Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak: “O’quvchlarning o’qitish jarayoniga qo’llaniladigan mustaqil ishlari bu o’qituvchining bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo’yicha bajariladigan ishdir; bunda o’quvchilar topshiriqda qo’yilgan maqsadga erishishga o’z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab ongli ravishda intiladilar”. Mustaqil isihlar quyidagilarga ko’ra o’zaro farq qiladi:
Mustaqil isihlar quyidagilarga ko’ra o’zaro farq qiladi: 1) didaktik maqsadlari bo’yicha; 2) o’quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo’yicha 3) o’quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo’yicha; 4) tashkil qilinish usuliga ko’ra. O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
1) Izohli-illyustrativ metod. Bu metodning mohiyati shundaki, bunda o’qituvchi tayyor informasiyani har xil vositalar yordamida beradi. O’quvchilar bu informasiyani qabul qilishadi, tushunib oladilar va eslab qoladilar.
2) Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tanlash va o’qituvchining topshiriqlari bo’yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o’quvchlarda malaka va ko’nikmalar tarkib topadi.
3) Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunday bayon qilishda o’qituvchi u yoki bu qoidani aytibgina qolmay balki “ovoz chiqarib mulohaza yuritib” muammo qo’yadi va uni hal qilish jarayonini ko’rsatadi. O’qituvchining bunday tushuntirishi ancha ishonchliroq bo’ladi, bolalarni fikrlashga o’rgatadi, bilish xarakteridagi izlanishlarni olib borishga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |