1-sinf “Odobnoma” dasturida 33 soatni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.
“Ona Vatan”, “Sayohatga borish odobi”, “Milliy o‘yinlar”, “Ona tabiat bag‘rida” boblaridagi davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan bilimlar hamda “Oila odobi” bobi dasturdan chiqarildi. Chiqarilgan bilimlar o‘rniga 10 soatli 6 ta yangi mavzu kiritildi:
- “1-sentabr Mustaqillik kuni”.
- “Odob – salomdan boshlanadi”.
- “ Oila – baxt qo‘rg‘oni ”.
- “Salomatlik – tuman boylik”.
- “Xotira va qadrlash kuni”.
- “Vatan bo‘ylab sayohat”.
2-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 9 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 9 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.
“Yaxshi fazilat – insonga ziynat”, “Tadbirli va tartibli bo‘ling”, “Ota-ona – aziz va mo‘tabar”, “Do‘st bo‘lish odobi” boblaridagi Davlat standart talablarida bo‘lmagan 9 soat hajmdagi bilimlar chiqarilib, ularning o‘rniga 6 soat hajmdagi quyidagi yangi mavzular kiritildi:
- “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti”.
- “Sog‘liging – boyliging”.
- “Ona tabiat”.
- “Do‘stlikni qadrlang”.
3-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 5 soat hajmdagi 3 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 3 soat hajmdagi 3 ta mavzu kiritildi. 5 soat hajmdagi 2 ta bob, “Istiqlolimiz asoschisi”, “Vatan tuyg‘usi” mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 5 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzular kiritildi.
- “O‘zbekiston – Mustaqil Davlat”.
- “Ona yurting – oltin beshiging”.
- “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.
- “Xalq o‘yinlari”.
- “Tejamkorlik”.
4-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 7 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 2 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta mavzu kiritildi.11 soat hajmdagi “So‘zlashuv odobi”, “Ma’naviyat va ma’naviyatsizlik” mavzularidasturdan chiqarildi. Ushbu mavzular o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzu kiritildi:
- “O‘zbekiston – ona diyor”.
- “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori”.
- “Vatanimiz posbonlari”.
- “Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi”.
- “Kasblar olamiga sayohat”.
O’qish fani dasturi ham 2010-yilda qaytadan ko’rib chiqilib,ayrim o’zgartirushlar kiritilgan holda yangilandi. 7
Do'stlaringiz bilan baham: |