Mavzu: «oq kiyimlilar» qo'ZG'oloni
Download 39.41 Kb.
|
«OQ KIYIMLILAR» QO\'ZG\'OLONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Oq kiyinililar»ning yengilishi
- Qozgolonning yengilish sabablari
- Savollarga javob bering 1. «Oq kiyimlilar» qozgolonining sabablarini qayd eting. 2. Qozgolonning borishi haqida sozlab bering.
Qo'zg'olonning borishi
« Oq kiyimlilar» qo'zg'oloniga zarba bensh uchun xalifa Mansur 775-yilda Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Mova-rounnahrga safarbar qiladi. Ammo Jabroil qo'zg'olonchilardan yengiladi. U katta talafotlar berib, zo'rg'a Samar-qanddagi arab qo'shinlariga kelib qo'shiladi. Qo'zg'olonchilar Termiz yaqinida qo'shimcha yordamga kelayotgan arab qo'shinlariga to'sat-dan hujum qilib, ularni tor-mor qiladilar. Naxshab va Chag'oniyon vohalari qo'zg'olonchilar qo'liga o'tadi. Qo'zg'olon 776-yildan bosh-lab Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal'asi qo'zg'olonchi-larning qo'rg'oniga aylantinlib, unda «Oq kiyimlilar»ning kattagina qismi to'plangan edi. To'rt oy davom etgan kurashdan so'ng qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchraydi. «Oq kiyimlilan> va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nihoyat qo'zg'olonchilar yengilib, Samarqand taslim bo'ladi. «Oq kiyinililar»ning yengilishi Narshax va Samarqandda «Oq kiyimlilar» yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlay-dilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo'lib o'tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal'asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so'ng kurashdan tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo'ladilar. Is-tilochilarga taslim bo'lishni istamagan Muqanna o'zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo'ladi. Qo'zg'olonning yengilish sabablari «Oq kiyimlilar» uyushqoqlik bilan harakat qila olmaganlar. Bu omil qo'zg'olon yengilishining asosiy sababi bo'ldi. Ikkin-chidan, xalq harakatining ommalashib ketishidan cho'chigan mahalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o'tib ketganlar. Uchinchidan, qo'zg'olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan. Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsa-da, istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati uzil-kesil to'xtab qolmadi. 806-yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo'zg'olon ko'tariladi. Qo'zg'olon Samarqanddan boshlanib Shosh, Farg'ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo'lidan ketadi. Xuroson noibi Ma'mun deh-qonlardan Somonxudotning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolar-dan iltimos qilib, ulardan yordam so'raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo'lga olib, uni xalifaga taslim bo'lishga majbur qiladilar. Shu tariqa navbatdagi xalq harakati ham bostiriladi. Mahalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari behuda ket-madi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hoi Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi. Savollarga javob bering 1. «Oq kiyimlilar» qo'zg'olonining sabablarini qayd eting. 2. Qo'zg'olonning borishi haqida so'zlab bering. 3. Qo'zg'olon nima uchun yengildi? 4. Muqanna rahnamoligini baholang. Download 39.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling