Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnits, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkuming o‘zidan olinishi mumkin.
Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘Iangan va bir-birini taqozo etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular birbiriga o‘tishini ko‘rsatdi.
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ularning har birini o‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi.
Hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi.
Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi.
Bunda hissiy bilish biron-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalami yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiybilishning asosiy shakllari - sezish, idrok etish va tasawur qilish.
Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog'laydi. U ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalarning, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi.
Ammo inson samarali faoliyat ko‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalami aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlami bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi - nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi.
Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, y a ’ni tashqi dunyoni va insonning о ‘zini belgilovchi aloqalar, bog'lanishlarva o'zaro aloqani anglabyetadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |