Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet


Download 55.94 Kb.
bet4/10
Sana17.10.2023
Hajmi55.94 Kb.
#1706189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bobonazarova Dilafruz

Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga, hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo‘lishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon – e'tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob – axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi, qat'iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular o‘qituvchiga kasbiy xususiyatlarni o‘zida tarbiyalab borishga ko‘maklashadi.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari

Bularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yaxlit holda o‘qituvchi-tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi.


Zero, pedagogik texnika – o‘qitish, ta'sir ko‘rsatish, ta'lim tarbiya oluvchilarga o‘z his-tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala – o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, ta'lim - tarbiyada shu jarayon ishtirokchilarining o‘zaro ta'sir va hamkorligini aks ettiradi.
Pedagogik ijod – o‘qituvchining mahorat pilapoyalaridan ko‘tarilishida yaratuvchanlikni, tashabbuskorlikni, pedagogik uddaburonlikni va tadbirkorlikka eltuvchi yo‘lni, bu yo‘ldagi qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni anglatadi. O‘z navbatida bu sohada o‘qituvchining pedagogik qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u pedagogik jarayonda o‘qituvchining aqliy, emosional – irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimdonligini va ularning bir-biriga bog‘liqligini hamda yaxlit bir butunlik kasb etishini ifodalaydi.
1.2. Pedagogik mahoratni egallashda kasbiy layoqatning o‘rni
Jamiyat uchun o‘qituvchi-murabbiyning o‘rni va roli beqiyos. Ularning saviyasi jamiyatni yo tubanga, yoki yuksakka olib boradi. Keng dunyoqarashi, zamonaviy fikrlashi – o‘qituvchining asosiy jihati bo‘lishi shart. O‘qituvchi o‘zining jamiyat rivojlanishi yo‘lidagi vositachi ekanini tushunmasa va buni bajara olmasa, yaxshisi bu kasbni tark etishi kerak.
Dunyoda hamma kasblar muhim, har birining o‘z o‘rni, falsafasi bor. Ammo hech bir kasb ommaviy ta'siri bo‘yicha ustozlik va murabbiylik bilan barobar bo‘lolmaydi. O‘qituvchi – ulkan mas'uliyatli, hur fikrli va o‘sib boruvchi bilim egasi. Zamonaviylik uning majburiy sifati, bilimiga qanday talab bo‘lsa, unga ham shunchalik qat’iy talab bo‘ladi. Ya'ni bilim bu zamonga muvofiqlashtirib borilmasa, nafi va dolzarbligi kamayib boradi. Demak, keng dunyoqarash, hur fikrlash va zamonaviylik – o‘qituvchining majburiy kasb talabi. Shu jumladan, rahbarning ham. Pedagogik faoliyatda yosh o‘qituvchilar zamonaviy, intiluvchanligi bilan ajralib tursa, keksa avlod bilim va tajribasi bilan ajralib turishi muhim hisoblanadi.
Bugungu kunda maktablarimizda maktab va oila o‘rtasida ziddiyat mavjud va bu ba’zi holatlardayaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga sabab – egiluvchan bo‘lmagan, individual yondashilmaydigan, muqobili yo‘q ta'lim talablari va xizmati hamda ilmning qadrsiz istiqboli deyish mumkin. O‘quvchi va o‘qituvchi orasidagi munosabatlarda ham sezilarli ziddiyat mavjud va buning sababi o‘quvchining istaklari, qiziqishlari va shaxsiyati e'tiborga olinmasligi hamda oiladagi tarbiya muhiti.
Zamonaviy pedagog qiyofasi deganda uning tashqi va ichki ko‘rinishi nazarda tutiladi. O‘qituvchining tashqi ko‘rinishi “pedagogning imiji”ga albatta mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, o‘qituvchining qiyofasi uning chehrasida va kiyinishida namoyon boladi. O‘qituvchi har qanday kiyimda yurishi mumkin emas. U toza va ozoda, bejirim va latofatli kiyinishi kerak.
Bolalar o‘qituvchisini, birinchi navbatda, chiroyli kiyingani, nafis pardoziga qarab ham yaxshi ko‘radi. Undan keyin, uning chehrasiga, ko‘zlaridagi mehriga qaraydilar. Agar o‘qituvchining ko‘zlarida bolalarga nisbatan mehr bo‘lmasa, u qanchalik chiroyli va qimmatbaho kiyingan bo‘lmasin, bolalar uni yaxshi ko‘rmaydi. Shu sababli o‘qituvchi­ning istarasi issiq bo‘lishi ham zarur.
O‘qituvchi hamisha darsga ochiq chehra bilan kirishi kerak. Nutq madaniyatiga rioya qilishi, shevadan qochib, adabiy tilda, chiroyli muo­malada so‘zlashi lozim.
O‘qituvchi chiroyli gapira olishi, ya’ni notiqlik san’atini ham egallagan bo‘lishi lozim. Aslida, har qanday insonga ham kiyinishiga, ko‘rinishiga va gapirishiga qarab baho beramiz. Shuning uchun shu uchta belgi insonlar to‘g‘risida xulosa chiqarishning birlamchi belgilari hisoblanadi. To‘rtinchidan, o‘qituvchi o‘z kasbini sevishi, mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi kerak. Beshinchidan, darsni o‘quvchilarga oson, qulay va qiziqarli qilib tu­shuntira olishi kerak. Oltinchidan, dars o‘tishning innovatsion metodlari va metodikalarini yaxshi bilishi hamda ularni darsda mohirlik bilan qo‘llay olishi lozim. Yettinchidan, o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bili­shi va darsda ulardan samarali foydalana olishi zarur. Sakkizinchidan, o‘qituvchi chet tilla­ridan bir nechtasini bilishi va shu tillarda erkin muloqot qila olishi kerak. To‘qqizinchidan, o‘qituvchi­ning oilasi na’munali oila ham bo‘lishi zarur. O‘ninchidan, o‘qituvchi mahallasi va jamoasida yetarlicha hurmat-izzatga sazovor bo‘lishi ham kerak.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pedagogdan juda ko‘p kasbiy va insoniylik xislatlari talab etiladi. Shu sababli o‘qituvchi o‘z ustida tinimsiz va muttasil ishlashi, o‘zini isloh etib borishi, bilimi va xulqini doimiy takomillashtirib borishi zarur. Buning uchun esa mamlakatimizda o‘qituvchilarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, Prezidentimizning “O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli, eng e’zozli inson — bu muallim!” yoki “O‘qituv­chini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman!”, deb ta’kidlab turganligining o‘zi pedagoglarga katta kuch-quvvat bag‘ishlashi kerak.
O‘qituvchi doimo shaxs tarbiyalayotganini anglashi va o‘sha shaxsning meni, qiziqishlari va maqsadlarini anglashi, uni tinglashi, ruhiyatini o‘zgartira oladigan yondashuvlarga ega bo‘lishini davr taqozo etyapti. Bu demokratik yondashuv desa bo‘ladi. O‘quvchi samarali o‘qituvchi va otasi o‘rtasida aloqalarni yaxshi yoki yomon tomonga burib yuborish qudratiga ega shu boisdan o‘qituvchi ham bolaning axborot tashuvchi ekanini unutmagan holda yodoshsa, maktab va oila munosabatlari do‘stona ko‘rinishda bo‘ladi. Bu muhit o‘qituvchining ota-onasiga ularning fikri, ta'limga, maktabga va o‘qituvchining shaxsiga va hatto xarakteriga ta'sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Agar o‘qituvchi anarxik demokratiyaga sabab bo‘ladigan bo‘shanglikni vujudga keltirmasa, o‘quvchi bilan demokratik uslubda ish olib borsa, yutuqlarni ketma-ket qo‘lga kiritaveradi va ota-onaning ham hurmatiga sazovor bo‘laveradi. Afsuski, o‘qituvchilarimiz bolaning shaxsini e'tiborga olmay, muammolar ichiga kirib qolishadi. Pedagoglar ochiqlik bilan, muammolardan qochib emas, o‘sha muammolarni keltirib chiqaradigan sabablarni oldindan anglagan holda ish olib borish, do‘stona va demokratik ko‘rinishda ishlash kerak.
Demak, pedagogilarning shaxsiy-kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lish bo‘yicha bilimlarini boyitib borishi ish jarayonida o‘quvchilar bilan olib boriladigan barcha ishlarida yetakchilik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, kasbiga qiziqish va burch, hamda mas’uliyatni his qilishni rivojlantiradi. Bu malakalar yoshlarni tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.



Download 55.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling