Mavzu: «oq kiyimlilar» qo'ZG'oloni


«OQ KIYIMLILAR» QO'ZG'OLONI


Download 39.41 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi39.41 Kb.
#1545157
1   2   3
Bog'liq
«OQ KIYIMLILAR» QO\'ZG\'OLONI

«OQ KIYIMLILAR» QO'ZG'OLONI

769-783-yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo'zg'oloni bo'hb o'tgan. Qo'z-g'olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo'lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog'ida tug'ilgan. U boshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham uni «Muqanna», ya'ni «Niqob-dor» laqabi bilan atashgan. Muqanna yoshlik chog'ida kudungarlik (ma-tolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug'ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo'lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazir-lik darajasigacha ko'tarilgan. U Mazdak g'oyalariga asoslangan ijti-moiy tenglik va erkin hayotga da'vat etuvchi ta'limotni targ'ib etgan. Muqanna Xuroson amirining isyonida qarnashib, payg'ambarlik da'-vosini qilgani uchun zindonga tashlangan, so'ngra qochib Mavrga kel-gach, atrofiga o'z tarafdorlarini to'plagan. Ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo'zg'alishga da'vat qilib, Movarounnahr viloyatlariga



  • Kudungar — matoga ohor beruvchi

  • Muqanna — niqobli kishi

  • Sarxang — kichik lashkarboshi

  • Mazdak ibn Hamdodon (470-529-yy.) — Eronning bosh kohini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'lgan va buni zo'rlik yo'li bilan amalga oshirishni yoqlab chiqqan

targ'ibotchilarni yuborgan. Uning targ'iboti Naxshab va Kesh shahar-larida yaxshi samara beradi. «Oq kiyimlilar»ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita rahbarlik qilish maqsadida Muqanna Sug'd tomon otlanadi. Uni Marvdan Sug'dga o'tkazmaslik uchun arab ma'murlari ta'qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta harbiy kuch kecha-yu kunduz muttasil qo'riqlab turadi.
Qo'zg'olonning boshlanishi
Muqanna Movarounnahrga yo'l oladi va o'z yaqinlari bilan Amudaryoning o'ng qirg'og'iga o'tib, Naxshab va Kesh shah-riga yetib boradi. Kesh yaqinida tog' tepa-siga bino qilingan Som qal'asini o'z qarorgohiga aylantiradi. Ko'pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar unga ergashadilar. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi «Oq kiyimlilar» qo'liga o'tadi. Natijada «Oq kiyimlilar» harakati kengayib, katta xalq qo'zg'oloniga aylanadi. U ayniqsa Movarounnahrning markazi Sug'dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o'zining ta'sirini o'tkazadi. Qo'zg'olonda turli tabaqalar qatnashadi.

Download 39.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling