Mavzu: O’qituvchining kasbiy sifatlari. Reja


Download 59.42 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi59.42 Kb.
#1625236
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“O’qituvchining kasbiy sifatlari” mavzusida

Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek, imo - ishora vositasida o'z fikr va tuyg`ulanrini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o'qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O'qituvchining nutqi darsda hamisha o'quvchilarga qaratilgan bo'ladi. O`qituvchi yangi saboqni tushuntirayorgan, о`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bolsa ham, uning nutqi hamisha o'zining ichki kuchi, ishonchi o'zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi, fikrning ifodasi o'quvchilar uchun aniq, sodda tushunarli bo'ladi.
O`qituvchining bayoni o'quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi. O'qituvchi o'quvchilar oldiga savollar qo'yib, ularni asta - sekin to`gri javob berishga undaydi, о`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. Shuningdek, o'rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va o`quvchilar mavzunitez о'zlashtiradilar. O'qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jixatdan yorqin ifodali, xis - hayajonli bo`lib, unda grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho'ziq, zeriktiradigan nutq o'quvchilarni juda tez charchatadi, ulami lanj, loqayd qilib qo'yadi. Ayrim o`quvchilartez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning о`zlashtirishlari uchun о`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shashqaloqlik saboqni o`zlashtirishga xalaqit beradi va bolalarni tez charchatib qoyadi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, toliqtirib qo'yadi. O`qituvchining zaif tovushi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo - ishoralar va xarakatlar kishining g'ashini keltiradi.
5.Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan oquvchilar jamoasini uyushtash , jipslashtirish , muhum vazifalarni xal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o'z ishini to`g`ri uyushtirishni nazarda tutadi .
O`z ishini tashkil etish deganda ishni to'g'ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali о`qituvchilarda vaqtni oziga xos xis etish —ishni vaqtga qarab to`g`ritaqsirnlay olish, belgilangan muddatda ulgurish hususivati hosil bo'ladi. Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt saiflash hollari ba'zan uchrab turadi. Ammo tajribali oqituvchi zarur hollarda darsning rejasini o'zgartira oladi.
6.
Download 59.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling