asosan o’tkaziladi. Bu esa ob’ektiv xulosa berish uchun keng qamrovli mezon hisoblanadi. Auditning maqsadi ham taqdim etilgan moliyaviy hisobotni qay darajada buxgalteriya qoidalaridan chetlanish mezonini aniqlashga qaratilgan. Auditorlik xulosasida ham, albatta, bu mezon qay darajada ekanligi keltiriladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga qaraganda, 90% auditorlik natijalari qo’shimcha tushuntirishsiz shartsiz auditorlik xulosalari bilan rasmiylashtiriladi. Shu sababli bu xulosalar ustida batafsil to’xtalamiz. Operatsion audit natijalarini ma’lum qilish auditning umumiy qabul qilingan andozalarida o’z aksini topgan. Albatta, bu xulosalar shartli auditorlik xulosalari bo’lishi mumkin. Hisobotning mazmunidan qat’iy nazar 9 ta bo’g’in o’zgarishsiz qoladi. Ular quyidagilardir: Auditorlik tashkilotining nomi va manzili. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida auditorlik tashkiloti Adliya Vazirligidan ro’yxatga olinishi uchun qat’iy ofisi joylashgan manzil va ofisda ish sharoitlari mavjudligi haqida ma’lumotnoma berishi kerak. Bu yuridik manzil kerakli hujjatlarda aks ettiriladi va doimo auditorlik firmasini qidirib topish mumkin. Hisobotning nomlanishi. Audit andozalari qo’ygan talabga ko’ra auditorlikxulosasi, albatta, nomlanishi va nomlanishda «mustaqil» yoki «xolis» degan so’z bo’lishi shart. Masalan: «Mustaqil auditorlar xulosasi» yoki «xolis buxgalter fikri». Bu talab foydalanuvchilarga audit hamma jabhalari bo’yicha ob’ektiv o’tkazilganligini ko’rsatib turadi. Hisobotni oluvchilar. Hisobotni oluvchi kompaniya, uning aktsionerlari yokidirektorlar kengashi bo’lishi mumkin. Umuman olganda hisobotni oluvchilar aktsionerlar bo’lmog’i lozim, chunki audit kompaniyaga ham, uning direktorlar kengashiga ham tobe emas. Kirish: 1-xat boshidan 2-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu qismda uchtafunktsiya bajariladi: Birinchidan, auditorlik firmasi tomonidan audit o’tkazganligi qayd etiladi. Negaki bajarilgan ish bu umumiy kuzatish yoki tasdiqlash xizmatlari emasligini ko’rsatish kerak. Ikkinchidan, bu erda auditdan o’tkazilgan hisobotlar sanab o’tilgan va bu hisobotlarni qaysi sanaga tuzilganligi keltirilgan. Uchinchidan, bu erda moliyaviy hisobot uchun javobgarlik ma’muriyat zimmasida ekanligi, auditorlar esa faqat hisobot yuzasidagi fikrlari uchun javobgarligi keltirilgan. Bu jumlalarni yozishdan maqsad, zarur buxgalteriya asoslarini tanlashda va bu asoslar bo’yicha qarorlar qabul qilishda kompaniya ma’muriyatining javobgar ekanligini ko’rsatishdir. Bundan tashqari, bu jumla kompaniya ma’muriyati va auditorlar o’rtasidagi vazifalarni aniqlashtirib beradi. Chegara. 2-xat boshidan 3-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu erda auditdavomida auditorning bajargan ishlari keltirilgan. Avvalambor, bu tekstda auditor umumiy qabul qilingan andozalarga asoslanib, ish ko’rilganligi qayd etilgan. So’ng auditning asosiy jihatlari ko’rsatilgan. Bu abzatsda o’tkazilgan audit chegaralari yoritilib, unda hisobot muhim xatodan holi bo’lishiga etarli darajada ishonch hosil qilish auditning maqsadi ekanligi ko’rsatilgan. «Muhim» degan so’zning ko’rsatilishi auditor faqat muhim, ahamiyatli xatolarni ko’rsatishga javobgarligini anglatadi. «Etarli darajada ishonch» degan so’zlar auditorni mutlaq xatolarni aniqlab topadi, degan ma’noni anglash xato ekanligini ko’rsatib, ahamiyatli xatolar, me’yorlardan chetlash ehtimoli bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytilsa, audit yuqori darajada ishonchni ta’minlaydi, lekin mutlaq kafolat bermaydi. Abzatsning qolgan qismida yig’ilgan auditorlik dalillari haqida fikr boradi. Auditor yig’gan ma’lumotlar fikr berish uchun etarli ekanligini va dalillarni yig’ish tanlab olish yo’li bilan o’tkazilganligini qayd etadi. Agar kirish qismida auditor moliyaviy hisobotni tayyorlash va mazmuni uchun ma’muriyat javob berishini tasdiqlagan bo’lsa, bu abzatsda u qo’llanilgan buxgalteriya asoslari va taqdim qilish tartibining baholanganligini bildiradi. Yuqoridagilar asosida audit davomida fikr berish uchun etarli muolajalar qilinganligidan dalolat berish ta’kidlanadi. Fikr - 3-xat boshidan 4-xat boshigacha bo’lgan tekst. Qo’shimcha tushuntirishberilmagan shartsiz xulosaning so’nggi qismida auditorning xulosasi keltiriladi. Bu qism shunchalik muhimki, ko’pincha auditorlik xulosasi «auditor fikri» deb yuritiladi. Umuman «bizning fikrimizcha» degan so’zlar mutlaq ishonch hosil qilish mumkinligini rad etadi, ya’ni xulosalar mutaxassisning fikrlashi mahsuli ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari auditdan o’tgan hisobotda doimo ma’lumot tavakkalchiligi mavjud ekanligini qayd etish kerak. Fikrni ma’lum qilish abzatsi birinchi va to’rtinchi umumiy qabul qilingan audit andozalari bilan bevosita bog’liq. Auditorning oldiga qo’yilayotgan talab shundan iboratki, u moliyaviy hisobot bo’yicha to’la fikr berishi va tekshirilayotgan kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga rioya qilishini aniqlashi kerak. Auditorlik xulosasining ziddiyatli tomonlaridan biri - bu «to’g’ri aks ettirgan» degan so’zlardir. Agar kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga to’la rioya qilgan bo’lsa, uning moliyaviy hisoboti har doim ham to’g’ri, haqqoniy bo’ladimi? yoki bu so’zlar ko’proq va chuqurroq ma’noni anglatadimi? Shuni qayd etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda audit natijalari bo’yicha sudlashilganda sudlar ko’pincha auditorlarni umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublaridan chuqurroq tekshirish olib borishadi, degan xulosaga keladi. Ko’pchilik auditorlar esa moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga mos bo’lsa, u korxona ish faoliyatini to’g’ri aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ma’lumotda xato yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun, bizning fikrimizcha, chuqurroq xo’jalik muomalalarini tekshirish, uning mazmuniga e’tibor berish kerak, deb hisoblaymiz. Auditorlik tashkilotining nomi va xolis auditorlar imzosi. Bu erda auditorliktashkilotining nomini keltirish muhimdir, chunki audit uchun kasbiy va yuridik javobgarlik auditorlik firmasi zimmasidadir. Audit xulosasi imzolangan sana va Ob’ektda audit tugatilgan sana ko’p hollarda ma’lum bir kun bo’ladi. Busananing muhimligi shundaki, shu kungacha auditor javobgar bo’ladi. Shunday qilib, audit natijasi bo’yicha beriladigan xulosaning qismlarini bo’g’inlarga ajratib, tahlil qilishni va qisqa shaklda katta mazmun berishni audit natijalari bo’yicha to’la hisobotni oshkor etib bo’lmasligi, ya’ni audit ma’lumotlarining konfidentsialligi taqozo etadi. Adabiyotlar ro’yxati:1.“O’zbekiston Respublikasida Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 25 fevraldagi O’RQ 677-sonli Qarori 2. www.ziyonet.uz (Ziyonet ta’lim portali); 3. www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi); Download 276.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling