Mavzu: O‘qituvchining pedagogik mahorati va psixologik madaniyati. Kirish bet. I-bob. O‘qituvchining pedagogik mahorati bet
II-Bob. O‘qituvchining psixologik ma'daniyati
Download 55.94 Kb.
|
Bobonazarova Dilafruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
- “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
II-Bob. O‘qituvchining psixologik ma'daniyati
2.1. O‘qituvchilik kasbining ijtimoiy-madaniy ahamiyati Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va tarmoqlangan boʻlsa, u shunchalik mustahkam, uning umri shunchalik davomli, hosili esa moʻl-koʻl boʻladi. Insoniyat koʻp ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning taʼlim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu sababli ham taʼlim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir. Taʼlim oʻz ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir soʻz bilan aytganda, hayot bilan bogʻlay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina oʻz oldiga qoʻygan natijalarga erisha oladi, fan, taʼlim-tarbiya va iqtisodiyotning oʻzaro chuqur, har tomonlama uzluksiz aloqasini taʼminlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga tatbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi. Bu borada mamlakatimiz taʼlim sohasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi hech kimga sir emas. Taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli yoʻnalishlarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish eng dolzarb masalalardandir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham dolzarb masalalar qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, uni toʻgʻri taqsimlash, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimini jamiyatning barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining barcha subyektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda taʼlimning toʻliq uzluksizligiga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir. Keyingi yillarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar jamiyat hayotining barcha sohalariga yangicha innovatsion yondashuvlar, mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlarni taraqqiyot koʻzgusi va samaradorlik mezonlari bilan qayta koʻzdan kechirishni taqozo etmoqda. Istiqlol yillarida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidlagan holda, aytishimiz joizki, maqsadlar va ularga erishish usul va vositalarini aniq belgilay olmaslik, mehnat bozori talablarini chuqur oʻrganmaslik, undagi talab va taklifning nomuvofiqligi, odamlarning ijtimoiy ahvoli va xohish-istaklarini inobatga olmaslik oqibatida anchagina jiddiy xato va kamchiliklar ham kuzatildi. Natijada, qonunlarda nazarda tutilgan talablar toʻliq ijrosini topmadi. Oʻtgan yillar davomida biz barcha sohalar kabi taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida ham oʻzimizga xos va mos yoʻlni topishga koʻproq eʼtibor qaratdik. Prezidentimizning 2020-yil 6 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 –sonli farmoni hamda “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884 –sonli qarorida xalq ta'limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur hujjatlarda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e'tibor qaratilib, sohadagi rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar xalq ta’limi sohasida yangi islohotlarni boshlab berdi. Islohotlar yangicha yondashuvlarni taqozo qilyapti. Davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq, xalq ta'limi sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq qilish va istiqboldagi islohotlarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tashkil etildi. Mazkur muassasa A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Institut faoliyati davr talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilindi: u faqat pedagog-xodimlar malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, tom ma'nodagi ilmiy-tadqiqot dargohiga aylanadi. Bu, o‘z navbatida, institut zimmasiga yanada ko‘proq mas'uliyat yuklaydi: raqobatbardosh va samarali milliy ta'lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, ta'lim muassasalari rahbar va pedagog-xodimlarini kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq qilish va echimini topish – institutning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi. Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sohasi muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan institutlar ta'lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Masalan, Koreya Respublikasida Koreya ta'limni rivojlantirish instituti (KEDI) 1972 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadi. Uning zimmasiga Koreya milliy an’analarini aks ettiruvchi yangi ta’lim tizimini yaratish, bu borada keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovasion ta’lim tizimini ishlab chiqish, sohadagi islohotlar siyosati uchun platforma vazifasini o‘tash, kelajak ta'lim qadriyatlarini ilgari surish va innovasion ta'limning ilmiy salohiyatini mustahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan. Muxtasar aytganda, oldimizda xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Zero, bugun mamlakat hayotining barcha sohasi qatori ta'lim-tarbiyada ham yangi davr boshlandi. Bu davr bizdan hamjihatlik, fidoyilik va samarali mehnatni talab etadi. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling