Mavzu: O’qituvchining kasbiy sifatlari. Reja
Obro` orttira olish qobiliyati
Download 59.42 Kb.
|
“O’qituvchining kasbiy sifatlari” mavzusida
- Bu sahifa navigatsiya:
- To`g`ri muomala qila olish qobiliyati
Obro` orttira olish qobiliyati – o`quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta'sir ko`rsatish va shu asosdagina obro` qozona olishdir. Obro` faqat shu asosdagina emas, balki o`qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va xakazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o`qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yigindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga, shuningdek, o`quvcilarga ta`lim hamda tarbiya berish mas`uliyatini his etishga, о`zining haq ekanligiga ishonishsa, bu ishonchni o`quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog'liq. O`quvchilar qo`pollik qilmaydigan, qo'rqitmaydigan, to'g'ri talab qo'ya oladigan o`qituvchini juda hurmat qiladilar, O'qituvchining boshangligi, laqmaligi, sabotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7.To`g`ri muomala qila olish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ularbilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o'zaro munosabatlar o'rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. Pedagogik jarayonning majburiy tusda bo'Iishi o'quvchi bilan o`qituvchi o'rtasidagi о`zaro munosabatlarda tanglikni vujudga keltiradi. Asar sinfda odatdagi nihiy - pedagogik sharoit yaratilmas ekan xech narsaga erishib bo`1maydi. Insonparvarlikka zid uslub bolalarda o'qishga bo'lgan xavasni sondiradi, ularni qo'rqoq, o`qituvchini yoqtirmaydigan qilibqo`yadi, ularda maktab hayotidan norozilik xissini keltirib chiqaradi, ularni faol bo`lish quvonchidan mahrum qiladi. O`qituvchining o`quvchiga bo`lgan munosabati aksariyat hollarda dars jarayonida amalga oshiriladi. O`qituvchining o'quvchini haqorat qilish, qo`pollik, uning shaxsiyatiga tegadigan gaplami gapirishi, unga atayin past baho qo`yishi, unga nisbatan tazyiq otkazishi bolalik dunyosini ostin -ustun qilib, o`quvchi hayotida keskin salbiy burilish yasaydi. O'quvchi sinfga kirib kelayotgan о`qituvchini juda sezgirlik bilan kuzatadi, O'qituvchining quvnoq kayfiyati ham, tund holati ham sinfda о`z ta`sirini о`tkazadi. Ko`pincha о`qituvchining o'quvchiga bo'lgan munosabati ham, bergan savoli ham o`quvchida e`tiroz uyg`otadi. "Qani " akademik " Sen ayt-chi ? " Bugun orqada "dum " bo`lib sudralib yuruvchilardan so`raymiz " kabi. Ba` zan savollar bir - biriga zid, to'mtoq, mantiqsiz, mavhum holda beriladi. Bularning hammasi o`quvchini esankiratib qo'yadi. Bunday hollar o'qituvchining o'quvchi shaxsini hurmat qilmasligi, pedagogik odobga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Mainlakatimiz maktablarida yuzlab tajribali pedagoglar allaqachon o'z o'quvchilarining ishonchini qozongan, muhabbatiga sazovar bo`lishgan . Bu ishonch, muhabbat, qadr - qimmat o'quvchilar maktabni bitirgandan keyin ham davom etadi. Ustoz shogird aloqalarining davomiyligi huddi shu yerdan boshlanadi.HuIIas kalom, sinfdagi ruhiy muhit mutloq belgilovchi omildir. U bolalarni ruhiy sog'lom, ma`naviy faol shaxs bo`lib yetishishida muhum ahamiyat kasb etadi. Sinf rahbari bu ishga juda katta e'tibor bilan qarashi iozim bo'ladi. 8. Download 59.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling