Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet
Download 55.94 Kb.
|
Bobonazarova Dilafruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-Bob. O‘qituvchining psixologik madaniyati………………..28-bet. 2.1.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Bobonazarova Dilafruz Yodgorovna Mavzu: O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI VA PSIXOLOGIK MADANIYATI. Kirish…………………………………………………………….3-bet. I-Bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati…………………...5-bet. Pedagogik mahorat haqida tushuncha……………………...5-bet. Pedagogik mahoratni egallashda kasbiy layoqatning o‘rni...12-bet. O‘qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirish usullari.20-bet. II-Bob. O‘qituvchining psixologik ma'daniyati………………..28-bet. 2.1. O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-madaniy ahamiyati…… 28-bet. 2.2. O‘qituvchiga xos psixologik xususiyatlar………………….35-bet. 2.3. O‘qituvchining psixologik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’lim-tarbiyaning asosiy sharti sifatida…………..42-bet. Xulosa…………………………………………………………….50-bet Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………52-bet Ilovalar. Kirish Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Hozirgi kundagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy-gumanitar bilimlar, ta’lim sohasiga ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu ma’noda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilm-fani, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim-tarbiya tizimini, shuningdek, milliy pedagogika va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy va metodik asoslarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish zaruriyati milliy ta’lim tizimini isloh qilish, uning salohiyatini jahon miqyosiga olib chiqish, ta’lim bozorini yaratish va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasidan kelib chiqadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi va mazmuni tubdan yangilandi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollej, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, pedagogik texnologiyalar raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda pedagog-o‘qituvchiga qo‘yiladigan zamon talablari, pedagog o‘qituvchining kasbiy mahorati, o‘quvchi yoshlarning ongi, bilimi, dunyoqarashini o‘stirish, faolliklarini oshirish orqali ta’lim samaradorligiga erishish bilan bog‘liq masalalar majmuini ifodalaydi. Bir-biriga bog‘liq bo‘lgan talablarning bu majmui pedagog-o‘qituvchining umumlashtirilgan modelini va unga asosan, quyidagi asosiy talablarni ifodalaydi: – ta’lim berish mahorati; – tarbiyalay olish mahorati; – ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati. Demak, pedagog-o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli va dolzarb vazifalarni bajarish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarni shakllantirish uchun quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: – zamonaviy ilmiy, madaniy va texnologik taraqqiyotning mohiyatini chuqur tushuna bilishi; – dunyo va inson haqidagi bilimlar tizimini chuqur va keng nuqtai nazardan anglashi; – kompyuterli ta’lim va o‘qitishning boshqa texnik vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishi; – internet tarmog‘i to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi va undagi axborotli texnologiya mazmunini teran tahlil qila bilishi; – pedagogik mehnatning samaradorligini tahlil etish usullarini bilishi; – umuminsoniy hamda milliy madaniyat va qadriyatlar, milliy g‘oya va milliy mafkura hamda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar mohiyatini to‘liq tushunib yetishi; – pedagogik texnologiyalar mohiyati va tamoyillari hamda uning an’anaviy o‘qitish jarayonidagi afzalliklarini bilishi, shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligini ta’minlash uchun pedagogik innovatsiyalarni qo‘llay olishi; – o‘quvchi yoshlarga o‘z fani bo‘yicha ta’lim berishda pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quv jarayonini faollashtirish hamda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va o‘quvchi yoshlarni mustaqil fikrlashga va o‘z fikrini erkin bayon etishga o‘rgatishi; – o‘z fanining mohir ustasi va fidoyi bo‘lishiga erishishi; – o‘quvchi yoshlarning barkamol inson bo‘lishi uchun ularga o‘zining izlanishlari, ijodkorligi hamda betinim mehnatlari orqali ta’lim-tarbiya berishi va hokazo. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling