Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


Download 20.55 Kb.
bet6/9
Sana20.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1040181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish

Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki o‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi.
Donolar fikri: inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli fikr yuzda aks etmaydi, deb o‘ylash xatodir (V.Gyugo);
inson chehrasi uning tiliga nisbatan ko‘p va qiziqroq narsalarni aytib berishi mumkin: til faqat inson fikrlarini baѐn etsa, chehra fikr mohiyatini ko‘rsatadi (A.SHopengauer); ichki go‘zallik bilan yo‘g‘rilmagan hech qanday tashqi husn mukammal bo‘la olmaydi (V.G.Belinskiy); kishilarga ta’sir etmoq uchun ularni avvalambor sevish kerak (I.Pestalotssi). Pedagog ham shaxsiy xususiyatlarga, ham kasbiy mahoratga ega shaxs. SHaxs jihatidan kompetensiyaga ega pedagog, professionallik jihatidan muvaffaqiyatga tez erishadi.

  1. Pedagogning kasbiy imiji uchun zarur bo‘lgan xususiyatlar:

- o‘quvchilar bilan ishlashda ishchanlik qobiliyati;
- ish faoliyati mobaynida o‘quvchilarga namuna bo‘lish nuqtai nazaridan o‘zini ko‘rsatishga moyillik va qo‘rqmaslik; har qanday konflikt vaziyatlarni echimga olib kela olish;
- oila, mahalla va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamma bilan hamkorlik o‘rnata olish;
- o‘quvchilar bilan va hamkasblar bilan aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma’noda muomala qila olish qobiliyati;
- o‘quvchilar, hamkasblar va boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘g‘ri, teng, mulozamatli muomala qila olish;
- o‘quvchilarni ishontira olish, o‘zining ortidan torta olish, o‘zgalarga ta’sir o‘tkaza olish;
- o‘quvchilar bilan ishlashda har qanday sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatan moslashuvchanlik;
- optimizm, o‘z maqsadlarining to‘g‘riligiga komil ishonch;
- kiyinish madaniyatiga rioya qilish va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘la olish;

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling