Mavzu. Optik mikroskopiya 1 Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish Mikroskopning tuzilishi


Download 417 Kb.
bet4/5
Sana02.04.2023
Hajmi417 Kb.
#1319107
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu Optik mikroskopiya

2) Mikroskopda ko‘rish texnikasi.
Mikroskop bilan ishlaganda kunduzgi tarqoq yorug‘lik yoki sun’iy yorug‘likdan foydalanish mumkin. Zamonaviy mikroskoplarda yorug‘lik manbai mikroskopning asosiga o‘rnatilgan. MBI-1, MBR-1, MBR-3 va boshqa mikroskoplarda bunday moslama yo‘q. Shu sababli sun’iy yoritish uchun maxsus yoritkichlar ishlatiladi. Masalan, 01-19 (4-rasm).



4-rasm. Mikroskop bilan 01-19 yoritish asbobi.
1-transtormator; 2-patron lampa bilan: 3-yoritgich korpusi: 4-yoritgich shtativi; 5-svetofiltr; 6-iris diafragmaning dastasi; 7-biriktiruvchi planka: 8-reostat dastasi: 9-vklyuchatel.

Mikroskop bilan ishlash muayyan malakaga ega bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun uni ishlatishdan oldin mikroskopdan foydalanish qoidalarini o‘zlashtirish lozim. Mikroskopni g‘ilofdan chiqarayotganda bir qo‘l bilan tubus ushlagichdan, ikkinchi qo‘l bilan esa shtativ oyoqchasidan ushlash kerak. Mikroskopni qiyshaytirish mumkin emas. Chunki bunda okulyar tubusdan tushib ketishi mumkin.


Ish stolida mikroskop stolning chetidan 3-5 sm masofada turishi kerak. Ishni boshlashdan oldin mikroskopning mexanik va optik qismlaridagi chang barmoqlarni linzaga tegizmasdan yumshoq quruq latta bilan tozalanadi.
Mikroskopning ko‘rish maydonida to‘g‘ri yorug‘lik hosil qilinadi. Revolver yordamida kattalashtirish darajasi x8 bo‘lgan obyektiv mahkamlanadi. Revolver prujinasi chiqillagan ovoz chiqarsa va yengil taqalsa, obyektiv optik o‘q bo‘ylab o‘rnatilgan hisoblanadi. Makrometrik vint yordamida obyektiv buyum stolidan 0,5-1 sm masofaga tushiriladi. Iris diafragma to‘liq ochiladi va kondensor taqalgunga qadar ko‘tariladi. Okulyarga qaraladi va ko‘zguni burib, yorug‘lik manbasidan tushayotgan yorug‘lik nurlari iris diafragmaning tuynukchasi orqali obyektivga yo‘naltiriladi. Agar to‘g‘ri yoritilsa, mikroskopning ko‘rish maydoni yaxshi va bir tekis yoritilgan doira shaklida bo‘ladi. Bo‘yalgan preparatlarni mikroskopda ko‘rishda kondensorning yuqoridagi linzasi buyum stolchasi sathida joylashgan bo‘ladi. Bo‘yalmagan preparatlarni ko‘rayotganda kondensorni tushirish va iris diafragmani yopish yo‘li bilan xohlagan yoritilish darajasiga moslanadi.
Tayyorlangan preparat buyum stolchasi ustiga qo‘yiladi va qisqichlar bilan mahkamlanadi. Kattalashtirish darajasi x8 bo‘lgan obyektiv yordamida bir nechta ko‘rish maydoni kuzatiladi. Buyum stolchasi yon tomonida joylashgan vintlar bilan suriladi. Preparatning tadqiqot uchun zarur qismi ko‘rish maydonining markaziga joylashtiriladi. Tubus ko‘tariladi va revolverni aylantirish yo‘li bilan x40 yoki x60 li obyektiv o‘rnatiladi. Yon tomondan kuzatgan holda tubus obyektiv bilan birga makrometrik vint yordamida preparatga tekkunga qadar tushiriladi. Okulyarga qaraladi va tubus tasvir konturlari ko‘ringunga qadar juda sekinlik bilan ko‘tariladi. Mikrometrik vintni u yoki bu tomonga aylantirish yo‘li bilan, lekin bunda u to‘liq bir oborotdan ortiq buralmasligi lozim, aniq fokusirovka olinadi. Agar mikrovintni burayotganda qarshilik sezilsa, u oxirigacha yetgan bo‘ladi. Bunday hollarda vint teskari tomonga bir-ikki to‘liq oborot buraladi, makro-vint yordamida yana tasvir topiladi va mikrovint bilan ishlashga o‘tiladi. Mikroskopda ko‘rayotganda ikkala ko‘zni ham ochib ishlashga va ulardan navbati bilan almashib foydalanishga o‘rganish lozim. Chunki bunda ko‘zlar kamroq charchaydi.
Immersion obyektivlar bilan ishlaganda preparatga uncha katta bo‘lmagan immersion yog‘ tomchisi tomiziladi. Revolverni burib markaziy optik o‘q bo‘ylab x90 yoki xl00 li immersion obyektiv o‘rnatiladi. Kondensor taqalgunga qadar yuqoriga ko‘tariladi. Iris diafragma to‘liq ochiladi. Yon tomonidan kuzatgan holda makrometrik vint yordamida tubus obyektiv moyga botgunga va linza preparatning buyum oynasiga tekkunga qadar tushiriladi. Bu frontal linza qo‘zg‘alib ketmasligi va shikastlanmasligi uchun juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. Shundan keyin, okulyarga qaragan holda, makrometrik vintni o‘zi tomonga juda sekinlik bilan burash va tubusni obyekt konturi ko‘ringunga qadar ko‘tarish kerak. Bunda immersion obyektivdagi bo‘sh ishchi masofa 0,1-0,15 mm ga teng ekanligini unutmaslik lozim. So‘ngra mikrometrik vint yordamida aniq fokusirovka olinadi. Stolchani yon tomonidagi vintlar yordamida surib, preparatda bir nechta ko‘rish maydonlari ko‘riladi.
Immersion obyektiv bilan ishlab bo‘lgandan so‘ng, tubus ko‘tariladi, preparat chiqarib olinadi va obyektivning frontal linzasi avval quruq yumshoq latta salfetka bilan, keyin esa toza benzin bilan sal namlangan xuddi shunday salfetka bilan artiladi. Linza sirtida yog‘ qoldiqlarining qolishi mumkin emas. Chunki u chang o‘tirishiga imkon beradi va vaqt o‘tishi bilan mikroskop optikasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Ish tugaganidan so‘ng preparatni ish stolchasidan olish, kondensorni tushirish, tubus tagiga x8 li obyektivni qo‘yish va mikroskopni g‘ilofga solish yoki pleksiglaz yoki shisha yopqich bilan o‘rab qo‘yish lozim.

Mikroskop turlari





Download 417 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling