Mavzu. Optik mikroskopiya 1 Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish Mikroskopning tuzilishi


Download 417 Kb.
bet3/5
Sana02.04.2023
Hajmi417 Kb.
#1319107
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu Optik mikroskopiya

Mikroskopning asosiy tavsiflariga kattalashtirish va yo‘l qo‘yish imkoniyatlari kiradi. Mikroskopning umumiy kattalashtirishi obyektiv va okulyarning kattalashtirish darajalari ko‘paytmasiga teng. Masalan, kattalashtirish darajasi x8 va okulyarniki x7 bo‘lganda, mikroskopning kattalashtirish imkoniyati 56 ga teng, agar obyektivning kattalashtirish darajasi x90 va okulyarniki x20 bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1800 ga tengdir.
Binokulyar mikroskop ikkita okulyarga ega va obyektni ikkala ko‘z bilan ko‘rish imkonini beradi. Binokulyar mikroskopning umumiy kattalashtirish imkoniyatini aniqlash uchun obyektiv va okulyarning kattalashtirish darajalari ko‘paytmasini uchinchi songa - binokulyar nasadkaning kattalashtirish darajasiga ko‘paytirish lozim. Binokulyar nasadkada okulyar o‘rtasida uning kattalashtirish darajasi (xl,5; xl,6) ko‘rsatiladi.
Olinadigan tasvirning aniqligi mikroskopning ruxsat etish imkoniyati, ya’ni ushbu asbob yordamida ko‘rish mumkin bo‘lgan obyektlar yoki ular detallarining eng kichik o‘lchamlari bilan belgilanadi. Bu mikroskoplarni, shu jumladan elektron mikroskoplarni ham baholashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori imkoniyat elektron mikroskoplarniki hisoblanadi. Elektron mikroskoplarning yuqori yo‘l qo‘yish imkoniyatiga juda kichik uzunlikdagi elektron to‘lqinlar yordamida erishiladi. Nurlanish manbai tarqatayotgan to‘lqinlar uzunligi qanchalik qisqa bo‘lsa, mikroskopning yo‘l qo‘yiladigan imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Obyektni to‘lqin uzunligi yanada qisqaroq bo‘lgan nurlanish yordamida yoritish yoki muhitning nurni sindirish ko‘rsatkichini, yo‘l qo‘yiladigan imkoniyatni oshirish mumkin.
Hozirgi vaqtda yaqqol (bo‘rtma) tasvirli mikroskoplar ham mavjud. Ular o‘rganilayotgan obyektni uch o‘lchovda kuzatish imkonini beradi. Proyeksion mikroskoplarda preparatlarning yoritilishi katta ahamiyatga ega. U qanchalik yuqori bo‘lsa, preparatning ko‘rinishi ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Bunday imkoniyat kuchli yorug‘lik kuchaytirgichli lazer mikroskoplarda mavjud. Lazer mikroskoplar biologik obyektlarni yemirmaydi va tasvirni ekranga tushirish imkonini beradi.



Download 417 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling