Mavzu; O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish


О‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakalari


Download 20.55 Kb.
bet4/9
Sana20.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1040181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirish

3.О‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakalari.
О‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta‘sir kо‘rsatish uchun о‘qituvchi pedagogik texnikasi tizimidan о‘rin olgan yana bir malaka – bu о‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakasidir. Xususan, adabiyot, odobnoma, ma‘niviyat asoslari, tarix о‘qituvchilari uchun aktyorlik malakasi nihoyatda zarur. Ma‘lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni tavsiflayotganda aktyorlik, о‘quv ma‘lumotlarini sо‘rash, о‘quvchi-о‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda esa, о‘qituvchiga rejissyorlik malakalari zarur. Bu malakalar о‘qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi - о‘quvchilarning aql - idrokkina emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ta‘sir kо‘rsatish, ularga olamga nisbatan hissiy - qadriyatli munosabatda bо‘lish tajribasini о‘zlashtirishga yordamlashadi. Shunday qilib, о‘qituvchida yuqorida qayd etib о‘tilgan pedagogik texnika kо‘nikmalarini tarbiyalangan bо‘lsa, u yoshlarni о‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi. Ta‘kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar о‘qituvchining ijtimoiy – gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bо‘yicha bilimlarini boyitadi pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, о‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda mas‘uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni о‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi. Kiyimning vazifasi – bu nafaqat insonni issiqdan, sovuqdan himoya qilish, balki о‘ziga jalb etishni ham uddalashi kerak. Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma‘lumot beradi.Pedagogning ijobiy qiyofasi va jozibasi, о‘quvchilarga psixoterapevtik ta‘sir о‘tkazadi hamda ta‘lim samaradorligini oshiradi.О‘qituvchida aniq bir obrazidagi individual, kasbi va yoshi imidji muajassamlashadi. Yon atrofdagilar pedagogning shaxsiy, yoshiga doir, jinsiy hamda kasbiy sifatlarini muhokama qilishadi.
О‘qituvchi imidji individual va shaxsiy sifatlari, kasbiy faoliyati va xulqining kommunikativ xususiyatlari kabi xossalardan iborat. Imidjni nimadan boshlab shakllantirish kerak?
Imidjning ma‘lum qoidalariga tayanib, uning asosiy xossalarini ajratib olamiz. Notiqlik bu — so‘z san‘ati, so‘z san‘ati bo‘lganda ham ohangdan libos kiyib talaffiiz bilan jilolangan so‘z san‘atidir. Madomiki, ―so‘z‖ qudratini chuqur anglagan, ―so‘z‖ ne‘matining Alloh tomonidan faqatgina insonga in‘om etilganligini his etgan buyuk allomalargina uni qadrlaganlar va e‘zozlashga undaganlar. Shu ma‘noda notiqlik san‘ati boshqa san‘at turlari orasida alohida mavqega ega ekanligi tan olingan haqiqatdir. Bugungi kunda ko‘pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar nutqidagi chaynalishlar, teleko‘rsatuvlardagi, hatto jurnalistlar nutqidagi g‘alizliklar bizning ma‘naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz Mustaqillikning barcha chashmalaridan bahramand bo‘lib turgan ekanmiz, notiqlik san‘ati chashmasidan ham bebahra bo‘lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo, maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‘rganishimiz, fikrimiz va tafakkurimizning asosi bolmish notiqlik san‘ati sirlarini o‘rgatishimiz va o‘rganishimiz juda muhim. Til va tafakkur birbiriga chambarchas bog‘liq bo'lgani holda, notiqlik san‘atini bilmasdan haqiqiy ijodiy tafakkur, go‘zal va chiroyli nutq so‘zlashimiz amri mahol. So‘zlayotgan nutqimizni maromiga yetkazib o‘z ona tilimizda ifodalashimiz uchun notiqlik san‘ati qoidalaridan xabardor bo'lishimiz kerak. Hozirgi ayrim o‘quvchi va talaba yoshlarimiz nutqida uchraydigan nuqson, fikrlashdagi oqsoqlik, fikrini bayon etishda qolipdan chiqolmaslik, tafakkuridagi to‘mtoqlik, ortiqcha kirish so'zlarni (anaqa, haligi, nima edi?, nima desam ekan? kabi) ishlatish kabi qusurlaming kelib chiqishi teran notiqlik malakalarining zaifligi bilan bog'liqligi ma‘lum. Maktabdan tortib, akademik litsey va kollej hamda institut va universitetlar, malaka oshirish institutlari o‘quv rejalariga notiqlik san‘ati darsini kiritish, bu darsning o‘quv yurtlarining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini yaratish juda dolzarb. Notiqlik san‘atining predmeti hali tuzilmagan, chiroyli sayqal bilan tuzilishi lozim boigan so‘z asaridir. Jozibali, teran so‘z va gaplarning jonli nutq orqali ifodalanishi notiqlik san‘atining predmeti sanaladi. Har bir nutq egasining nutqini kuzatish va tekshirish, undagi yutuq va nuqsonlarni aniqlash, har bir ijodkor, shoir yoxud yozuvchining asarlaridagi badiiy notiqlik mahoratini kuzatish, shu yozuvchi yoki shoirning og‘zaki ommabop nutqidagi notiqqa xos yutuqlarni ko‘ra bilish mazkur fanning predmet obyekti sanaladi. Notiqlik san‘atining turlari ko‘p. Jumladan, ij'timoiy-siyosiy notiqlik, bunda asosan davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bolgan yig‘inlarda so‘zlanadigan ma‘ruza, akademik nutq, bunda ilmiy yo‘nalishdagi ma‘ruzalar, auditoriya notiqligi, talaba va o‘quvchilar uchun o‘qiladigan ma‘ruzalar, ijtimoiy-maishiy nutq, turli tadbirlarda so‘zlanadigan nutq kabilarning nutqiy kamchiliklarini va yutuqlarini (ham og‘zaki, ham yozma shaklini) tekshirish jarayoni ham notiqlik san‘atidir.

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling