Mavzu: Operatsion xarajatlar auditi
-chizma. Moliyaviy nazorat tizimi
Download 276.89 Kb.
|
AUDIT mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Operatsion audit natijalarini umumlashtirishning ahamiyati va zarurligi
3-chizma. Moliyaviy nazorat tizimi.
Maxsus audit. Operatsion auditning maxsus vazifasi ma’muriyat ehtiyoji bilan aniqlanadi. Bunday audit nihoyatda turli-tumandir. Misol qilib, ma’lumotni elektron qayta ishlash tizimining samarasizlik sabablarini aniqlashni, biron-bir bo’limda jinoyat yuz berishi mumkinligini o’rganishni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish bo’yicha tavsiyanomalar taklif qilishni ko’rsatish mumkin. Ma’lumki, bizning korxonalar faoliyatida bu funktsiyalarning asosiy qismi iqtisodiy bo’limlarga yuklatilgan edi. Bozor iqtisodi sharoitiga o’tish bilan O’zbekistonda bu sohada ham ancha o’zgarishlar yuz berdi. Bunga muvofiq yuqori davlat nazorat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat inspektsiyasi tashkil etildi. Bu organ ob’ektlari bo’lib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ma’muriy va moliyaviy nazorat bo’yicha komissiya va qo’mitalar hamda nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi a’zolari hisoblanadi. 2.Operatsion audit natijalarini umumlashtirishning ahamiyati va zarurligiHuquqiy bozor iqtisodiyotini (ehtimolki hatto hisob auditorlik huquqining alohida tarmog’ini barpo etib) qaror toptirish va rivojlantirish, tadbirkorlarning turli shakllarini rivojlantirish, barqaror iqtisodiy va fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash, chinakam oshkoralikning mavjudligi. Bunda bozor iqtisodiyotining o’zinio’zi tartibga soluvchi vositalari (shu jumladan audit ham) amalda samarali tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlaydi, davlatimizni saqlab qolish yo’lida mehnat qilishga imkon beradi, deb hisoblashmoqda. Operatsion auditda auditor xo’jalik tizimining kuzatuvchi sifatida axborot xatarini kamaytirishi zarur. Bu vazifani bajarish tekshirish natijalariga va auditorning professional mulohaza yuritish qobiliyatiga asoslangan. Bu vazifani bajarish tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati (shu jumladan buxgalteriya hisobi va yillik buxgalteriya hisoboti) muayyan mezonlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida auditor o’z fikrini bildirishi bilan nihoyasiga etadi. Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab qilinadi. Operatsion audit korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirishga doir vazifalar bilan qo’shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha) xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham, ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar» deb ataluvchilarga ham foydalidir. Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijozlar o’rtasida bo’lib qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa sudda va suddan tashqari hal qilishda) bizdan ko’ra ko’proq g’arb uchun harakterli bo’lgan bu tafovutlar uchinchi shaxslarning manfaatlariga daxldor bo’ladi, shuningdek keng jamoatchilik diqqatini jalb qiladi. Ochig’ini aytganda tugallangan buxgalteriya hisobotining oddiy auditida, agar xodimlar va ma’muriyatning suiste’moli ko’p bo’lib, buxgalteriya hisobotini umuman muvofiq deb hisoblash mumkin bo’lmasa, auditorlar bu ishni bajarishlari lozim. Lekin boshqa barcha hollarda ular xatolarni va suiste’mollarni aniqlashni maqsad qilib qo’yib alohida auditorlik testlarini ishlab chiqmaydilar va bunga majbur ham emaslar (bu taftishchining ishi). Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydalanuvchilar audit (umumiy audit, banklar, fondlar, sug’urta kompaniyalari auditi) davomida xizmat qanday bo’lishi lozimligiga biroz boshqacha qaraydilar. Masalan, auditorlar mahorat va ko’p gonorar olishga da’vo qiladilar, buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar har qanday hollarda ham tekshiruvchilardan ulkan, muhim suiste’mollarnigina emas, mayda suiste’mollarni, hisobotdan barcha buzilishlarni ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq, tajribali auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda hamisha samarali ishlay olmasligini ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini asosiy shartlarini belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida auditorlik tashkilotlari amalga oshiradi. Buning ustiga xodimlar tarkibiga ma’lum talablar ham qo’yildi, shunga muvofiq ravishda auditorlik tekshirishlarini o’tkazishga cheklashlar ham joriy etildi. Hozir amal qilayotgan cheklashlar bo’yicha hamma narsa auditning halqaro standartlariga mos kelmaydi. Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta’siri natijasida auditor mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ularni hammasini sanab o’tish qiyin, shunga qaramay ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: auditor iqtisodiy sub’ekt aktsiyalariga (obligatsiyalariga) vaqtincha bo’lsada egalik qilishi, ularni birjalar, birjadan tashqari savdoda sotib olish va qayta sotishi; iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillaridan biri bilan birgalikda boshqa firmalarni ta’sis etishi, uning xodimi bo’lishi yoki ma’muriyat xodimlarini o’zi yollagan bo’lishi; v) shunga o’xshash raqobatchi guruhlarning yoki iqtisodiy sub’ektiga qarashli guruh xodimi bo’lishi; g) o’zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o’z auditorlik tashkilotlaridan emas, bevosita iqtisodiy sub’ektdan haq (moliyaviy yordam, qarz va shu kabilar) olgani; iqtisodiy sub’ekt ma’muriyati vakillariga yaqin qarindoshliligi; ko’p yillar ushbu iqtisodiy sub’ektni tekshirishda surunkasiga qatnashganligi va boshqalar. Shu tariqa mamlakatimiz auditni rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan vaziyatlar orasida quyidagilarni alohida ajratish muhimdir: Audit qonun bilan mustahkamlangan bo’lsada, lekin «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi milliy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish oqsamoqda. Download 276.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling