Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet


O‘qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirish usullari


Download 55.94 Kb.
bet5/10
Sana17.10.2023
Hajmi55.94 Kb.
#1706189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bobonazarova Dilafruz

1.3. O‘qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirish usullari
O‘qituvchining pedagogic mahoratini oshirish usullariga to‘xlar ekanmiz avvalo uni rivojlantirish omillariga e’tibor qaratish lozim:
– birinchidan, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvaffaqiyati kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, malakasi, o‘z omilkorligini takomillashtirish ustida nechog‘li qunt va izchillik bilan ishlashiga bog‘liq;
ikkinchidan, har tomonlama yetuk pedagog-o‘qituvchi bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, komil inson qilib yetishtirish uchun, eng avvalo, pedagog-tarbiyachining o‘zi o‘z bilimdonligi, zukkoligi bilan ibrat bo‘lmasdan, ma’naviyatini boyitish va kasb mahoratini takomillashtirish ustida izlanmay turib, el ardoqlagan, o‘quvchi yoshlar hurmatiga sazovor bo‘lgan sevimli tarbiyachi-ustoz, yuksak mahoratli pedagog bo‘lishi mumkin emas. Tarbiyachi-ustoz, pedagog-o‘qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ishtirokchisidir;
uchinchidan, eng muhim vazifa – bu o‘quvchi yoshlarni o‘z faniga qiziqtirish. Buning uchun pedagog-o‘qituvchi, avvalo, o‘zini shogirdlari bo‘lmish o‘quvchi yoshlar hurmatini qozona oluvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Talaba pedagog-o‘qituvchisiga mehr qo‘ysagina, uning faniga qiziqadi va qunt bilan o‘rganadi.
Ana shularni nazarda tutgan holda ushbu o‘quv qo‘llanmada pedagogik texnologiyalarning shakllanishi va rivojlanish tarixi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari, an’anaviy, rivojlantiruvchi, modulli, loyihali va masofaviy ta’lim texnologiyalarining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari xususida so‘z yuritiladi.
Pedagog xodimlarning faoliyati tahlil qilinganda, ko‘pchilik o‘qituvchilar
o‘zlaridagi kamchiliklarni ko‘ra olmasliklari, mutaxassisligimni yaxshi bilaman
degan tasavvur qotib qolganligi sababli kasbiy rivojlana olmayotganligi ma’lum bo‘ldi. Aksariyat holatlarda mutaxassisligim bo‘yicha bilimlarim yetarli deb o‘ylaydigan o‘qituvchilarning o‘sha bilimlari o‘z ustida ishlamaganligi natijasida ancha eskirib qolgan bo‘ladi. Vaholangki, o‘qituvchi nafaqat dars o‘tadigan fanini chuqur bilishi, balki zamon bilan hamnafas, fan texnika taraqqiyotidan xabardor, tanqidiy, ijodiy fikrlaydigan, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan psixolog, notiq, o‘zgarishlarga moslashuvchan kuchli amaliyotchi bo‘lishi lozim. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘qituvchi eng kerakli va zarur mahsulot ishlab chiqaruvchidir. Agar kreativ tadbirkor bozorning oldi oziq -ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarsa, o‘qituvchi o‘sha kreativ tadbirkorni shakllantiradi. Demak, o‘qituvchi bilimli va mahoratli bo‘lmas ekan, o‘z-o‘zidan aqlli tadbirkor ham bo‘lmaydi, bu esa sifatli oziq - ovqat mahsulotlarisiz qolishimizga sabab bo‘ladi. Birgina shu misolning o‘zi orqali anglashimiz mumkinki, ta’lim sifatsiz bo‘lsa insonlarning turmush tarzida, hayotning mohiyatini anglashida muammolar kelib chiqadi. Shu sababli jamiyat va davlat sifatli ta’limsiz taraqqiy etmaydi. Chunki o‘qituvchi jamiyat uchun yetuk, aqlli insonlarni, davlat uchun salohiyatli, kreativ kadrlarni yetishtirib beradi. Shu nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak,
o‘qituvchining salohiyatidan ta’limning darajasi hech qachon yuqori bo‘lmaydi.
Ta’limni rivojlantirish uchun o‘qituvchini o‘stirish zarur. Ushbu jabhada
yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ -4963-son qarorida xalq ta’limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilab berildi .
Endilikda pedagog xodimlar o‘zlarining kasbiy rivojlanish individual ta’lim
trayektoriyasi asosida malaka oshiradi. Ammo shu o‘rinda ba’zi muammolar ham kelib chiqishi tabiiy. Chunki kasbiy rivojlanish uchun har bir o‘qituvchi o‘zidagi kamchilik va yetishmayotgan kompetentliklarni ongli ravishta aniqlab, ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etish rejasini tuzib olishi zarur. Pedagog xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ko‘pchilik individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi loyihasi qanday tuzilishini bilmayman yoki bu haqda tasvvurga ega emasman deb javob berdi. Shu holatdan kelib chiqib mulohaza qiladigan bo‘lsak, individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi o‘zi nima ekanilgini, trayektoriya loyihasini qanday tuzish kerakligi, SMART maqsadlar haqida tasavvur uyg‘otish oldimizda turgan eng birlamchi vazifadir.
Jarayonda o‘tkazgan ba’zi tajibalarimiz va o‘rganlarimizdan kelib chiqib, ayrim tavsiyalar berishni maqsad qildik. Kasbiy rivojlanish individual ta’lim trayektoriyasi –o‘qituvchining bo‘shliqlarini bartaf etish va kasbiy rivojlanishi uchun SMART me’zonlardan foydalanib aniq muddatda amalga oshiriladigan chora
-tadbirlar rejasi yoki “Yo‘l xaritasi” deyish mumkin.
Pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini tuzish undan kasbiy ehtiyojlari miqdorini anglash, baholay olish, loyihalash va rivojlanish nuqtalarini oldindan ko‘ra olish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab qiladi. Shuningdek, SMART maqsadlar qo‘ya olishni ham bilish zarur.
Ko‘pchilik insonlar o‘z hayotini bir faoliyatdan boshqasiga o‘tish bilan sarflaydilar yoki ko‘proq narsalarni amalga oshirish ilinjida shoshib - pishib, aslida arzimas ishni bajarishga ulgurishadi. SMART maqsadlar o‘rnatish fikrlaringizni tartibga keltirish, urinishlaringizga diqqat qaratish, vaqtingiz va sizda mavjud narsalardan unumli foydalanish hamda hayotda siz ko‘zlagan
narsalarga erishish imkoniyatlaringizni oshirish demakdir.

Download 55.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling