Mavzu. Optik mikroskopiya 1 Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish Mikroskopning tuzilishi
Download 417 Kb.
|
4-Mavzu Optik mikroskopiya
Obyektivlar — mikroskopning eng muhim va qimmatli qismi hisoblanadi. Ular metall gardishga mahkamlangan linzalar tizimidan tashkil topgan. Oldingi (frontal) linza — eng kichik bo‘lib, asosiy kattalashtirish u orqali amalga oshiriladi. Qolgan boshqa linzalar (korreksion) optik tasvir kamchiliklarini tuzatadi. Obyektivlar axromatlar va apoxromatlarga bo‘linadi. Axromatlarda oltitagacha linza bo‘ladi. Bunday obyektivlarning nuqsoni - bu xromatik aberatsiya, ya’ni yorug‘likning spektr tarkibiy qismlariga ajralishidir. Apoxromatlar esa bunday nuqsondan holi. Ular turli kimyoviy tarkibdagi shishalardan tayyorlangan 10 ta, ba’zi hollarda esa 12 tagacha linzadan tashkil topadi. Apoxromatlar tasvirning bir tekisda aniq bo‘lishiga yordam beradi. Bunday obyektivlarning gardishiga «APOXR» degan belgi qo‘yilgan bo‘ladi.
Foydalanish usuliga ko‘ra barcha obyektivlar quruq va immersion (moyga botirilgan) turlarga bo‘linadi. Quruq obyektivlarda frontal linza va ko‘rilayotgan preparat o‘rtasida havo bo‘ladi. Immersion obyektivlarda esa frontal linza va preparat o‘rtasiga moy (kedr, kanakunjut, qalampirmunchoq moylari va boshqa) to‘ldirilgan bo‘ladi. Ustida preparat tayyorlangan oyna, obyektivlar oynasi va moy (kedr moyi) ning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi deyarli bir xil (1,52 va 1,515) bo‘ladi. Nurlar bir muhitdan ikkinchisiga o‘tayotganda sinmaydi, yorug‘lik sochilib ketmaydi, ko‘rilayotgan obyektlar tasviri o‘zgarmaydi va yaxshi ko‘rinadi. Boshqa moylar ham oynanikiga yaqin yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichiga ega: kanakunjut moyi (1,48-1,49), qalampirmunchoq moyi (1,53) va kanakunjut va qalampirmunchoq moylarining omuxtasi (1,515) shular jumlasidandir. Havo va oynaning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichlari turlicha (1,0 va 1,52), shu tufayli yorug‘lik nurlari bir muhitdan ikkinchisiga o‘tayotganda sinadi, sochilib ketadi, ko‘rilayotgan obyektlarning tasviri qisman buziladi. Quruq sistemalar (x8; x10; x20; x40; x60) ning kattalashtirish imkoniyati uncha yuqori bo‘lmaganligi sababli ko‘rilayotgan obyektlarning tasviri juda buzilib ketishi kuzatilmaydi. Immersion obyektivlar (x90; x100) qisqa fokus masofasi va ko‘p marta kattalashtirish imkoniyati bilan ajralib turadi. Shuning uchun frontal linza va ko‘rilayotgan obyekt orasidagi masofa uncha katta emas. Bu esa mazkur sistemadan foydalanayotganda linza va preparatni shikastlamaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan ishlashni talab etadi. Okulyarlar tubusning yuqoridagi uchida erkin o‘rnatilgan. Mikroskop okulyari ikkita yassi qabariq linzadan tashkil topgan bo‘lib, ularning qabariq tomoni obyektivga qaratilgan va metall gardishga solingan. Linzalar o‘rtasida doimiy metall diafragma o‘rnatilgan. Diafragma yonidan keladigan nurlarni tutib qoladi, optik o‘qqa yaqin nurlarni o‘tkazadi. Bu esa tasvirning tafovutini kuchaytiradi. Ko‘z tomonga qaragan linza ko‘z linzasi, obyektiv tomonga qaragani esa yig‘uvchi linza deb ataladi. Qisqa okulyarlar kuchliroq, uzunlari esa kuchsiz kattalashtirish imkoniyatiga ega. Kattalashtirish imkoniyatiga qarab okulyarlar x5; x7; x10; xl2,5; xl5; x20 kabi belgilar bilan belgilanadi. Obyektiv va okulyarlardagi sonlar bu sistemalarning kattalashtirish imkoniyatlarini bildiradi. Maxsus kompensatorli okulyarlar obyektiv-aproxromatlar bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday okulyarlarning gardishiga «КОМР» belgisi tushirilgan bo‘ladi. Download 417 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling